Axborot texnologtyalariuniversiteti mtgranova elvira aslam gvna, pozilova shahnoza xaydaraliyevna


Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/106
Sana11.10.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1698490
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
Bog'liq
Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish. Migranova E.A. Pozilova Sh.X

Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga 
muayyan mavzu bo'yicha (mavzuni talabaning o ‘zi ham tanlashi 
mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki m a’raza tayyorlash topshirilishi 
mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, 
dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot 
manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to ‘playdi.
Talabalaming ilmiy-nazariy konferensiyalari ham talabalar 
mustaqil ishlarining shakllaridan biridir. Kafedra professor- 
o ‘qituvchilari talabalar ilmiy-nazariy konferensiyasini tashkil etish 
orqali o‘z ishini guruhning kasbiy yo‘naltirilganligini, a’zolarining 
yosh tarkibini, qiziqishlarini hisobga olib, tabaqalashgan holda 
tashkil 
qilishi 
kerak. 
Faqat 
shu holdagina talabalaming 
konferensiyani o‘tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi 
ta ’minlanadi.
Fan bo‘yicha talabalaming ilmiy-nazariy konferensiyalarini 
quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
1-bosqich - fan o ‘qitilayotgan barcha o ‘quv gumhlarida 
konferensiyalami o‘tkazish;
2-bosqich - har bir guruhda tanlab olingan talabalaming eng 
yaxshi m a’mzalarini fakultet konferensiyasiga taqdim etish va 
o ‘tkazish;
3-bosqich - fakultetda o‘tkazilgan konferensiyada tanlab 
olingan eng yaxshi m a’mzalami universitetda o‘tkaziladigan ilmiy- 
nazariy konferensiyaga taqdim etish.
Butun gumhlar uchun yagona boigan konferensiya 
mavzusini tasdiqlab, talabalaming m a’ruza va chiqishlarini 
gurahlaming qiziqishlariga qarab ixtisoslashtirish mumkin.
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda «Talabalar 
mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish» bo‘yicha 
yo‘riqnomada belgilangan quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish 
maqsadga muvofiqdir:
1. Talabalar mustaqil ishlarini ikki ko ‘rinishda - auditoriyada 
va auditoriyadan tashqarida tashkil etish.
2. 
Talabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni 
bosqichma-bosqich, oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini 
ta’minlash.
106


3. 
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda 
quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratish:
- talabaning o‘qish bosqichi;
- muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati, o ‘zlashtirishdagi 
qiyinchilik darajasiga;
talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy tayyorgarlik 
darajasiga;
- fanning axborot manbalari bilan ta ’minlanganlik darajasiga;
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasiga;
- mustaqil ish uchun topshiriqlaming kursdan-kursga o‘tish 
bilan shakl va hajm jihatidan o ‘zgarib borishiga.
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi vazifalami 
bajarishlari lozim:
- fanga doir darslik va o ‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanning 
alohida bo‘limlari va mavzularini o‘rganish;
- tarqatma materiallar asosida m a’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
- о ‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan dasturiy 
tizimlari bilan ishlash;
- qo‘shimcha adabiyotlar bo ‘yicha fan bo‘limlari yoki 
mavzulari ustida ishlash;
- o ‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
bo‘limlar yoki mavzulami chuqur o‘rganish;
- zarur m a’lumotlami izlab topish uchun qulay usullami va 
vositalarni aniqlash;
- axborot manbalaridan samarali foydalanish;
- an’anaviy o ‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda m e’yoriy 
hujjatlar bilan ishlash;
- elektron shakldagi o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda 
m a’lumotlar banklari bilan ishlash;
- Internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish;
- topshiriqlami bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;
- ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash va 
talabalar davrasida himoya qilish.
Talabalar 
mustaqil 
ishi 
b o ‘yicha 
maslahatlar 
darsi 
auditoriyadan tashqarida amalga oshirishga m o‘ljallangan mustaqil
107


ishlami bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanmalar berish va uning 
bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida tashkil qilinadi.
Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar darsi fanning 
kalendar-tematik rejasiga muvofiq o‘tkaziladi,
Ayni 
paytda 
ta’limda 
axborot 
texnologiyalaridan 
foydalanishning 
yagona 
konsepsiyasi 
to ‘la 
shakllanmagan 
bo‘lsada, 
o‘quvchi 
va 
o‘qituvchi 
munosabatlarini 
modellashtiruvchi 
kompyuter 
o‘qitish 
tizimi 
kun 
sayin 
rivojlanmoqda. Bu yo‘nalishda turli variantdagi darslik va o ‘quv 
qo‘llanmalami shakllantirilishi va shaxsiy kompyuterlaming 
imkoniyatlari 
ortayotgani, 
laboratoriya 
ishlari 
va 
tabiiy 
eksperimentlarni modellashtiruvchi dasturlarning yaratilayotgani 
bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Umuman aytganda, har qanday 
pedagogik texnologiya — bu axborot texnologiya hisoblanadi, 
chunki о‘qitish jarayoni texnologiyasining asosini axborot va uning 
bosqichma-bosqich harakati (yoxud boshqacha tus olishi) tashkil 
etadi. Shuning uchun kompyuterdan foydalanilgan o‘qitish 
texnologiyasini - kompyuter texnologiyasi deb atagan m a’qul.
Kompyuter texnologiyasi dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyasini 
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning yangi, hali tadbiq 
etilmagan, yoxud aytarli tadbiq etilmagan yangi texnoiogik 
variantlari bilan ish ko‘radi va hozirgi zamon kompyuterlari va 
telekommunikatsiyasining noyob imkoniyatlarini paydo etadi. 
Mazkur texnologiya parametrlarini quyidagicha sinflashtirish 
mumkin:
1. Ishlatilish darajasiga ko‘ra: umumpedagogik.
2. Falsafiy asosga ko‘ra: sharoitga moslasha oladigan, 
texnografik.
3. Rivojlanishning asosiy faktoriga ko‘ra: ijtimoiy - psixologik
4. 0 ‘zlashtirishning konsepsiyasiga ko‘ra: assotsiativ -
reflektorii.
5. Shaxsiy strukturasi bo‘yicha orientirlashtirishga ko‘ra: 
axborotlashtirish-operatsion.
6. Mazmunan xarakteriga ko‘ra: yondashuvli.
7. Talabalaming bilish faoliyatini boshqarish tipiga ko ‘ra: 
kompyutcrli.
108


8. Tashkiliy formasiga ko‘ra: individual + kichik guruhlar 
tizimida.
9. Talaba shaxsiga yondashuv bo‘yicha: hamkorlik.
10. Ustuvor metodi bo‘yicha:

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling