Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi internet marketing


Download 212.49 Kb.
bet49/56
Sana25.02.2023
Hajmi212.49 Kb.
#1227591
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Bog'liq
I BOB

Fokuslash «fokus guruhi»ni maqsadli tanlash (maxsus tanlangan 10—12 respondent) va o‘rganiladigan muammoni har tomonlama muhokama qilishdan iborat. Bunda munozaraning boshlig‘i («mediator») uning borishiga minimal darajada aralashadi. Fokus-guruh tovarning real yoki potensial iste’molchilaridan, muayyan ijtimoiy guruh vakillaridan, «fikr yetakchilaridan», ekspertlardan iborat bo‘lishi mumkin. Yangi tovar, mahsulot g‘oyasi, mukammallashgan o‘ram, reklama kompaniyasi yoki uning ayrim elementlarini testdan o‘tkazish g‘oyasi muhokamaga qo‘yilishi mumkin.
So‘rov yetarli darajada ko‘p sonli respondentlar guruhining bevosita fikrini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bilishni ko‘zda tutuvchi Internet marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning universal usulidir. Internet marketing tadqiqotlarida og‘zaki so‘rovlar, pochta orqali savoljavob qilish, telefon orqali intervyular ishlatiladi.
Og‘zaki so‘rovlar ancha ustunliklarga ega, chunki ular shaxsiy muloqotga asoslangan. Bu usulda anketalar qaytarilishining ehtimoli ko‘proq. Shu bilan birga og‘zaki so‘rovlar yuqori xarajatlar va maxsus tayyorlangan intervyuchilarni talab etadi. Firmalar insonlarning bilimi, dunyoqarashi, iste’molchilarning talablari, qoniqqanlik darajasi haqida ma’lumotga ega bo‘lish, shuningdek, omma nazaridagi o‘z o‘rnining mustahkamligini o‘lchash uchun so‘rovlar o‘tkazadilar.
Agar so‘rov erkin suhbat shaklini olsa, bunday so‘rov intervyulash deyiladi. Agar savollar qatiy belgilangan shaklda qo‘yilsa, bunday so‘rov savoljavob deyiladi. So‘rov yordamida olinadigan axborotlarning sifati ko‘p jihatdan so‘rov asosiy bosqichlarining o‘tkazilishiga bog‘liq (3.2-rasm).





8.2-rasm. So‘rov jarayonini tayyorlash va o‘tkazishning asosiy bosqichlari

So‘rov varaqalarini ishlab chiqishning eng qiyin jarayonlaridan biri savollarni tuzish hisoblanadi. Bunda quyidagi asosiy talablarga rioya qilishi: axborotning eng muhim jihatlarini aks ettirishi; ikki xil ma’nolikka yo‘l qo‘ymaslik; savollarda ularga javob berishning prinsipial imkoniyati bo‘lishi kerak; savollarning shakli so‘raluvchilarda javob bermaslik ishtiyoqini o‘yg‘otmaslik kerak; u so‘raluvchilarning ijobiy reaksiyalariga sabab bo‘lishi kerak; savollarning mazmuni so‘raluvchilarning tayyorgarligi bilan ma’lumoti, bilimlarining hajmlari va hokazolar jihatidan mos tushishi kerak.


Tayyorlangan birinchi variantni sinab ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun dastlab analitik jadvallar ishlab chiqiladi. Shundan so‘ng anketalar loyihasi kuzatishning 30—40 birligi ichida sinovdan o‘tkaziladi — so‘rov qilinadi. Bu esa anketani ommaviy tirajda ko‘paytirishdan oldin unga o‘zgartirishlar kiritish imkonini beradi.

Download 212.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling