Axborot tizimlari


Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyasi quyidagilar


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/148
Sana15.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1667244
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   148
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)

Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyasi quyidagilar: texnik 
ta’minot texnologiyasi, telekommunikatsiya texnologiyasi, dasturiy ta’minot 
texnologiyasi. Bu texnologiyalar hisoblash tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining 


205 
aniq variantlari doirasida birgalikda harakat qiladi va birlashadi. Ularning ayrimlari 
axborot texnologiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi [18,19]. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutaxassislarga, texnik 
xodimlarga axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishda, o’z vaqtida ishonchli va 
kerakli hajmda axborot olish, avtomatlashtirilgan ofislar tashkil etish, kompyuterlar 
va aloqa vositalarini qo’llagan holda tezkor majlislarni o’tkazish uchun mo’ljallangan 
zamonaviy axborot tizimlarini yaratish imkonini beradi.
Jahondagi iqtisodiy vaziyatni tahlil etish shuni ko’rsatmoqdaki, jahon iktisodiy 
tizimi zamonaviy axborotlashgan jamiyatga kirib borayapti. Bunday jamiyat elektron 
mehnat qurollariga asoslangan bo’lib, sifat jihatidan yangi boshqarish apparati hamda 
axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng miqyosda samarali foydalanish kabi 
jihatlari bilan tavsiflanadi. Kirib kelgan yangi asrda jahon mamlakatlari iqtisodiy 
o’sishining asosiy sharti - bu ularning barcha sohalarni qanchalik darajada 
kompyuterlashtirishi bo’lib qoladi 
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotning bank, buxgalteriya, marketing , 
ta’lim,ishlab chikarish va boshqa sohalarga zamonaviy axborot texnologiyalari keng 
ko’lamda kirib kelmoqda.
Respublikamizda yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish bu milliy 
iqtisodiyot axborotlashtirish makonini tashkil qiluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. 
YAgona iqtisodiy axborot tizimini yaratishdan asosiy maqsad hozirgi sharoitda 
vazirliklar, idoralar va bank tizimini bir-birlari bilan aloqalarini zamon talablaridan 
kelib chiqqan holda tashkil qilishdan iborat bo’lib, bunda axborotni yig’ish, 
jamg’arish, saqlash va tahlil qilish jarayonlarini shakllantirish hisoblanadi. 
Bank tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, ushbu 
sohadagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Bugungi 
kunda barcha iqtisodiyot sohalari qatorida bank sohasida ham zamonaviy 
texnologiyalar, elektron to’lovlar, mamlakatlar o’rtasida elektron pul o’tkazmalari 
kabi «Bank-mijoz» tizimi keng qo’llanilib kelinmoqda. 
Mustaqillik davrida barcha sohalar kabi bank tizimini isloh qilishdagi sa’y 
harakatlar va erishilgan yutuqlar, tizimda axborot texnologiyalarining samarali 
qo’llash natijasidir. 
Iqtisodiyotni boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor munosabatlariga o’tish 
buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga ham katta ta’sir ko’rsatdi.
Korxonaning marketing tizimida ham axborot va uni qayta ishlovchi axborot 
texnologiyalari asosiy ahamiyatga ega, chunki har qanday marketing faoliyati 
tovarlar ishlab chiqarish bozorida vujudga kelgan aniq vaziyatni bilishga asoslanadi.
SHunday kilib , axborot texnologiyalarini turli sohalarga qo’llash yuksak 
samaralarni beradi. Masalan boshqaruv tizimiga avtomatlashtirilgan axborot 
texnologiyalarini qo’llash quyidagi natijalarni beradi: 
 boshqaruv darajasi miqdori qisqarishi;
 ma’muriy harajatlarning kamayishi; 
 o’rta boshqaruv bo’g’ini xodimlarining ishdan ozod bo’lishi; 
 avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni qo’l mehnatidan ozod qilish, intellektual 
faoliyat uchun vaqt qolishi; 


206 
 matematik uslublar va intellektual tizimlarni tatbiq etish 
 hisobiga boshqaruv vazifalarini hal qilishning oqilona variantlariga ega bo’lish; 
 zamonaviy tashkiliy tuzilma yaratiladi; 
 avtomatlashtirilgan texnologiya tashkiliy jihatdan moslashuvchanlikni yuzaga 
keltiradi;
 ish unumdorligining oshishi. 
 vaqtni iqtisod qilish;
 boshqaruvchilar malakasi va kasbiy bilimining oshishi; 
 raqobatchilik avzalligi kuchayadi; 
 tushum, daromad ko’payadi, ortiqcha harajat kamayadi. 

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling