Axborot xavfsizligi ta’lim y о‘nalishi talabalari uchun individual loyihani bajarish va rasmiylashtirish b
Download 351.81 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Individual loyihaga rahbarlik qilish
5. Ma’lumotlarni
tо‘plash va qayta ishlash Talaba kerakli ma’lumotlarni tо‘plashda о‘quv adabiyotlaridan, turli hisobotlardan, ilmiy-amaliy anjumanlar materiallaridan, ilmiy risolalardan, statistik ma’lumotnomalardan, ilmiy-amaliy tadqiqot materiallaridan foydalanishi mumkin. Tuplangan ma’lumotlarni alohida boblar va paragraflar bо‘yicha taqsimlash va shundan keyingina ularni har bir bob va paragraf maqsadi va vazifalariga mos ravishda qayta ishlashga kirishish maqsadga muvofiqdir. 6. Individual loyihaga rahbarlik qilish Individual loyihaga umumiy uslubiy rahbarlikni kafedra tomonidan tayinlangan loyiha rahbari amalga oshiradi. Loyiha rahbarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: − Individual loyihaga vazifa berish; − talabaga Individual loyiha tuzilishi va rejasini ishlab chiqishda yordam berish; − talabaga mavzu bо‘yicha asosiy va qо‘shimcha adabiyotlarni, ma’lumotnomalarni tanlashda tavsiyalar berish; − talabalarga tadqiqot obyekti va doirasini, obyekt faoliyatini о‘rganishda, ma’lumotlar tuplashda va ularni tahlil qilish uslublarini aniqlashda maslaxatlar berish. Loyiha rahbari talaba tashabbusini turli yо‘llar bilan rivojlantirishi, uni mustaqil о‘quv-tadqiqot ishini amalga oshirishi ragbatlantirishi lozim. 10 Individual loyihani yozishda loyiha rahbari tomonidan tegishli masalalar bо‘yicha maslahatlar berish loyixa rahbari tomonidan belgilangan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan muddatlarda о‘tkaziladi. Loyiha rahbari taqdim qilingan Individual loyihani tekshirib, о‘zining fikr va mulohazalarini bildiradi va ishni qaysi yо‘nalishda о‘zgartirish va tо‘ldirish kerakligi tо‘g‘risida maslahat beradi. Yozib tugatilgan Individual loyiha belgilangan muddatda loyiha rahbariga topshiriladi. Loyiha rahbari Individual loyihani tekshirib chiqadi va loyixa urnatilgan talablarga muvofik bajarilgan bulsa, uni himoyaga tavsiya etadi. Ilmiy rahbar Individual loyihani “qoniqarsiz” bajarilgan deb hisoblaganda bu masala kafedra mudiri, loyiha rahbari va Individual loyiha muallifining ishtirokida hal qilinadi. Download 351.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling