Axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari


Axborot tizimlarida xavfsizlikni tashkil etish choralari


Download 282.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana18.11.2023
Hajmi282.78 Kb.
#1784880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

Axborot tizimlarida xavfsizlikni tashkil etish choralari 
AATni kompleks muhofaza qilishni tashkil etishda bir qator choralar 
qo‘llaniladi. Ularning asosiylari quyidagilardir: 

huquqiy choralar (qonunchilik choralari);

tashkiliy (ma'muriy va protseduraga oid) choralar;

texnik (apparatura va dasturiy) choralar; 

fizik choralar;

texnologik choralar;

ma'naviy-axloqiy choralar. 
Huquqiy choralar (qonunchilik choralari) 
AATni muhofaza qilish huquqiy choralari qatoriga mamlakatda amalda 
bo‘lgan, axborot bilan muomalada bo‘lish qoidalarini tartibga soladigan, 
axborotni olish, unga ishlov berish va undan foydalanish jarayonida axborot 


 
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 
187 
borasidagi munosabatlar ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlarini 
mustahkamlaydigan, shuningdek mazkur qoidalarni buzish uchun 
javobgarlik belgilaydigan, shu tariqa axborotdan g‘ayriqonuniy 
foydalanishga monelik qiladigan va potensial qonunbuzarlar uchun tiyib 
turuvchi omil hisoblanadigan qonunlar, farmonlar va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar kiradi. AATni muhofaza qilish huquqiy choralari asosan 
oldini oluvchi, profilaktik xususiyat kasb etadi va tizimdan foydalanuvchilar 
hamda unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan tushuntirish ishlarini 
doimiy ravishda olib borishni talab qiladi. 
Texnik choralar 
AATni muhofaza qilish texnik choralari AAT tarkibiga kiradigan va 
muhofaza qilish funksiyasini (mustaqil ravishda yoki boshqa vositalar bilan 
birga) bajaradigan turli elektron qurilmalar va maxsus dasturlardan 
foydalanishga asoslanadi.
Fizik muhofaza choralari
Fizik muhofaza choralari tizim komponentlari va muhofaza 
qilinayotgan axborotga potensial qonunbuzarlar kirishi mumkin bo‘lgan 
yo‘llarda fizik to‘siqlarni yaratish uchun maxsus mo‘ljallangan turli xil 
mexanik, elektr- yoki elektron-mexanik qurilmalar va inshootlardan, 
shuningdek vizual kuzatish, aloqa va qo‘riqlash signalizatsiyasi 
vositalaridan 
foydalanishga 
asoslanadi. 
Mazkur 
tipga 
AAT 
komponentlarining fizik yaxlitligini nazorat qilish choralari va vositalari 
(plombalar, nakleykalar va sh.k.) ham kiradi.

Download 282.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling