Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "kompyuter injiniring" fakulteti
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Nuriddin Shukurulloyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilish jarayoni
3.Tizimli tahlil bosqichlari
1.Axborot tushunchasi Axborot – koʻp fanlarda tayanch tushuncha boʻlsada, ammo har bir fanda u har xil ta‘riflanadi: • axborot bu, tizimni ifodalagan (matematika, tizimli tahlil fanlarida) qandaydir bir informatsion-mantiqiy (infologik – xabarlardan, ma‘lumotlardan, bilimlardan, mavhumliklardan, tasnifli sxemalardan va boshqalardan iborat) modelda oʻzgarishga olib keluvchi mohiyatdir; • axborot bu, tizim tomonidan adaptiv boshqarish, moslashish (boshqarish nazariyasi, kibernetika sohasida) jarayonida tashqi dunyodan olingan xabardir; • axborot bu, tizimdagi noaniqliklarni bartaraf qiluvchi aloqa va munosabatlardir (axborot nazariyasida); • axborot bu, tizimda tanlash ehtimolligidir (ehtimollar nazariyasida); • axborot bu, materiya akslanishi, ong atributi, tizim ―iqtidori‖dir (falsafada)[8]. Bilish jarayoni – axborot dolzarbligining iyerarxik tizimi, unda iyerarxiyaning har bir navbatdagi pogʻonasida bilim oldingi pogʻonadagi bilimlar dolzarbligining integral (jamlangan) natijasidir. Bu oddiy sezgi yordamida qabul qilinadigan axborotlardan tortib, to murakkab aksiomatik va abstrakt (mavhum) nazariyalargacha boʻlgan informatsion resurslarning integratsiyalanish jarayoni hisoblanadi. Ma’lumotlar – ma‘lumotlarning qandaydir manbai yordamida dolzarblashtiriladigan sintaksis signallar, obrazlardir. Ular ularning semantik ma‘nosiga bogʻliqmas holda koʻriladi. Yana shuningdek aytish mumkinki, axborot bu – semantik mohiyati hisobga olgan holda koʻriladigan ma‘lumotlardir. Bilimlar – qandaydir bir maqsad va tasnifga erishishni ta‘minlaydigan axborotdir. Axborot qoʻyidagi turlarda boʻladi: • Boshlangʻich (axborotni faollashtirishda undan foydalanish boshlanadigan bosqichdagi axborot); • oraliq (axborotni faollashtirishda boshidan oxirigacha boʻlgan bosqichda ishlatiladigan axborot); • natijaviy (axborotdan foydalanib boʻlingach, uning faollashtirilishi yakunida olinadigan axborot). • doimiy (faollashtirilganda hyech qachon oʻzgarmaydigan axborot); • oʻzgaruvchan (faollashtirilganda oʻzgaradigan axborot); • aralash – shartli –doimiy (yoki shartli-oʻzgaruvchan). Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling