Rostgo‘ylik
2-modda. Reklama murojaati xaridor ishonchi va uning tajribasizligi va bilimlari yetishmasligini yomon maqsadlarda ishlatmaslikka asoslanishi kerak.
3-modda.
1. Reklama murojaati hech qanday asossiz qo‘rquv hissini o‘yg‘otmasliga kerak.
2. Reklama murojaati g‘ayrioddiy kuchlarga ishonishga asoslanmasligi kerak.
3. Reklama murojaatida zo‘ravonlikni keltirib chiqarish yoki uni qullab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan hech narsa bo‘lmasliga kerak.
4. Reklama murojaati irq, din yoki jins bo‘yicha kamsitishni qullab-quvvatlamasligi kerak.
Haqgo‘ylik
5-modda. Reklama murojaati shunday bo‘lishi kerakki, taqqoslashlar anglashilmovchiliklarga olib kelmasligi kerak. U rostgo‘y raqobat tamoyillariga muvofiq bo‘lishi kerak. Tovar xususiyatlarini taqqoslash rostgo‘y bo‘lib, isbotlangan faktlarga asoslanishi kerak.
Dalillar va guvohliklar
6-modda. Reklama murojaatida ishonchsiz dalillar va guvohliklar yoki ularni beruvchi shaxsning malakasi va tajribasi bilan bog‘liq bo‘lmagan dalillar va guvohliklar bo‘lmasligi kerak, shuningdek bunday dalillar va guvohliklarga tayanmasligi ham kerak. Eskirgan dalil va guvohliklar ishlatilmaydi.
Qoralash
7-modda. Reklama murojaati hech qandan firma, sanoat yoki tijorat faoliyati yoki kasbni, shuningdek hech qanday tovarni bevosita yoki bilvosita kamsitish, kulish yoki shunga o‘xshash narsalarni qo‘llagan holda qoralamasligi kerak.
Shaxs huquqlarini himoya qilish
8-modda. Reklama murojaati qandaydir odamlarning shaxsiy hayoti yoki ijtimoiy faoliyatini ularning ruxsatisiz tasvirlamasligi kerak, shuningdek kim tomonidan va nimani tasdiqlashidan qatiy nazar oldindan olingan ruxsatsiz birovning shaxsiy mulkini tasvirlash mumkin emas.
Yaxshi nom (obro‘-e’tibor) dan foydalanish
9-modda.
1. Reklama murojaatida noqonuniy ravishda foydalanadigan firma yoki muassasalarning nomlari yoki abbreviaturalar bo‘lmasligi kerak.
2. Reklama murojaatida umuman yaxshi obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan yoki reklama kampaniyalari tufayli unga sazovor bo‘lgan odamlarning ism va familiyalari, firmalarning nomlari, firma va tovarlarning belgilarini ishlatish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |