Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi internet marketing


Download 212.49 Kb.
bet47/56
Sana25.02.2023
Hajmi212.49 Kb.
#1227591
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Bog'liq
I BOB

Nazorat savollari:

  1. E-mail nima?

  2. Elektron pochta marketingi tushunchasi

  3. Elektron pochta marketingi turlari

  4. Elektron pochta marketingining ijobiy va salbiy tomonlari

  5. Elektron pochta marketingining samaradorligini ta'minlash


8-Mavzu. Internet marketing tadqiqotlari tashkil qilish
Reja:
8.1. Internet marketing tadqiqotlari tushunchasi va usullari
8.2. Internet marketing tadqiqotlari olib borish usullari
8.3.Korxona miqyosida Internet marketing tadqiqotlarini rejalashtirish


8.1. Internet marketing tadqiqotlari tushunchasi va usullari
Internet marketing tadqiqotlari deganda turli xil Internet marketing muammolari, shu jumladan, bozor rivojlanishining o‘lchamlari va tendensiyalari, u yoki bu Internet marketing holatlariga javob reaksiyalari, shuningdek, firmaning bozor rivojlanishi va Internet marketingni boshqarish haqidagi ma’lumotlarni sistemali yig‘ish, tartibga solish va tahlil qilish tushuniladi. Tadqiqotlarning yo‘nalishlari doim kengayib boradi. Biroq quyidagi yo‘nalishlardagi tadqiqotlar eng muhim bo‘lib hisoblanadi:
1. Bozor sig‘imi va uning potensiali.
2. Aholi daromadlari.
3. Iste’molchilarning xatti-harakatlari va motivatsiyasi.
4. Bozor ulushlarining firmalar o‘rtasida taqsimlanishi.
5. Reklama, uning samaradorligi.
6. Narx siyosati va narx egiluvchanligi.
7. Axborot oqimlari.
8. Tovar harakati kanallari.
9. Ish faolligining tendensiyalari.
10. Tovarlarning va ishlab chiqaruvchi firmalarning nufuzi.
11. Qonunchilik tomonidan tartiblashtirish va cheklashlar.
12. O‘tkaziladigan tadqiqotlarning uslubiyatlari.
13. Ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning asosiy tendensiyalari.
14. Mahsulot va firmalarning raqobatbardoshligi.
15. Jamoat ahamiyatliligi va aloqalari.
16. Internet marketing infrastrukturasi.
Ko‘rinib turibdiki, bozor rivojlanishining tendensiyalari va jarayonlari, uning sig‘imi, sotilishlar dinamikasi, raqobatchilar faoliyati, ijobiy tomonlari va xavf-xatarlar tadqiq qilinadi. Iste’molchilarni o‘rganish ular xatti-harakatlarining sabablarini aniqlashga imkon beradi. Tovar tadqiqotlari korxona mahsulotining raqobatbardoshligini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, rag‘batlantirish va reklamaning samaradorligi, taqsimlash kanallarining harakatchanligi o‘rganiladi. Korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash Internet marketing tadqiqotlarining muhim yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.
Internet marketing tadqiqotlarini mustaqil olib borishga faqatgina malakali mutaxassislar shtati bo‘lgan maxsus tadqiqotchilik bo‘linmasiga va yetarli moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan yirik firmalar kuchi yetadi. O‘rta va kichik firmalar odatda ixtisoslashgan kompaniyalarga Internet marketing tadqiqotlarini o‘tkazishga buyurtma beradilar.
Har qanday Internet marketing tadqiqotining yakuniy natijasi bo‘lib faoliyatning optimal strategiya va taktikasini haqiqiy mavjud va kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan bozor shartlari va omillari kompleksini hisobga olgan holda shakllantirish hisoblanadi.

Download 212.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling