Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi internet marketing


Internet marketing tadqiqotlari olib borish usullari


Download 212.49 Kb.
bet48/56
Sana25.02.2023
Hajmi212.49 Kb.
#1227591
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Bog'liq
I BOB

8.2. Internet marketing tadqiqotlari olib borish usullari
Internet marketing tadqiqoti axborotlari quyidagi tadqiqotlarni olib borish yo‘li bilan olinishi mumkin: kabinetli; sifat va miqdor; doimiy («panelli») va epizodli (ondasonda yuz beradigan) va hokazo.
Umumiy ko‘rinishda Internet marketing tadqiqotining mazmuni 3.1-rasmda keltirilgan. Internet marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning to‘rtta uslubi ma’lum (birlamchi axborotni olish uchun): kuzatish, sinov, fokuslash va so‘rov.
Kuzatish analitik usul hisoblanadi. Uning yordamida odamlarning xulqatvorini va atrof-muhitni, odatda, haqiqiy holatlarda o‘rganish va qayd etish mumkin. Bunda odamlarni so‘roqqa tutmaydilar, ularning hamkorligi shart emas. Masalan, do‘konda birorbir tovarning sotib olinishi miqdori yoki xaridorlar oqimining harakati kuzatiladi. Iste’molchilarda ma’lum tovarlarning mavjudligini yozib olish qo‘llaniladi. Iste’molchilarning, masalan, reklamaga, yangi o‘ramga, emotsional ta’sirga reaksiyasini aniqlash uchun kuzatishning texnik vositalari (kamerako‘z, tahistoskop va b.) qo‘llanilishi mumkin. Bunda hodisalar sabablarni tushuntirmasdan faqatgina qayd etiladi. Vizual kuzatishlarning natijalari, odatda, tadqiqot boshliqlari tomonidan tuzilgan, olingan axborotni bir butunga keltirish, shuningdek, unga avtomatlashgan ishlov berish imkonini ta’minlaydigan maxsus anketalarda qayd etiladi. Biroq bu usulning imkoniyatlari juda cheklangan. Uning yordamida do‘kon, restoran yoki kinoteatrlarga tashrif buyuruvchilarning yosh jinsiy tarkibini, shuningdek, xaridlarning taxminiy chastotasi va assortimentini baholash mumkin.



8.1-rasm. Internet marketing tadqiqotlarining tarkibi


Sinov — oldindan «holatni yaratish» asosida olingan natijalarni o‘lchash bilan biror jarayonni amalga oshirishdir. Asosan sababnatijaviy aloqalarni o‘rganishda ishlatiladi. Masalan, tovarlarni har xil o‘ramlarda taklif etishga xaridorlarning reaksiyasini o‘lchash, modifikatsiyalangan tovarning an’anaviy tovarlarga nisbatan sotilish miqdorini baholash va hokazo Sinov yordamida, odatda, bir martalik harakterdagi aniq voqealar tadqiq qilinadi va shuningdek, olingan ma’lumotlarni hamma vaqt ham umumlashtirib bo‘lmaydi. Sinovning kamchiliklari yuqori xarajatlar, sub’ektiv tanlangan sharoitlar, shuningdek, Internet marketing rejasining hamma parametrlari va unga ta’sir etadigan hamma omillarni hisobga olish va nazorat qilish imkonining yo‘qligidan iboratdir.

Download 212.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling