Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
OSI yuqori daraja protokollari foydalanuvchi va amaliy dasturlar
darajasiga mos keladi. Tarmoq aloqasi etalon modelining ifodalanish va amaliy darajasida qo„llaniladi. Quyidagi yuqori darajali protokollar keng tarqalgan: xabarnomalarni almashish va so„rovlarni qayta yo„naltirish (SMB, NCP); tarmoqlarni boshqarish (SNMP); tarmoq fayllar tizimlari (NFS); masofaviy jarayonlarni chaqirish (RPC); samaradorlikni oshiruvchi o„rta daraja TCP/IP (DNS, DNSP) protokollaridan foydalanish; kompyuter manbalariga masofaviy kirish (SLIP, PPP, Telnet); fayllarni uzatish (FTP); gipermatnlarni uzatish (HTTP); elektron pochta (SMTP, POP3, IMAP4); elektron konferensiyalarni tashkil etish va yangiliklar tizimi (NNTP). NFS (NetWork File System – tarmoq fayl tizimi) protokoli turli operatsion tizimlar, o„rta daraja protokollari va tarmoq arxitekturasi uchun fayllar bilan ishlashning universal interfeysini taqdim etish uchun mo„ljallangan. RPC (Remote Procedure Call – masofaviy jarayonlarni chaqirish xizmati) protokoli «mijoz-server» tarmoq uchun dasturlararo aloqani www.ziyouz.com kutubxonasi 20 tashkillashtirish uchun mo„ljallangan va turli kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilgan mijoz-jarayonlar va server-jarayonlar o„rtasida aloqani ta‟minlaydi. DNS (Domain Name System – domen nomlar tizimi) protokoli belgili ma‟noviy nom va kompyuter IP-manzili o„rtasidagi moslikni aniqlash uchun mo„ljallangan. DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol – kompyuterlar dinamik konfiguratsiyasi protokoli) protokoli tarmoqqa ulangan kompyuterlarga avtomatik IP-manzillashni va bir tizimostidan boshqa tizimostiga o„tilganda ularni almashtirishni ta‟minlaydi. SLIP (Serial Line Internet Protocol – Internetning ketma-ket ulanish protokoli) protokoli kommutatorli telefon bog„lanishida TCP/IP protokollari ishini ta‟minlaydi. PPP (Point-to-Point Protocol – «nuqta-nuqta» protokoli) protokoli bog„lanish o„rnatish va to„g„ridan-to„g„ri axborot almashishni ta‟minlaydi. PPTP (Point-to-Point Tunneling Protocol – tunnelli «nuqta-nuqta» protokoli) protokoli multiprotokolli shaxsiy virtual tarmoqlar (VPN- Virtual Private Networks)ni qo„llashga yo„naltirilgan va Internetda masofaviy foydalanuvchiga korporativ tarmoqlarga xavfsiz kirish imkoniyatini beradi. Telnet protokoli Internetda, masofaviy aloqa o„rnatilgan kompyuterda buyruq satri rejimida dasturlarni bajarish va ishga tushurish imkonini beruvchi masofaviy boshqaruvning umumiy standarti hisoblanadi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling