Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborotlarni jo‘natish 
Axborotlarni jo„natish amalini bajarishning asosiy fizik usuli lokal 
va global uzatish tarmoqlaridan foydalanish hisoblanadi. O„zaro 
moslikni ta‟minlash uchun tarmoqlarni ishlab chiqish va qo„llashda 
ochiq tizimlar yetti darajali modeliga birlashtirilgan bir qator standartlar 
qo„llaniladi. Tarmoqlar aro axborot almashinuvi sohasida OSI (Open 
System Intreconnection) modeli xalqaro standart sifatida qabul qilingan. 
Bu model Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (International 
Standards Organization – ISO) tomonidan ishlab chiqilgan. Ko„pgina 
tarmoq dasturiy-apparat vositalarini ishlab chiqaruvchilar bu modeldan 
foydalanishga harakat qilmoqdalar. 
Bu modelning darajalari haqida qisqacha to„xtalib o„tamiz. 
Fizik daraja fizik boshqaruvni amalga oshiradi. Fizik zanjirga
masalan, axborot uzatiladigan telefon kiradi. Bu darajada OSI modeli 
aloqa zanjirining fizik, elektrik, funksional tavsiflarini, hamda tarmoq 
adapterlari va modemlariga bo„lgan talablarni ifodalaydi. 
Kanalli daraja. Bu darajada tarmoq kanalini boshqaruv va fizik 
kanallar orqali axborotlar blokini uzatish (bitlar mosligi) amalga 
oshiriladi. Masalan, blokning boshi va oxirini aniqlash, uzatishdagi 
xatolarni topish, jo„natmalarni manzillash va hokazo. Kanalli daraja 
tarmoq kompyuterlari o„rtasida tarmoq apparat vositalaridan birgalikda 
foydalanish qoidalarini ifodalaydi. 
Tarmoq darajasi virtual zanjirga tegishli bo„lib, fizik jihatdan 
mavjud bo„lishi shart emas. Bu daraja orqali ta‟minlanuvchi interfeys 
orqali 
fizik 
darajadagi 
uzatishni 
boshqaruvning 
murakkabligi 
«yashiriladi». Darajaning dasturiy vositalari paketlarni tarmoqda uzatish 
yo„nalishlarini aniqlashni ta‟minlaydi. Yo„naltirgichlar OSI modeli 
tarmoq darajasida manzilli axborotlarni tahlil qilish asosida optimal 
yo„nalishni qidirishni ta‟minlaydi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling