Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Fayl-server arxitekturasi PS va PL muloqotlari komponentlarining 
tarmoqli bo„linishiga ega emas va grafik interfeysni qurishni 
yengillatuvchi tasvirlash funksiyalari uchun kompyuterdan foydalanadi. 
Fayl-server fayllardan berilganlarni oladi. Natijada qo„shimcha 
foydalanuvchilar va ilovalar markaziy protsessorga kam yuklanish 
beradi. Har bir yangi mijoz tarmoqqa hisoblash kuchini qo„shadi. 
Fayl-serverli ilovalarda PL muloqoti mantiqini aniqlovchi ilova 
komponentalari, BL ishlov berish mantiqi va DL berilganlarni boshqarish 
ishlab chiqish obyekti hisoblanadi. Ishlab chiqilgan ilovalar yakunlangan 
yuklanuvchi modul yoki interpretatsiya uchun maxsus kod ko„rinishida 
tadbiq qilinadi. Bunday arxitektura ba‟zi kamchiliklarga ega: berilganlar 
bazasiga ba‟zi bir so„rovlarda, past tezlikdagi kanallar orqali aloqa 
o„rnatilganda tarmoqni yuklagan holda, mijozga katta hajmdagi 
ma‟lumot uzatilishi mumkin. Bu kamchilikni yo„qotishning yo„llaridan 
biri tarmoqda fayl-server ilovasini masofaviy boshqarish hisoblanadi. 
Bunda lokal tarmoqda oddiy fayl-server ilovalar uning muhitida 
bajariladigan telekommunikatsion server bilan bog„langan (odatda kirish 
serveri deyiladi) ilovalar serveri joylashadi. Masofaviy mijozlardan 
kirish- chiqish muloqotlari telekommunikatsiya orqali keladi. Ilovalar 
juda murakkab bo„lmasligi lozim, aks holda serverning kuchlanish 
ehtimolligi juda katta bo„ladi, yoki ilovalar serveri uchun juda kuchli 
platforma lozim bo„adi.. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


35 
Mijoz-server arxitekturasi komponentalarni bo„lish va ko„proq 
samarali faoliyat ko„rsatadigan joylarga joylash yo„li bilan fayl-serverli 
ilovalarda yuzaga keladigan muammolarni yechishga yo„naltirilgan. 
Mijoz-server arxitekturasining o„zgachaligi SQL (Structured Query 
Language) tarkiblangan so„rovlar tilidagi so„rovlarni tushinuvchi va 
axborotlarni qidirish, saralash va agregirlashni bajaruvchi berilganlar 
bazasining ajratilgan serverlaridan foydalanish hisoblanadi. 
Berilganlar bazasi serverlarining farqlanuvchi tomoni – berilganlar 
bazasi tarkibi, berilganlar yaxlitligiga cheklanishlar, formatlar va hattoki 
so„rov yoki dasturdagi hodisalar bo„yicha berilganlarga ishlov berish 
serverli 
jarayonlari 
yozilgan 
berilganlar 
ma‟lumotnomasining 
mavjudligidir. Bunday ilovalarda, sifatida ishlov berish muloqoti va 
mantiqidan tashqari, berilganlarning relyatsion modeli va u bilan 
bog„langan berilganlar bazasiga so„rovlar uchun SQL-operatorlar 
to„plami ishlab chiqish obyekti hisoblanadi. 
Mijoz-server konfiguratsiyalarining ko„pchiligi ikki darajali 
modelni qo„llaydi, bunda mijoz server xizmatlariga murojaat qiladi. PS 
va PL muloqot komponentalari uchun mijozda joylashadi. Ular grafik 
interfeysni ta‟minlash imkonini beradi. Berilganlarni boshqarish 
komponentalari (DS, FS) serverda joylashadi, muloqot (PS, PL) va 
mantiq (BL, DL) – mijozda. Mijoz-server arxitekturasining ikki darajali 
aniqlanishi aynan shu talqindan foydalanadi, BBBT-serverda. 
Bunday sxema serverga kam talablar qo„yadi. U eng yaxshi 
mashtablashtirish imkoniyatiga ega. Ammo, berilganlar bazasi bilan 
katta o„zaro bog„lanishni chaqiruvchi murakkab ilovalar ham mijozni, 
ham tarmoqni katta yuklantirishi mumkin. 
SQL-so„rov natijalari ishlov berish uchun mijozga qaytishi lozim, 
chunki u yerda qaror qabul qilish mantiqi joylashgan. Bunday sxema 
turli mijoz bo„g„inlariga sochilgan ilovalarni administratorlash uchun 
qo„shimcha qiyinchiliklarga olib keladi. Tarmoqdagi yuklanishni 
qisqartirish 
va 
administratorlashni 
soddalashtirish 
uchun 
BL 
komponentni serverda joylashtirish mumkin. Bunda qaror qabul 
qilishning butun mantiqi saqlanuvchi jarayonida ko„rinishida jixozlanadi 
va berilganlar bazasi serverida bajariladi. 
Saqlanuvchi protsedura – berilganlar bazasiga kirish uchun talab 
qilingan parametrlari bilan nomi bo„yicha chaqiriluvchi va berilganlar 
bazasi serverida bajariluvchi SQL operatorlari bilan protseduralardir. 
Saqlanuvchi protseduralar kompilyatsiya qilinishi mumkin. Bu ularning 
bajarilishini tezlashtiradi va serverdagi yuklanishni kamaytiradi. 
Berilganlar bazasi va ilovalar yaxlitligini yaxshilaydi, jamoaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi


36 
foydalanilayotgan amallar va hisoblashlar dolzarbligini saqlaydi. 
Hozirgi kunda mijoz-server arxitekturasi korporativ darajadagi 
axborot tizimlari va ishchi guruhlarda keng tarqalgan. Ishni bunday 
tashkillashtirish ilovalarning bajarilish samaradorligini oshiradi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling