Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi internet marketing


Download 212.49 Kb.
bet55/56
Sana25.02.2023
Hajmi212.49 Kb.
#1227591
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
I BOB

Imitatsiya
10-modda.
1. Reklama murojaati boshqa reklama murojaatlarining umumiy kompozitsiya, matnslogan, tasvir, musiqa, ovozli effektlar va hokazolarini anglashilmovchilikka olib kelishi mumkin bo‘lgan tarzda foydalanmaslik kerak.
2. Reklama beruvchi bitta yoki bir nechta xorijiy davlatlarda qandaydir reklama kampaniyasini olib borayotgan bo‘lsa, boshqa reklama beruvchilar unga o‘xshamaslik va ularning reklama kampaniyasiga xalaqit bermaslik uchun qandaydir vaqt davomida ushbu davlatlarda bunday reklama kampaniyasini olib bormasliklari kerak.
Reklama murojaatini o‘xshatish
11-modda. Reklama murjaati qanday shaklga ega bo‘lmasin va qaysi turdagi ommaviy axborot vositasi orqali tarqatilmasin aniq ifodalangan bo‘lishi kerak. Reklama murojaatlari, masalan, ommaviy axborot vositalari kanallari orqali axborot ko‘rsatuvi vaqtida berilayotgan bo‘lsa, yoki tahririy materiallar bilan birgalikda joylashtirilsa, bu — reklama ekanligi tushunarli bo‘lgan holda berilishi kerak.


Xavfsizlikni ta’minlash
12-modda. Reklama murojaatida muhim asoslar bo‘lmaganda (masalan, pedagogik maqsadlarda yoki jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun) xavfsizlik vositalari yoki xavfni unutib qo‘yishni namoyish etuvchi hech qanday xavfli vaziyatlar, xatti-harakatlar, mashqlar, odatlar tasvirlari bo‘lmasligi kerak. Bolalar va yoshlarga yo‘naltiriladigan reklama murojaatlarida bunga alohida e’tibor berilishi kerak.


Bolalar va yoshlar
13-modda.
1. Reklama murojaatlari bolalarning ishonuvchanligi yoki yoshlarning hayot tajribasi yetishmasligini, shuningdek ularning sodiqlik tuyg‘usidan foydalanmasligi kerak.
2. Bolalar va yoshlarga yunaltirilgan, shuningdek ularga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bulgan reklama murojaatlarida psixik, ma’turiy yoki jismoniy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan tasdiklar bulmasligi kerak.


Javobgarlik
14-modda.
1. Mazkur Kodeksda bayon etilgan koidalarga rioya etilishi uchun javobgarlik reklama beruvchilar, reklama murojaatlarini ijro etuvchilar, reklama agentliklari, nashriyotlar, ommaviy axborot vositalarining egalari va umuman reklama nashrlariga tegishli bulgan shartnomalarning ishtirokchilariga yuklatiladi.
a) Reklama beruvchi uzining reklama murojaati uchun to‘liq javobgar bo‘lishi kerak.
b) Reklama murojaatining ijro etuvchisi yoki reklama agentligi reklama murojaatini tayyorlashda va boshqa xatti-harakatlarda reklama beruvchi o‘z javobgarligini to‘liq ta’minlashi uchun barcha choralarni ko‘rishi kerak.
v) Nashriyotchi, ommaviy axborot vositasining egasi yoki shartnomalar tuzuvchi, nashr etuvchi, uzatuvchi yoki boshqa har qanday usul bilan reklama murojaatlarini tarqatuvchi rek­lama jarayonining boshqa ishtirokchilari ular jamiyatga nima berayotganliklariga jiddiy munosabatda bo‘lishi kerak.
2. Firma yoki boshqa tashkilot tomonidan reklama muro­jaatlarini rejalashtirish, yaratish, nashr etish va uzatish uchun yollangan, yuqorida sanab o‘tilgan toifalardan biriga kiruvchi har qanday kishi o‘z vaziyatiga muvofiq mazkur Kodeksning qoidalariga rioya etilganlik uchun javobgardir va shu qoidalarga muvofiq ish tutishi kerak.

Download 212.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling