8.4-rasm. Raqobatbardoshlik ko‘pburchaklari (uzluksiz va punktir chiziqlar — har xil korxonalar)
Internet marketing mikro-muhitining omillarini baholash korxonaga qiziqayotgan yoki uning qo‘yilgan maqsadga erishish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatayotgan odamlar guruhini aniqlashdan iborat. Bu guruhlar ta’minotchilar, Internet marketing vositachilari, moliya muassasalari, davlat idoralari, fuqarolar guruhlaridan iborat.
Nazorat savollari
1. Internet marketing tadqiqotlari deganda nima tushuniladi?
2. Internet marketing tadqiqotlari mazmuniga nimalar kiradi?
3. Internet marketing tadqiqotlari uslublarini tavsiflab bering?
4. Internet marketing tadqiqotlariga qanday talablar qo‘yiladi?
5. Internet marketing tadqiqotlarining algoritmi qanday bosqichlardan iborat?
6. Firmaning tashqi muhiti tezkorlik bilan o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lgan paytda, sizning fikringizcha, Internet marketing axborotining qaysi biri ko‘proq «eskirish» holatiga mansub?
7. Avvalo talabga ega bo‘lgan tovar yoki xizmatni o‘ylab toping, so‘ngra uning iste’mol bozorida istiqbolini aniqlash uchun tadqiqot rejasini ishlab chiqing?
8. Kabinetli va dala tadqiqotlarining qanday afzalliklari va kamchiliklari mavjud.
ILOVA
XALQARO SAVDO PALATASI TOMONIDAN PARIJDA
QABUL QILINGAN XALQARO REKLAMA KODEKSI
(1987 -yil, iyun)
ASOSIY TAMOYILLAR
Har qanday reklama murojaati huquqiy jihatdan bekamuko‘st, sof, haqqoniy va rostgo‘y bo‘lishi kerak. Har qanday reklama murojaati jamiyat oldida ma’suliyat hissi bilan yaratilishi kerak va tijoratda odatdagi adolatli raqobat tamoyillariga javob berishi kerak. Hech qaysi reklama murojaati reklamaga nisbatan bo‘lgan jamoatchilik ishonchiga putur yetkazmasligi kerak.
ME’YoRLAR
Odoblilik
1-modda. Reklama murojaati jamiyatda qabul qilingan odobaxloq qoidalariga mos kelmaydigan tasdiqlar va ko‘rinishlarga ega bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |