Axborot xavfsizligi ta’lim y о‘nalishi talabalari uchun individual loyihani bajarish va rasmiylashtirish b
Individual loyihaning maqsad va vazifalari
Download 351.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Individual loyihaning maqsad va vazifalari
Individual loyiha talabaning mustaqil о‘quv tadqiqot ishi bо‘lib, u umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur о‘zlashtirish, axborot– kommunikatsiya texnologiyalarida axborotni himoyalashga oid muammolarini о‘rganish, axborotni himoyalashning usul va vositalari imkoniyatlarini tahlil qilish va ulardan foydalanish buyicha olgan bilim va kunkmalarini umumlashtirish asosida yoziladi. Individual loyihaning asosiy maqsadi talabalarni tanlangan mavzuning ilmiy- amaliy muammolarini aniqlash, axborotni himoyalashning usul va vositalari imkoniyatlarini tahlil qilish va ulardan foydalanish buyicha olgan bilim va kunkmalarini mustaxkamlashdan iborat. Individual loyiha yozishning vazifalari quyidagilardan iboratdir: − umumkasbiy va ixtisoslik fanlardan о‘tilgan nazariy materiallarni mustahkamlash va talabalarni muammoli mavzuni nazariy-amaliy nuqtai-nazardan yoritib berishga hamda amaliyotga tadbiq qilishga yо‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga о‘rgatish; − talabalarda axborot–kommunikatsiya texnologiyalarida axborotni himoyalashga oid muammolarini aniq qо‘yish va ularni yechish kо‘nikmalarini shakllantirish; − talabalarni ilmiy, о‘quv va amaliy faoliyatga oid adabiyotlar, amaliy tahliliy va statistik ma’lumotlar va boshqa materiallardan foydalanish kо‘nikmalarini shakllantirish. Individual loyiha mavzusining yoritilishi va uni rejaga muvofiq bajarilishi talabaning nazariy-amaliy tayyorgarligining muhim kо‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. 4 2. Individual loyihani yozishga tayyorgarlik 2.1 Individual loyiha mavzusini tanlash 5330300-Axborot xavfsizligi (sohalar bо‘yicha) ta’lim yо‘nalishi bakalavriat ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bо‘lgan individual loyiha umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining nazariy va amaliy qismini mustahkamlash uchun zarur bо‘lib, individual loyiha yozish uchun tavsiya etilgan mavzular ta’lim yо‘nalishi ishchi о‘quv rejasidagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining mazmun-moxiyatiga muvofiq kafedra majlisi qarori asosida aniqlanadi. Talaba tomonidan individual loyihani muvaffaqiyatli bajarish kо‘p jihatdan mavzuni tо‘g‘ri tanlab olish va bajarish buyicha tegishli uslubiy kursatmalarga bog‘liqdir. Talaba о‘z ilmiy va amaliy qiziqishlarini hisobga olgan holda individual loyiha mavzusini tavsiya etilgan rо‘yxat ichidan mustaqil ravishda tanlab olishi mumkin. Individual loyihaning mavzulari odatda individual loyiha rahbari tomonidan talabalarga ukuv semestri boshida e’lon qilinadi. Download 351.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling