Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "kompyuter injiniring" fakulteti
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Nuriddin Shukurulloyev
2. Tizimli tahlil
Tizimli tahlil - bu tadqiqot savoliga javob olish uchun aniq belgilangan usullardan foydalanishni o'z ichiga olgan qat'iy jarayondir. Tizimli sharhlarning bir nechta turlari mavjud, jumladan, ko'lamli sharhlar, tezkor sharhlar, rivoyatli sharhlar, meta-tahlillar va aralash usullar/aralash tadqiqotlar. Tizimli tahlil tadqiqot jarayoni odatda tadqiqot savolini ishlab chiqish va tasdiqlash, mezonlarni shakllantirish, qidiruv strategiyasini yaratish, tegishli adabiyotlarni qidirish, topilgan adabiyotlar sifatini baholash, to'plangan ma'lumotlarni tahlil qilish va natijalarni sharhlash kabi bosqichlarni o'z ichiga oladi. Tizimli tahlil – har xil tabiatga va tavsifga ega boʻlgan hodisalar va jarayonlarni, fanlararo muammolarni oʻrganish va bayon etish uchun kerak boʻladigan tushunchalar, jarayonlar va texnologiyalar toʻplamidir. Bu toʻplam shunday tizimlarni tadqiq qilishning usullari, metodlari, umumiy qonunlarini oʻz ichiga oladi. Bu, nazariya va amaliyotning murakkab, koʻpincha toʻlaaniq boʻlmagan, muammolarini oʻrganish metodologiyasidir. Fanning predmet sohasiga tizimli jarayonlarning predmetli aspektlarini va predmetli jarayonlar va hodisalarning tizimli jihatlarini oʻrganuvchi fan boʻlimi kiradi. Bu ta‘rifni predmet sohasining tizimli ta‘rifi deb hisoblash mumkin. Fikrlashning alohida turi, jarayon, hodisaning mohiyatini bilish bilan birga, balki ularni boshqara olishni ham xohlovchi tahlilchiga xos tizimli fikrlashdir. Ba‘zida uni analitik fikrlashga tenglashtiradilar, ammo bu tenglashtirish toʻliq ma‘noda emas. Tafakkur analitik boʻlishi mumkin, tizimli yondoshish esa, tizimlar nazariyasiga asoslangan metodologiyadir. Tizimli tahlilda predmetli (predmetga yoʻnaltirilgan) fikrlash – bu xususiy va umumiy voqyealar va hodisalar qatorida, bir maqsadga yoʻnaltirilgan holda (odatda, oʻrganish maqsadida) sabab-oqibat aloqalarini va qonuniyatlarini topish, aniqlash va faollashtirishga yordam beruvchi metod (prinsip)dir. Koʻp hollarda bu tizimlarni tadqiq qilishning metodikasi va texnologiyasidir. Ilmiy bilim sifatida tizimli tahlilning zaruriy atributlari (tashkil etuvchilari) deb quyidagilarn hisolash mumkin: - predmet sohasining mavjudligi – tizimlar va tizim protseduralari; 14 - tizimning umumiy xossalari va atributlarini aniqlash, tizimga solish, bayon etish; - bu tizimlarda qonuniyatlar va invariantlarni aniqlash va bayon etish; - tizimlarni, ularning tabiatini va atrof-muhit bilan aloqasini oʻrganish uchun qonuniyatlarni faollashtirish; - tizimlar haqidagi bilimlarni jamlash, saqlash va faollashtirish (kommunikativ funksiya). Tizimli tahlil fani tadqiqot fanlari boʻlgan: tizimlar nazariyasi, tizimli yondashuv, sistemotexnika, kibernetika, operatsiyalar tadqiqoti va shu kabi maxsus fanlar qatorida oʻzining falsafiy - uslubiy va ilmiy - rasmiy usullari va modellariga ega. Tizimlar nazariyasi koʻproq falsafiy tushunchalar va yuqori sifatli gʻoyalar va falsafaga yaqinroq boʻlsa, aksincha, operatsiyalar tadqiqoti, tizim uskunalari, kibernetikani oʻrganish mukammal ilmiy apparatlarga ega boʻlsada, ammo nisbatan kamroq unumdorlikka va katta noaniqliklarga hamda faol elementlar bilan murakkablashtiruvchi vositalarga ega. Muammo (vazifa) matematika yoki maxsus fanlar individual usullari bilan bog'liq boʻlgan hollarda, ularni qoʻllash uchun ehtiyoj paydo boʻladi. Muammo (qadimgi yunoncha - πρόbληma) keng ma’noda oʻrganish, hal qilishni talab qiladigan murakkab nazariy yoki amaliy masala; fanda - har qanday hodisalarni, obyektlarni, jarayonlarni tushuntirishda qarama -qarshi pozitsiyalar koʻrinishida harakat qiladigan va uni hal qilish uchun adekvat nazariyani talab qiladigan qarama-qarshi vaziyat; Hayotda muammo odamlar uchun tushunarli shaklda tuzilgan “Men nimani bilaman, qanday bilmayman”, ya’ni nimani olish kerakligi ma'lum, lekin buni qanday qilish kerakligi noma’lum[4]. Tizimli tahlil – bu yirik koʻlamdagi murakkab masalalarni yechish metodologiyasi boʻlib, tizimlar nazariyasi gʻoyalari va uslublariga asoslangan tizimli yondashuvni aniq amalga oshirish, uni takomillashtirish maqsadida har xil murakkab tizimlarning ishlash jarayonini oʻrganish uchun foydalaniladigan ma‘lum usul va uslublar toʻplami hisoblanadi. Tizimli tahlil har xil fanlarda, tizimlarda foydalanish uchun quyidagi tizimli metodlarni va protseduralarni beradi: mavhumlash (abstraktlashtirish) va aniqlash (konkretlashtirish); analiz va sintez, induksiya va deduksiya; formallashtirish va aniq (konkret)lashtirish; kompozitsiya va dekompozitsiya; chiziqli koʻrinishga keltirish va chiziqli boʻlmagan tashkil etuvchilarni ajratish; tasnif (struktura)lash va qayta tasniflash (restrukturlash); reinjiniring; algoritmlash; modellashtirish va tajriba (eksperiment) oʻtkazish; dasturli boshqarish va yoʻnaltirish; tanish va oʻxshatish (identifikatsiya); qismlarga boʻlish (klasterizatsiya) va sinflash; ekspertli baholash va testlash; verifikatsiya va boshqa metodlar hamda protseduralar. Bular haqida keyingi mavzularda toʻliqroq toʻxtalib oʻtiladi. Hozir esa tizimli tahlilning asosiy metodlaridan bo‘lgan sintez, analiz va dekompozitsya haqida tushunchalarni keltiramiz. 1-rasm. Muammoli vaziyatni hal qilishda tizimli yondashuv Tizimli tahlil usullari muammoni shakllantirish, maqsadlarni aniqlash, muammolarni hal qilishning alternativ usullarini taklif qilish, har bir variant uchun noaniqlik koʻlamini aniqlash va turli xil ishlash mezonlari variantlarini taqqoslash, shuningdek qarorlar va tegishli tashkiliy vazifalarni qabul qilishga qaratilgan. Umuman olganda, mavjud tizim va uning ishlash jarayonini koʻrib chiqishda muammoli vaziyat mavjud vaziyat bilan talab qilinadigan holat oʻrtasidagi nomuvofiqlik sifatida aniqlanadi. Muammoli vaziyatni hal qilish uchun tizimni qismlarga ajratish, analiz va sintez qilish usullaridan foydalangan holda tizimli oʻrganish amalga oshiriladi. Tizimni modellashtirish, ya‘ni tizimni model koʻrinishida amalga oshirish muammoli vaziyatni bartaraf etish darajasini baholash imkonini beradi. Tizimli tahlil doirasida qoʻllaniladigan muammoli vaziyatlarni hal qilishning umumiy yondashuvi 1-rasmda keltirilgan[2]. Tizimli tahlilning asosiy usullari soddalashtirilgan shaklda mos keladigan protseduralar (1-jadval) 1-jadval. Tizimli tahlil metodlari Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling