Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobotlar.
Formalar. Formalar axborotni ifodalash usulini tasvirlashda jadvalga
nisbatan katta imkoniyatlarga ega. Formalar birinchi navbatda ma‟lumotlar bilan ekranda ishlash uchun mo„ljallangan. Odatda bu rejimda ma‟lumotlar bir yozuvdan kiritiladi, matn maydonlari, boshqaruv tugmalari, rasmlar va boshqa xizmatchi obyektlar axborotni ko„rishni va unga ishlov berishni osonlashtiradi. Formaning jadval rejimidan boshqa ustunlik tomoni – bir formada bir necha jadvaldagi ma‟lumotlarni tasvirlashidir. Formaning yuqori qismidagi ma‟lumotlar jadvalga tegishli, quyi qismidagi ma‟lumotlar jadvaldan olinadi. Hisobotlar. Hisobotlar bazadagi ma‟lumotlarni chop qilish uchun mo„ljallangan. Hisobotni rejalash axborotni qulay ko„rinishda chiqarish bilan birga boshqa jadvaldagi ma‟lumotlarga asoslanib, yozuvni tartiblash imkonini ham beradi. Hisobotni rejalash hisobot konstruktori rejimida amalga oshiriladi. Uni yaratishda maxsus markerlar qo„yiladi www.ziyouz.com kutubxonasi 51 (boshqaruv elementlari deb nomlanuvchi). Har bir boshqaruv elementi axborotni chiqarish bilan birga uning jihozlanishini va hisobotda joylashishini ko„rsatish uchun xizmat qiladi. So‘rovlar. So„rovlar berilganlar bazasining eng asosiy obyekti hisoblanadi. Uning yordamida berilganlar bazasidan ma‟lum bir axborotni tanlash va hisobotda foydalanish, ekranda forma yoki jadval ko„rinishida ko„rish uchun tartiblash mumkin. So„rovlar so‘rovlar konstruktori rejimida yaratiladi va berilganlar bazasi ma‟lumotlari haqida savollar hisoblanadi. Javoblar jadval rejimida tasvirlanadi. Har bir so„rov bir yoki bir hecha chegaralardan tashkil topadi va shu asosda shablon yaratiladi. Masalan, Narxi maydonida <30 chegara ko„rsatilsa, so„rovga faqat Narxi maydonida qiymatlari 30 dan kichik bo„lganlari kiritiladi. Har bir yozuvdagi ma‟lumotlar so„rov chegarasi bilan taqqoslanadi. Agar yozuvdagi axborot chegarani qanoatlantirsa (masalan, narx qiymati 30 dan kichik bo„lsa), yozuv so„rov jadvaliga qo„shiladi. Har qanday so„rov birgalikda yoki alternativ foydalaniladigan bir necha chegarani o„z ichiga olishi mumkin. 30> Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling