Axborot tizimlari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishga a
- Marketing sohasiga a
- Ta’lim sohasiga a
Axborot tizimiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash
quyidagi natijalarni beradi: axborot oqimi tuzilmasini takomillashtirish; elektron pochta yordamida samarali muvofiqlashtirish; ishonchli axborot bilan ta’minlash; ma’lumotlarni qog’ozda tashuvchilarni optikmagnitli tashuvchilarga almashtirish axborotlarini kompyuterda qayta ishlashni oqilona tashkil etishga va qog’ozdagi hajmining kamayishiga olib keladi; Ishlab chiqarishga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash quyidagi natijalarni beradi: loyihalashtirish va ishlab chiqarish vaqtining qisqarishi; mahsulot nisbatan ko’proq qayta ishlanishi natijasida yanada ishonchli bo’ladi, buzilib qolganda ko’p turib qolmaydi, ya’ni oson ta’mirlanadi; mahsulotning foydali xususiyati va undan foydalanish imkoniyati kengayadi; ish hajmi va buyurtmalarni qabul qilish, qayta ishlash va boshqarish harajatlari qisqarishi; iste’molchilarga namunaviy xizmat ko’rsatish; ish unumdorligining oshishi; tovar va xizmat sifatining oshishi; moddiy-texnik ta’minotni ratsionallizatsiyalash (oqilona tashkil etish); Marketing sohasiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash quyidagi natijalarni beradi: mahsulotni tarqatishga kam vaqt ketishi; yangi bozorlarni izlab topish; mahsulot iste’molchilarini identifikatsiyalash imkoniyati; axborot olish va tarqatishning yangi imkoniyatlarini yaratish; savdoni qo’llab-quvvatlash; buyurtmachilar bilan nisbatan samarali o’zaro hamkorlik qilish; talabga nisbatan moslashuvchanlik bilan javob berish qobiliyatining oshishi va iste’molchilar yangi istaklarining qondirilishi Ta’lim sohasiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash quyidagi natijalarni beradi: Ta’lim sifati ,samaradorligi oshadi; 207 Uzoq masofadan turib,bilim olish mumkin; Masofaviy ta’lim tizimini tashkillashtirish mumkin; Xohlagan vaqtda, xohlagan joyda shug’ullanish imkoniyati. Fanni egallashga ajratilgan vaqtning chegaralanmaganligi. Bir vaqtning o’zida o’quv axborotlarining bir qancha manbalariga (elektron kutubxonalar, axborot bazalari, bilimlar bazalari va h.k.), o’quvchilarning ko’pchiligi murojaat qilishi. Aloqa to’rlari orqali bir-birlari va o’qituvchilar bilan muloqatda bo’lishi. O’quv xonalari, texnika vositalaridan samarali foydalanish, o’quv axborotlari mujassamlashgan va unifikatsiyalashgan holda taqdim qilish va unga mulьti erishish o’quv jarayonlarini tashkil etish harajatlarini kamaytirish. O’quvchining qaerda yashashidan, sog’lig’ining holati va moddiy ta’minlanganligidan qat’i nazar, ta’lim olish imkoniyatidagi tenglik va xakozo . Xulosa qilib aytganda, zamonaviy axborot texnologiyalaridan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish – iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omillardan bo’lib hisoblanadi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling