Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Download 213.41 Kb.
bet1/6
Sana23.11.2023
Hajmi213.41 Kb.
#1796307
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sunnatillayev Javohir fizika maruza



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI

TABIIY FANLAR KAFEDRASI
FIZIKA1 FANIDAN MUSTAQIL ISH

MAVZU: 21. Real gazlar. Agregat holatlar va vazaviy o’tishlar

BAJARDI: DI 22-13 guruh talabasi
Sunnatillayev Javohir
QABUL QILDI: Xujanova Dilafro’z
Shakarbekovna


Samarqand – 2022
Reja:

  1. Real va ideal gazlar haqida.

  2. Moddaning agregat holatlari.

  3. Fazaviy o’tishlar.

  4. Yozilgan bayon haqidagi xulosa.


Real gaz — xossalari molekula (atom) larining oʻzaro taʼsiriga bogʻliq gaz. Oddiy sharoitda molekulalarning oʻrtacha potensial energiyasi kinetik energiyasidan ancha kichik boʻlganda real gazni ideal gaz deb hisoblash mumkin. Bunda real gaz ideal gaz qonunlariga boʻysunadi. Yuqori bosim va past temperaturalarda real gaz ideal gazdan keskin farq qiladi.

Hayotda hamma narsa ideal emas:


Biz ideal gaz haqida maʼlumotga egamiz va bosim (P), hajm (V), mol (n) hamda temperatura (T) orasidagi bogʻlanishlarga doir masalalarni yechishda ideal gaz tenglamasidan foydalana olamiz. Biroq gazlar doim ham ideal gaz qonunlariga boʻysunadimi? Ideal boʻlmagan gazlarni qanday oʻrganamiz? Ideal gaz qonunlaridan foydalanganda ideal gazni quyidagi 2 ta holatda tassavvur qilamiz:

  1. Ideal gaz molekulalari hajmga ega emas.

  2. Ideal gaz molekulalari orasida oʻzaro tortishish va itarilish kuchlari yoʻq.

Ideal gaz — molekulalari oʻzaro mutlaqo taʼsirlashmaydigan gaz; bunda gazni tashkil etuvchi molekulalarning xususiy hajmlari eʼtiborga olinmaydi. Har qanday real gaz zichligi juda kichik boʻlgan hollarda u oʻzining tabiati boʻyicha ideal gazga yaqinlashib boradi. Temperaturaning katta qiymatlarida, yaʼni molekulalarning oʻrtacha kinetik energiyalari molekulalarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida vujudga kelgan oʻrtacha potensial energiyalaridan juda katta boʻlganda ham real gazlarni ideal gazlar deb qarash mumkin. Ideal gazning ichki energiyasi shu gazni tashkil etuvchi barcha molekulalarning xaotik (tartibsiz) ilgarilama va aylanma harakat kinetik energiyalari bilan molekulalardagi atomlarning xaotik tebranma harakati kinetik va potensial energiyalarining yigʻindisiga teng . Aniq massa t ga ega boʻlgan ideal gazning muvozanatli holatini bosim r, hajm V va temperatura T dan iborat makroskopik parametrlar orqali toʻla ravishda ifodalaniladi. Bu parametrlarning oʻzaro bogʻlanishini ifodalovchi ideal gazning holat tenglamasi pV=~kT odatda Klapeyronmendeleyev tenglamasi deb ataladi, bunda M — gazning molyar massasi. Koʻpgina amaliy masalalarni hal etishda real gazlarga ideal gazlar uchun keltirib chiqarilgan, oddiy koʻrinishga ega boʻlgan qonuniyatlarni katta aniqlik bilan tadbiq etish mumkin.
Ideal gaz qonunining molyar koʻrinishi. Ideal gazning bosimi P, hajmi V va temperaturasi T orasidagi bogʻlanish ideal gaz qonuni deyiladi. Ushbu munosabatning soddaligi biz odatda gazlarni ideal deb hisoblashimizning katta sababidir, agar buning aksini qilish uchun boshqa sabablar boʻlmasa.
PV=nRT (1)
Bu yerda P – gazning bosimi, V – uning egallagan hajmi, T – gazning temperaturasi, R – universal gaz doimiysi va n – gazning mol miqdori.
Ideal gaz qonunidan foydalanishning eng qiyin tomoni kattaliklarni toʻgʻri birlikda qoʻyish boʻlsa kerak. Agar siz universal gaz doimiysi R=8,31 dan foydalansak, unda bosim P ni paskalda hajm V ni m^ da, temperatura T ni esa kelvinda  K qoʻyishimiz kerak.
Ideal gaz qonunining molekulyar koʻrinishi.
Agar biz n modda miqdori oʻrniga N molekulalar sonidan foydalanmoqchi boʻlsak, formulani quyidagicha yozish mumkin,
PV=NkBT (2)
Bu yerda P – gazning bosimi, V – gaz egallagan hajmT – gazning temperaturasi, N – gazdagi molekulalar soni va ​kBolsman doimiysi,

Download 213.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling