Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari


Download 460.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi460.84 Kb.
#1618351
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-maruza

Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki 
qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-quvvatlab turuvchi 
infratuzilmaning 
himoyalanganligi 
tushuniladi. 
Bunday 
ta’sirlar 
axborot 
munosabatlariga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan foyda- lanuvchilarga va 
axborotni muhofaza qilishni ta’minlovchi infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazishi 
mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot erkinligi 
prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida
1
axborot xavfsiz- ligi axborot 
borasidagi xavfsizlik deb belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi. 
Konfidensiallik, butunlik va ruxsat etilganlik axborot xavfsizligini ta’minlash 
borasida uchta muhim xususiyat hisoblanadi. 
– 
axborotning konfidensialligi – axborotning holati bo‘lib, bunda axborotga 
ruxsat, faqat tegishli huquqqa ega bo‘lgan subyektlargagina beriladi. 
– 
axborotning butunligi – axborotda hech qanday o‘zgartirishlar bo‘lmagan 
yoki o‘zgartirishlar faqat alohida huquqqa ega bo‘lgan subyektlar tomonidan amalga 
oshiriladigan axborotning holati. 
– 
axborotning ruxsat etilganligi – axborotga ruxsat etilgan subyektlarning, uni 
amalga oshirishga to‘siqlar mavjud bo‘lmagan holati. 
Ruxsat etilganlik huquqiga axborotni yoki uning resurslarini o‘qish uchun, 
o‘zgartirish, nusxa olish, axborotni yo‘q qilish huquqlari kiradi. 
Axborotni muhofaza qilish – bu axborot himoya tizimini yaratish bilan bog‘liq 
jarayon. Axborot himoya tizimi hech qachon yuz foizlik himoyani ta’minlay 
olmasligini anglash muhimdir. Bu esa axborotni mumkin bo‘lgan darajadagi 
o‘zgartirish, o‘g‘irlash yoki yo‘q qilish tavak- kalchiligiga asoslangan axborot 
xavfsizligi haqida fikr yuritishni taqozo etadi. 
Amalga oshirilish usullariga ko‘ra barcha axborot himoyasi chora- larini quyidagi 
turlarga ajratish mumkin: 
– 
huquqiy; 


– 
ma’naviy-etik; 
– 
texnologik; 
– 
tashkiliy; 
– 
fizik; 
– 
texnik (qurilmaviy va dasturiy). 
Yuqorida qayd etilganlar himoya turlari orasida asosiylari huquqiy, tashkiliy va 
texnik himoya hisoblanadi. 

Download 460.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling