Axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari
Download 282.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Axborot xavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manaviy-axloqiy choralar
Texnologik choralar
Muhofaza choralarining mazkur turiga odatda ortiqchalikning ayrim (tarkibiy, funksional, axborotga, vaqtga doir va sh.k.) turlaridan foydalanishga asoslangan va xodimlar o‘zlariga berilgan huquqlar va vakolatlar doirasida xatolar va qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yishi imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan turli texnologik yechimlar va usullar kiradi. Bunday choralarga muhim axborotni ikki marta kiritish, muhim amallarni faqat bir nechta mansabdor shaxslardan ruxsatlar mavjud bo‘lgan holda initsializatsiya qilish, xabarlarni kommutatsiya qilish tizimlarida kelgan va yuborilayotgan xabarlar rekvizitlarining mos kelishini tekshirish, ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 188 barcha bank hisobvaraqlarining umumiy balansini vaqti-vaqti bilan tekshirish amallari kiradi. Tashkiliy choralar Tashkiliy muhofaza choralari – bu ma'lumotlarga ishlov berish tizimining ish jarayonlarini, uning resurslaridan foydalanishni, xizma ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyatini tartibga soladigan, shuningdek foydalanuvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning tizim bilan o‘zaro aloqasi tartibini belgilaydigan, xavfsizlikka tahdidlarni amalga oshirish imkoniyatini mumkin qadar kamaytirish yoki unga chek qo‘yishga, ular amalga oshirilgan holda ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar miqdorini kamaytirishga qaratilgan ma'muriy va protseduraviy xususiyatga ega choralar. Ma'naviy-axloqiy choralar Ma'naviy-axloqiy muhofaza choralariga axborot texnologiyalari jamiyatda tarqalishiga qarab shakllangan yoki shakllanayotgan xulq-atvor normalari kiradi. Bu normalarning aksariyati normativ hujjatlarning talablari singari majburiy hisoblanmaydi, lekin ularga rioya qilmaslik odatda inson, shaxslar guruhi yoki tashkilot obro‘sining pasayishiga olib keladi. Yozilmagan va yozilgan ma'naviy-axloqiy normalar farqlanadi. Yozilmagan ma'naviy-axloqiy normalarga, masalan, vijdonlilik, vatanparvarlik umume'tirof etilgan normalari, yozilgan ma'naviy-axloqiy normalarga esa qoidalar yoki amrnomalarning muayyan to‘plami (ustav, odob-axloq kodeksi va sh.k.) ko‘rinishida rasmiylashtirilgan normalar kiradi. Ma'naviy-axloqiy muhofaza choralari profilaktik xususiyat kasb etadi va AATdan foydalanuvchilar va unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar jamoalarida sog‘lom ma'naviy muhitni yaratish bo‘yicha doimiy ish olib borishni talab qiladi. Axborot xavfsizligining mazkur choralariga mos keluvchi o‘zaro aloqalar chizmasi quyidagicha: ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Download 282.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling