Axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari
Download 282.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Axborot xavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
13-mavzu AXBOROT TIZIMLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI MASALALARI Mavzu maqsadi – axborot tizimlari tarkibida strategik resurslar – axborot resurslari saqlanishi sababli, shuningdek, axborot tizimlari orqali tayyorlanadigan va taqdim etiladigan axborotlarning qimmati hamda ahamiyati nuqtai nazaridan axborot tizimlarini muhofaza etish hamda ularda axborot xavfsizligini ta'minlash o‘ta dolzarbdir. Mavzuning maqsadi avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalalarini hal etishning asosiy choralari va tamoyillarini yoritib berish va bu bilan tinglovchilar e'tiborini xavfsizlikni tashkil etishning muhim jihatlariga qaratishdan iborat. Mavzu qismlari: 1. Axborot tizimlarini muhofaza etishda kimplekslilik va tizimlilik. 2. Axborot tizimlarida xavfsizlikni tashkil etish choralari. 3. Axborot tizimlarida axborot xavfsizligining boshqa tamoyillari. 4. Elektron hukumat konsepsiyasi doirasida axborot xavfsizligini ta'minlashning huquqiy asoslari Tayanch so‘z va iboralar: xavfsizlik, axborot xavfsizligi, xavfsizlik tamoyillari, muhofaza algoritmi. Axborot tizimlarini muhofaza etishda kimplekslilik va tizimlilik Statistika ma'lumotlariga nazar tashlasak, turli AATga muvaffaqiyatli hujumlarning aksariyati tizimning ichida amalga oshirilganining guvohi bo‘lamiz. E'tiborsizlik yoki o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarash singari «inson omili»dan texnik choralar yordamida saqlanish mumkin bo‘lsa, tizim foydalanuvchisi yoki tizim ma'murining yovuz niyatidan bu choralar himoya qila olmaydi. Bu yerda biz AATni muhofaza qilishning asosiy tamoyili – komplekslilikka yaqinlashamiz. Umuman olganda, kompyuter tizimlarini muhofaza qilish usullari va vositalaridan kompleks foydalanish tahdidlar amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan barcha yo‘llarni to‘sadigan va ayrim komponentlar tutashadigan joylarda zaif bo‘g‘inlar mavjud bo‘lmagan yaxlit muhofaza tizimini yaratishda turli xil vositalarni kelishilgan tarzda ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 186 qo‘llashni nazarda tutadi. Muhofaza bosqichma-bosqich tashkil etilishi lozim. Tashqi muhofaza fizik vositalar, tashkiliy, texnologik va huquqiy choralar yordamida ta'minlanishi zarur. Ba'zan qo‘shimcha ravishda tizimlilik tushunchasi qo‘llaniladi. AATda axborotni muhofaza qilishga nisbatan tizimli yondashuv AATda axborot xavfsizligini ta'minlash muammosini tushunish va yechish uchun muhim bo‘lgan, bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro aloqa qiladigan va vaqt davomida o‘zgaradigan barcha elementlar, shartlar va omillarni hisobga olishni nazarda tutadi. Muhofaza tizimini yaratishda axborotga ishlov berish tizimining barcha zaif joylari, shuningdek tizimga hujumlarning xususiyati, ehtimol tutilgan ob'ektlari va yo‘nalishlari, taqsimlangan tizimlarga kirish va axborotga sanksiyalanmagan kirish yo‘llari hisobga olinishi lozim. Muhofaza tizimini tashkil etishda axborot tizimiga ruxsatsiz kirish va undan g‘ayriqonuniy foydalanishning ma'lum yo‘llari bilan bir qatorda, xavfsizlikka tahdidlarni amalga oshirishning butunlay yangi yo‘llari paydo bo‘lishi ehtimoli ham inobatga olinishi kerak. Download 282.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling