“maqsad ob’ekt ichida dasturlanmagan”.
Murakkab tizim - bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat
murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi.
Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti oliy ma’lumotli yuridik kadrlarni tayyorlash tizimi sifatida
quyidagi bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan va ierarxik tuzilma orqali bog‘langan elementlardan tashkil topgan:
rektor, prorektorlar, kafedralar, talabalar va h.k. Bu tizim quyidagi maqsadga intiladi - yuqori malakali
kadrlarni tayyorlash, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, “ob’ekt miqyosida maqsad dasturlangan”.
Har qanday murakkab tizim quyidagi to‘rtta tushuncha orqali ifodalanadi: sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va
tezaurus.
Sub’ekt deb ob’ektning iste’molchisiga aytiladi.
Masalan, avtomobilni ob’ekt, xaydovchisini esa sub’ekt desa bo‘ladi. Universitetning sub’ekti
-
jamiyat, chunki universitet o‘z faoliyati bilan jamiyatga naf keltiradi. Sub’ekt ba’zi tizimlarda ajralmas,
ba’zilarida esa ajralgan bo‘lishi mumkin.
2
Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa,
bunday tizim yopiq tizim deyiladi. Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda ochiq
tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi.
Ob’ekt - bir-biri bilan tuzilma orqali bog‘liq bo‘lgan va sub’ektga naf keltirishga mo‘ljallangan qo‘yi ob’ektlar,
qismlar to‘plami.
2
Masalan, avtomobil va xaydovchi xarakatlanuvchi ob’ektni hosil qilishganda, bir-biridan ajralmas bo‘lishadi. Texnik tizimlarda, ko‘pincha, tegishli sub’ekt va
ob’ektlar ajralmas bo‘ladi. Ijjtimoiy tizimlarda aksincha bo‘ladi. Masalan, universitet - tizim, jamiyat esa - uni tashqaridan kuzatayotgan yuqori tizim, ya’ni
sub’ektdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |