Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "kompyuter injiniring" fakulteti


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana07.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1244020
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nuriddin Shukurulloyev

Ta’rif. Tizim - muayyan munosabatlar bilan bogʻlangan va tizimning ancha 
murakkab funksiyalarni bajarishini ta'minlaydigan tarzda oʻzaro aloqada boʻlgan 
ob’yektlarning (elementlarning) ajralmas toʻplamidir (aniq maqsadga erishish 
uchun). 
Tizim elementi - qismlarga ajratib boʻlmaydigan tizim obyektidir. Har qanday 
tizimning muhim tarkibiy qismlari uning tarkibiy elementlari va ular orasidagi 
bogʻlanishlardir. Tizimni elementlarga (kichik tizimlarga) ajratish jarayoni va 
element tushunchasining oʻzi shartli va nisbiydir, chunki har qanday element oʻz 
navbatida har doim boshqa elementlarning toʻplami sifatida qaralishi mumkin. 
Masalan, elektron ham atom kabi tuganmasdir.
1-rasm. Tizim tuzulmasiga misol 
Tizimning 
birinchi 
boʻlinishi (dekompozitsiya) natijasida birinchi 
darajadagi quyi tizimlar (bloklar) shakllanadi, ikkinchi akt jarayonida birinchi 
darajadagi quyi tizimlar ikkinchi darajali quyi tizimlarga ajraladi va h.k. Natijada, 
oʻrganilayotgan tizimni turli darajadagi quyi tizimlar daraxti sifatida namoyish 
etilishi mumkin. 
2-rasm. Tizim iyerarxiyasiga misol 
Tizimni tashkil etuvchi barcha quyi tizimlar va elementlar oʻzaro joylashgan va 
bir-birlari bilan oʻzaro bogʻliq boʻlganligi sababli, biz nafaqat tizimning tarkibi
balki uning tuzilishi haqida ham gapirish mumkin. 
Tarkib – tizim elementlarining roʻyxati boʻlsa, struktura - bu tizim elementlari 
orasidagi bogʻlanishlar toʻplamidir; uning holati oʻzgarganda, xatti-harakatlarning 
turli shakllari amalga oshirilganda, operatsiyalar bajarilganda va h.k. tizimda 
oʻzgarishsiz qoladigan xususiyatidir. 
Odatda har qanday tizimning tuzilishini graf yordamida koʻrsatish mumkin. 


Ma’lumki, graf – bu obyektlar (uchlar) va ular oʻrtasidagi bogʻlanishlar (yoy yoki 
qirralar) jamlanmasidir. Uchlar doirachlar yoki kvadratchalar koʻrinishida, yoylar 
esa – chiziqlar (ba’zan strelka) koʻrinishida belgilanadi. 
3-rasm. Tizim tuzilishi turlari 
Tarkib jihatdan tizimlarning quyidagi turlari mavjud: oddiy – ishlashi (ma'lum 
bir vazifa doirasida), kichikroq quyi tizimlarga boʻlinmasdan, bir butun sifatida 
oʻrganilishi mumkin boʻlgan tizimlardir; katta – oddiy quyi tizimlarga ajratmasdan 
tekshirish qiyin boʻlgan tizimlar. murakkab – shunday tizimlarki, ularning tarkibiy 
qismlari oʻzaro bogʻliq boʻlib, ularning ishlash jarayonlarini alohida koʻrib chiqish 
mumkin emas yoki notoʻgʻri xulosalarga olib keladi; murakkab – shunday 
tizimlarki, ularning tarkibiy qismlari oʻzaro bogʻliq boʻlib, ularning ishlash 
jarayonlarini alohida koʻrib chiqish mumkin emas yoki notoʻgʻri xulosalarga olib 
keladi. Tizimlarning boshqa turlari va tasnifi keying mavzuda batafsil qarab 
chiqiladi. Murakkab tizim xossalari:
• Tashkil etilishning iyerarxiyaligi;
• Maqsadga yoʻnaltirilganlik;
• Elementlar sonining koʻpligi;
• Elementlari oʻrtasida axborot almashinuvi mavjudligi;
• Oʻz-oʻzini tashkil qila olishi – tashqi muhit haqida xabarlarga asoslanib
tizimning oʻz strukturasini va parametrlarini ketma-ket maqsadiga muvofiq ravishda 
oʻzgartirishi (kibernetik tizim);
• butunlik – tizimning biron elementidagi oʻzgarishlar uning boshqa 
elementlariga ham, butun tizim faoliyatiga ham ta‘sir qiladi[1]. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling