Axborot tizimlari
Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyasi quyidagilar
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyasi quyidagilar: texnik
ta’minot texnologiyasi, telekommunikatsiya texnologiyasi, dasturiy ta’minot texnologiyasi. Bu texnologiyalar hisoblash tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining 205 aniq variantlari doirasida birgalikda harakat qiladi va birlashadi. Ularning ayrimlari axborot texnologiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi [18,19]. Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutaxassislarga, texnik xodimlarga axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishda, o’z vaqtida ishonchli va kerakli hajmda axborot olish, avtomatlashtirilgan ofislar tashkil etish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo’llagan holda tezkor majlislarni o’tkazish uchun mo’ljallangan zamonaviy axborot tizimlarini yaratish imkonini beradi. Jahondagi iqtisodiy vaziyatni tahlil etish shuni ko’rsatmoqdaki, jahon iktisodiy tizimi zamonaviy axborotlashgan jamiyatga kirib borayapti. Bunday jamiyat elektron mehnat qurollariga asoslangan bo’lib, sifat jihatidan yangi boshqarish apparati hamda axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng miqyosda samarali foydalanish kabi jihatlari bilan tavsiflanadi. Kirib kelgan yangi asrda jahon mamlakatlari iqtisodiy o’sishining asosiy sharti - bu ularning barcha sohalarni qanchalik darajada kompyuterlashtirishi bo’lib qoladi Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotning bank, buxgalteriya, marketing , ta’lim,ishlab chikarish va boshqa sohalarga zamonaviy axborot texnologiyalari keng ko’lamda kirib kelmoqda. Respublikamizda yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish bu milliy iqtisodiyot axborotlashtirish makonini tashkil qiluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. YAgona iqtisodiy axborot tizimini yaratishdan asosiy maqsad hozirgi sharoitda vazirliklar, idoralar va bank tizimini bir-birlari bilan aloqalarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda tashkil qilishdan iborat bo’lib, bunda axborotni yig’ish, jamg’arish, saqlash va tahlil qilish jarayonlarini shakllantirish hisoblanadi. Bank tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, ushbu sohadagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda barcha iqtisodiyot sohalari qatorida bank sohasida ham zamonaviy texnologiyalar, elektron to’lovlar, mamlakatlar o’rtasida elektron pul o’tkazmalari kabi «Bank-mijoz» tizimi keng qo’llanilib kelinmoqda. Mustaqillik davrida barcha sohalar kabi bank tizimini isloh qilishdagi sa’y harakatlar va erishilgan yutuqlar, tizimda axborot texnologiyalarining samarali qo’llash natijasidir. Iqtisodiyotni boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor munosabatlariga o’tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Korxonaning marketing tizimida ham axborot va uni qayta ishlovchi axborot texnologiyalari asosiy ahamiyatga ega, chunki har qanday marketing faoliyati tovarlar ishlab chiqarish bozorida vujudga kelgan aniq vaziyatni bilishga asoslanadi. SHunday kilib , axborot texnologiyalarini turli sohalarga qo’llash yuksak samaralarni beradi. Masalan boshqaruv tizimiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash quyidagi natijalarni beradi: boshqaruv darajasi miqdori qisqarishi; ma’muriy harajatlarning kamayishi; o’rta boshqaruv bo’g’ini xodimlarining ishdan ozod bo’lishi; avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni qo’l mehnatidan ozod qilish, intellektual faoliyat uchun vaqt qolishi; 206 matematik uslublar va intellektual tizimlarni tatbiq etish hisobiga boshqaruv vazifalarini hal qilishning oqilona variantlariga ega bo’lish; zamonaviy tashkiliy tuzilma yaratiladi; avtomatlashtirilgan texnologiya tashkiliy jihatdan moslashuvchanlikni yuzaga keltiradi; ish unumdorligining oshishi. vaqtni iqtisod qilish; boshqaruvchilar malakasi va kasbiy bilimining oshishi; raqobatchilik avzalligi kuchayadi; tushum, daromad ko’payadi, ortiqcha harajat kamayadi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling