Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
Tadbiq qilish sohasi bo‘yicha axborot tizimlarini shartli ravishda
to„rtta guruhga bo„lish mumkin: tranzaksiyalarga ishlov berish tizimlari; qaror qabul qilish tizimlari; axborot-ma‟lumot tizimlari; ofis axborot tizimlari. Tranzaksiyalarga ishlov berish tizimlari berilganlarga ishlov berish tezligi bo„yicha paketli va tezkor axborot tizimlariga bo„linadi. Tashkiliy boshqaruv axborot tizimlarida ihtiyoriy vaqtda predmet sohasining dolzarb (aktual) holatini tasvirlash uchun tranzaksiyalarga tezkor ishlov berish rejimi – OLTP (OnLine Transaction Processing) ustunlik qiladi, www.ziyouz.com kutubxonasi 32 paketli ishlov berish chegaralangan qismni egallaydi. OLTP tizimlari uchun buyurtmalar, to„lovlar, so„rovlar va boshqalarda muhim ahamiyatga ega bo„lgan sodda tranzaksiyalar doimiy oqimi xarakterlidir. Ular uchun muhim talablar quyidagilardan iborat bo„lishi mumkin: tranzaksiyalarga ishlov berishdagi yuqori samaradorlik; telekommunikatsiya orqali berilganlar bazasiga masofaviy kirishda axborotni ishonchli yetkazib berish. Qaror qabul qilish tizimlari – DSS (Decision Support System) axborot tizimlarining boshqa turini ifodalaydi. Uning yordamida yetarlicha murakkab so„rovlar turli kesimlarda: vaqt, geografik va boshqa ko„rsatkichlar bo„yicha tanlab olinadi va tahlil qilinadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 33 Axborot-ma’lumot tizimlari keng sinfi gipermatnli hujjatlar va mul‟timediaga asoslangan. Bunday axborot tizimlari Internet tarmog„ida keng rivojlangan. Ofis axborot tizimlari sinfi qog„ozli hujjatlarni elektron ko„rinishga o„tkazishga, ish yuritishni avtomatlashtirish va hujjat almashinuvini boshqarishga asoslangan. Katta axborot tizimlari, ko„pincha, barcha guruhni o„z ichiga oladi. Bundan tashqari, korxona doirasidagi korporativ axborot tizimlari odatda turli sohalarda tadbiq qilinadigan bir qator sistema ostlaridan tashkil topadi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling