Boshqarishning yuqori darajasida
strategik boshqarish, tashkilot vazifasi,
boshqarish maqsadlari, uzoq muddatli rejalari, ularni amalga
oshirish strategiyasi
belgilanadi. Boshqarishning o‘rtacha darajasi - texnik boshqaruv darajasi
hisoblanadi.
Bunda taktik rejalar tuziladi, ularni amalga oshirish nazorat qilinadi, resurslar
kuzatib boriladi va hokazo. Boshqaruvning kuyi darajasida tezkor
4.2-
rasm. Axborot tizimlari turlari va boshqaruv darajalarining o'zaro
aloqalari
Axborot tizimidagi ishlar quyidagi maqsadda olib boriladi:
-
axborotga bo'lgan ehtiyojni aniqlash;
-
axborot to'plashni amalga
oshirish;
-
tashqi yoki ichki manbalardan axborot kelishini amalga oshirish;
-
axborotni
qayta ishlash, uning to'liqligi va
ahamiyatini baholash hamda
uni qulay ko'rinishda taqdim etish;
-
iste'molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni
chiqarish;
-
yo'nalishlarni
baholash, bashoratlarni ishlab chiqish, muqobil qarorlar va
harakatlarni baholash, strategiyalarni ishlab
chiqish uchun axborotlardan
foydalanishni tashkil etish;
Do'stlaringiz bilan baham: