Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "kompyuter injiniring" fakulteti


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana07.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1244020
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nuriddin Shukurulloyev

Axborotning sinflanishi: 
• Foydalanish bosqichiga koʻra;
• Toʻliqligiga koʻra (ortiqcha, yetarli, yetarlimas);
• Tizim maqsadiga nisbatan (sintaksis, semantik, pragmatik);
• Tizim elementlariga nisbatan (statik, dinamik);
• Tizim tasnifiga nisbatan (tasnifli, nisbiy);
• Tizimni boshqarishiga nisbatan (boshqaruvchi, maslahat beruvchi, 
oʻzgartiruvchi);
• Hududga nisbatan (xalqaro, mintaqaviy, mahalliy va h.k.); 
• Foydalanish mumkinligiga koʻra (ochiq yoki hamma foydalanishi mumkin 
va h.k.);
• Predmet sohasiga koʻra, foydalanish xarakteriga koʻra; 
Axborotning asosiy xossalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 
Axborotning toʻliqligi, dolzarbligi, ma’lumotlarning qiymati, oydinligi, 
oʻxshashligi (adekvatligi), aniqligi, tahlil va qabul qilishning, uzatishning 
ixchamligi, ishonchliligi, tanlash mumkinligi, ma’lum manzilga moʻljallanganligi, 
maxfiyligi, ommaviyligi, kodlash imkoniyatining borligi, tejamliligi, zichlash 
imkoniyati, himoyalanganligi, toʻsiqlarga bardoshligi, foydalanishning 
mumkinligi, qiymati[11]. 
Axborot – xabar mazmunidir. Xabar – axborotning ifodalanish yoki 
faollashtirilish shakli. 
Axborot hamma vaqt tashuvchiga ega, axborotning faollashtirilishi 
tashuvchining, resursning oʻzgarishiga bogʻliq. Axborot resurlarning boshqa 


turlarisiz (energiya, moddalar, tashkil etuvchilarsiz) mavjud boʻlmaydi. Xuddi 
shuningdek, ular ham axborotsiz mavjud boʻla olmaydi. Tizimlar (ichki 
tizimlar)ning ixtiyoriy oʻzaro harakati – hamma vaqt moddiy-energo-informatsion 
harakatdir. Aniqlash (tizimga solish, tasniflash), bayon etish, oʻrganish, oʻzaro 
harakatlarning invariantligini qoʻllash fanning inson faoliyati sifatidagi vazifasini 
tashkil qiladi. 
2. Axborotni olish va foydalanish usullari 
Ularni, ba‘zan bir-biridan faqat shartli ravishda ajratiladigan, uchta guruhga 
ajratish mumkin: 
• empirik usullar yoki empirik axborotni (empirik ma‘lumotlarni) hosil qilish 
usullari;
• nazariy usullar yoki nazariy axborotni (nazariyani qurish) olish usullari;
• empirik-nazariy usullar (aralash, yarimempirik) yoki empirik-nazariy 
axborotni olish usullari. 
A)Empirik usullar: 
• Kuzatish – birlamchi axborotni yoki tizim haqidagi (tizim ichida) empirik 
tasdiqlarni yigʻish;
• Tasdiqlash – oʻrganilayotgan tizimda yoki tizimlarda umumiylikni va 
farqlarni oʻrnatish;
• Oʻlchash – izlash, empirik faktlarni rasmiylashtirish;
• Eksperiment (tajriba) – oʻzgartirilayotgan tizim (tizimlar)ni, u (ular)ning 
xossalarini aniqlash uchun maqsadga muvofiq oʻzgartirish. 
B)Nazariy usullar: 
• Mavhumlikdan aniqlikka qarab borish – tizimning ong va tafakkurda hosil 
boʻladigan mavhum bilimlariga asoslanib, tizim haqida bilim olish;
• Ideallashtirish – amalda mavjud boʻlmagan tizim va (yoki) ichki tizimlarni 
xayoliy konstruksiyalash (loyihalash), tafakkurda tasavvur qilish yoʻli bilan tizim 
yoki uning ichki tizimlari haqida bilimlar olish;
• Formallashtirish – tizim haqida belgilar yoki formulalar, ya‘ni sun‘iy keltirib 
chiqarilgan tillar (masalan, matematika tili) yordamida bilim olish
• Aksiomatizatsiya – tizim yoki jarayon haqida ba‘zi bir, faqat shu tizim uchun 
ishlab chiqilgan aksiomalar va shu aksiomalar tizimidan chiqish qoidalari 
yordamida bilim olish;
• Virtualizatsiya – tizim haqida alohida muhit, sharoit, bu muhitsiz amalga 
oshirish mumkin boʻlmagan holatni (unga oʻrganilayotgan tizim va/yoki uning 
oʻrganilayotgan subyekti oʻrnatiladi) yaratish orqali tegishli bilimlarni olish. 
C)Empirik-nazariy usullar (keying mavzularda yana to‘xtalinadi):
• Abstrakt (mavhum)lashtirish;
• Tahlil (analiz);
• Dekompozitsiya;
• Sintez;
Kompozitsiya;
• Induksiya;
• Deduksiya;
Evristika, evristik protseduralarni ishlatish;


• Modellashtirish;
• Tarixiy usul;
Mantiqiy usul;
• Maketlashtirish;
• Dolzarb (faol)lashtirish;
• Vizualizatsiya. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling