Amaliy mashg‘ulot bevosita o‘qituvchining rahbarligida va
talabalaming mustaqil hisoblashlari bilan o‘tkazilishi lozim.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar pedagog rah
barligida
mustaqil
ishlaydilar,
nazariy
bilimlarini
amaliy
masalalarni hal etishga qaratadilar va shu yo‘l bilan nazariyani
amaliyotga tatbiq etish mahoratini egallaydilar.
Amaliy mashg‘ulotlaming o‘quv jarayonida tutgan o‘miga
ko‘ra ular bevosita ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lmay,
nazariy ta’lim bilan ishlab chiqarish ta ’limi (sexdagi ishlarga
taqqoslanganda) o ‘rtasidagi oraliq vaziyatni
egallaydi va bu oraliq
vaziyat mutaxassislar tayyorlashda mazkur ikki tomon o ‘rtasida
aloqa o‘matishning eng muhim vositasi bo ‘lib xizmat qiladi.
Amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda dars o‘tkaziladigan xona
yorug‘ va shinam bo‘lishi, shaxsiy kompyuter yoki joriy
kompyuter bilan jihozlangan bo‘lishi, nazariyaga oid adabiyotlar
o‘quv ko‘rsatmalari,
maxsus bildirgichlar, kataloglar bilan
ta ’minlangan bo‘lishi kerak. Mazkur ta ’minotning to ‘liq bajarilishi,
amaliy mashg‘ulotlar o ‘tkazilishiga ijobiy ta ’sir ko'rsatishi
aniqlangan.
Amaliy mashg‘ulotlami tashkil etishda va unda yechila-digan
masalalarni tahlil qilishda quyidagi ikkita masala hal etilishiga
1-masala yechilishi davomida
muayyan ishlarni bajarishga
e’tibor berish bilan birga talabaning mustaqil ishlashiga alohida
ahamiyat berish; 2-masalani yechishda xonadagi mashina yoki
kompyuterlaming
xavfsiz ishlashiga, xonada xavfsizlik texnikasi
qoidalariga amal qilishga e’tibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: