Axborot tizimlari


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/148
Sana15.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1667244
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   148
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)

Axborot tizimiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash 
quyidagi natijalarni beradi: 
 axborot oqimi tuzilmasini takomillashtirish;
 elektron pochta yordamida samarali muvofiqlashtirish; 
 ishonchli axborot bilan ta’minlash; 
 ma’lumotlarni 
qog’ozda 
tashuvchilarni 
optikmagnitli 
tashuvchilarga 
almashtirish axborotlarini kompyuterda qayta ishlashni oqilona tashkil etishga 
va qog’ozdagi hajmining kamayishiga olib keladi; 
Ishlab chiqarishga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash 
quyidagi natijalarni beradi: 
 loyihalashtirish va ishlab chiqarish vaqtining qisqarishi; 
 mahsulot nisbatan ko’proq qayta ishlanishi natijasida yanada ishonchli bo’ladi, 
buzilib qolganda ko’p turib qolmaydi, ya’ni oson ta’mirlanadi; 
 mahsulotning foydali xususiyati va undan foydalanish imkoniyati kengayadi; 
 ish hajmi va buyurtmalarni qabul qilish, qayta ishlash va boshqarish harajatlari 
qisqarishi; 
 iste’molchilarga namunaviy xizmat ko’rsatish; 
 ish unumdorligining oshishi; 
 tovar va xizmat sifatining oshishi; 
 moddiy-texnik ta’minotni ratsionallizatsiyalash (oqilona tashkil etish); 
Marketing sohasiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash 
quyidagi natijalarni beradi: 
 mahsulotni tarqatishga kam vaqt ketishi; 
 yangi bozorlarni izlab topish;
 mahsulot iste’molchilarini identifikatsiyalash imkoniyati; 
 axborot olish va tarqatishning yangi imkoniyatlarini yaratish; 
 savdoni qo’llab-quvvatlash; 
 buyurtmachilar bilan nisbatan samarali o’zaro hamkorlik qilish; 
 talabga nisbatan moslashuvchanlik bilan javob berish qobiliyatining oshishi va 
iste’molchilar yangi istaklarining qondirilishi 
Ta’lim sohasiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash quyidagi 
natijalarni beradi: 
 Ta’lim sifati ,samaradorligi oshadi; 


207 
 Uzoq masofadan turib,bilim olish mumkin; 
 Masofaviy ta’lim tizimini tashkillashtirish mumkin; 
Xohlagan vaqtda, xohlagan joyda shug’ullanish imkoniyati. Fanni
egallashga ajratilgan vaqtning chegaralanmaganligi. 
 Bir vaqtning o’zida o’quv axborotlarining bir qancha manbalariga 
(elektron kutubxonalar, axborot bazalari, bilimlar bazalari va h.k.), 
o’quvchilarning ko’pchiligi murojaat qilishi. Aloqa to’rlari orqali bir-birlari
va o’qituvchilar bilan muloqatda bo’lishi. 
 O’quv xonalari, texnika vositalaridan samarali foydalanish, o’quv
axborotlari mujassamlashgan va unifikatsiyalashgan holda taqdim qilish va
unga mulьti erishish o’quv jarayonlarini tashkil etish harajatlarini
kamaytirish.
 O’quvchining qaerda yashashidan, sog’lig’ining holati va moddiy
ta’minlanganligidan qat’i nazar, ta’lim olish imkoniyatidagi tenglik va 
xakozo . 
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy axborot texnologiyalaridan iqtisodiyotning 
turli tarmoqlarida foydalanish – iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omillardan 
bo’lib hisoblanadi.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling