Axborot xavfsizligi ta’lim y о‘nalishi talabalari uchun individual loyihani bajarish va rasmiylashtirish b
Download 351.81 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Ilmiy va о‘quv adabiyotlardan foydalanish
3.4. Individual loyihada
qо‘llaniladigan ilmiy apparat Individual loyihada ilmiy apparatdan foydalanish nashr etishga tayyorlanayotgan ilmiy-uslubiy ishlar talablariga javob berishi kerak. Individual loyihani yozish jarayonida talaba shu sohaga oid о‘quv adabiyotlari va boshqa ilmiy nashrlardan, ma’lumotnomalardan foydalanganda quyidagilarga rioya qilishi lozim: − Individual loyihani yozish davomida foydalanilgan adabiyotlar va boshqa manbalardan ma’lumotlar bir xil tartibda yoritilishi kerak; − matnda foydalanilgan manbalardan ma’lumotlar keltirish sahifa ostidagi izoh tarzidagi yozuv yoki kvadrat qavs ichida [1] foydalanilgan adabiyotlarda keltirilgan rо‘yxat bо‘yicha manba tartib raqamini va sahifasini kо‘rsatilgan tarzda amalga oshirilishi mumkin; − sahifa ostidagi izoh tarzidagi yozuvda vaqtli nashrlar, kitoblar, maqolalar nomi qо‘shtirnoqsiz yoziladi; − sahifa ostidagi izohni 1.0 interval orqali amalga oshirilishi lozim. 8 4. Ilmiy va о‘quv adabiyotlardan foydalanish Individual loyihani sifatli bajarishning muhim shartlaridan biri mavzu bо‘yicha mavjud adabiyotlarni batafsil va taxliliy о‘rganish hisoblanadi. Bunda kо‘rib chiqilayotgan masalalarga aloqador bо‘lgan barcha asosiy manbalarni (ilmiy jurnallarni, ukuv kullanma va darsliklarni, ilmiy maqolalar tо‘plamlarini, ilmiy anjumanlar materiallarini, statistik ma’lumotnomalarni) о‘rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni о‘rganish jarayonida asosiy e’tiborni birinchi navbatda maqola yoki о‘quv adabiyotining Individual loyiha bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liq bо‘lgan qismlariga (boblarga, paragraflarga) qaratish kerak. Shu bilan birga Individual loyihani yozish jarayonida kerak bо‘lib qolishi mumkin bо‘lgan masalalarni tushirib qoldirmaslik maqsadida har bir о‘rganilayotgan adabiyotni tegishli joylarini batafsil kо‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlarni о‘rganish va taxlillash jarayonida Individual loyihani bajarish bilan bog‘liq bо‘lgan materiallardan parchalar kо‘chirib olinishi mumkin. U holda har bir parchada uning manbasi va manbadagi sahifasi kо‘rsatilgan bо‘lishi tavsiya etiladi. Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida muallif о‘z xulosalarini isbotlash uchun foydalangan tahlilning texnik usullarini (jadvallar, shakllar, statistik ma’lumotlarni guruhlarga bо‘lish va hakozolarni) xotira uchun yozib qо‘yishi maqsadga muvofiqdir, chunki ularning ba’zi-birlaridan Individual loyihani yozish davomida foydalanish mumkin. О‘rganilayotgan adabiyotlardan kо‘chirib olinayotgan parchalarni alohida qog‘ozning faqat bir tomoniga, yozuv uchun hoshiya qoldirgan holda yozib borish kerak bо‘ladi. Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida vujudga kelgan fikr va g‘oyalarni shu ondayoq yozib qо‘yish maqsadga muvofiqdir, chunki hayolga kelgan kerakli fikr boshqa qaytib kelmasligi mumkin. Individual loyihani talab darajasida yozish uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni о‘rganib chiqish va о‘rganish talab qilinganligi sababli parchalar shaklida tо‘plangan ma’lumotlarni tartibga solib turish lozim. Bunday tartibga solish turlaridan biri quyidagicha bо‘lishi mumkin. har bir parcha ma’lum bir raqam bilan belgilab qо‘yiladi. Masalan, «1,2» raqami parchadan Individual loyihaning 1-chi 9 bо‘limi 2-chi paragrafini yozish davomida foydalaniladi degan ma’noni bildiradi. Tо‘plangan ma’lumotlarni har bir paragraf ichida yoritiladigan savollar bо‘yicha ham tartibga solish maqsadga muvofiq. Agar adabiyotlar manbalari bilan ishlash talaba tomonidan oqilona amalga oshirilsa, u qaysi masalalar bо‘yicha qanday ilmiy-amaliy ma’lumotlar tо‘plash kerakligini va bu ma’lumotlarni qaysi yо‘nalishda qayta ishlash va tahlil qilish kerakligini yaxshi biladi. Download 351.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling