21
1.Relyatsion algebra to'plamlar nazariyasiga asoslangan ma'lumotlar bazasi munosabatlarining asosi hisoblanadi. Ya’ni relyatsion algebra – bu relyatsion ma'lumotlar modelidagi munosabatlar bo'yicha amallarning yopiq tizimidir. Relyatsion algebra jadvallar bo'yicha bajariladigan amallar tili bo‘lib, relyatsion ma'lumotlar bazasida relyatsion algebra amallari orqali dastlabki munosabatlarni o'zgartirmasdan bir yoki bir nechta jadvallarga asoslangan boshqa jadvalni yaratishga imkon beradi. Hosil qilingan jadval odatda ma'lumotlar bazasiga yozilmaydi, bu esa SQL so'rovini bajarish natijasida hosil bo'ladi. Relyatsion ma’lumotlar bazasida axborotlarni ortiqchaligini normallashtirish yo‘li bilan kamaytiriladi. Jadvallar ustida har xil amallar bajarish mumkin. Bu amallarni 1970 – yilda Edgar Frank Kodd tartiblab ishlab chiqqan. Har qanday relyatsion algebra amalining natijasi yangi munosabat (jadval) dir. Bunday amallar tizimlari yopiq tizim ham deb ataladi. Relyatsion algebraning 7 ta asosiy amali mavjud bo’lib, ular ikki guruhga bo'lingan. Birinchisi har qanday munosabat (jadval) larda bajariladigan amallarni o'z ichiga oladi:Birlashma (Union);Kesishma (Intersect);Ayirma (Minus);Dekart ko‘paytma;Ikkinchi guruhga faqat munosabatlarga taalluqli amallar kiradi:Tanlab olish (Selection);Proyeksiya;Birikma.2. Normallashtirish - bu ma'lumotlar bazasida ma'lumotlarni tartibga solish jarayoni bo'lib, u jadvallar o'rtasida aloqalarni o'rnatish hamda ortiqcha bog'liqliklarni bartaraf etish orqali ma'lumotlar bazasini moslashuvchanligini orttiradi.Bir xil ma'lumotlarni ko‘payib ketishi MB ni hajmi ortib ketishiga sabab bo‘ladi, bu esa ma'lumotlar bazasini saqlashni qiyinlashtiradi.Ma’lumotlar bazasida normallashtirish haqida ma’lumot: Normallashtirish va normal shakl so'zlari ma'lumotlar bazasining tuzilishini anglatadi.Normallashtirish 1970-yillarda IBM tadqiqotchisi E.F. Codd tomonidan ishlab chiqilgan.Normalizatsiya ma'lumotlar bazalarida ma'lumotlarni tartibga solishda aniqlikni oshiradi.
3. XMLning paydo bo‘lgan yilini 1996 yil deb hisoblasa ham bo‘ladi. Hammasi 1986 yilda paydo bo‘lgan SGML tilidan boshlanadi.XML va ma‘lumotlar bazasi Relyatsion ma’luotlar bazasi – ma‘lumotlarni saqlashning mashxur usullaridan biri. Bunday usul uzoq vaqtdan beri strukturalangan ma‘lumotlarni saqlashda izchil ishlatilib, bu vaqt mobaynida ancha mukammallashtirilgan. Ko‘p sonli dasturchilar ulkan hajmdagi ma‘lumotlarni saqlashda aynan shu ma‘lumotlar bazasidan foydalanishi ham bejiz emas. Shu sabablarga ko‘ra XML va relyatsion ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimini birgalikda ishlatish mumkin bo‘ladi.5.SELECT * FROM jadval_nomi WHERE qator_nomi = ‘Nom’ AND qator nomi2 = ‘Nom’;
Do'stlaringiz bilan baham: |