Axborot xavfsizligini ta’minlashda media va axborot savodxonligining ahamiyati reja
Download 43.2 Kb.
|
3-mavzu media
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiberxavfsizlik
- Kiberxavfsizlik
- Axborot xavfsizligi
Xavfsizlik tahdidi - shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy manfaatlariga tahdid soladigan shart-sharoitlar va omillar to‘plami. Shaxsiy axborot xavfsizligiga tahdidlar:
· Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga zid bo‘lgan normativ hujjatlarni qabul qilish; · Fuqarolarning shaxsiy hayotga daxldorlik huquqlarini amalga oshirilishiga qarshi chiqish; · Ochiq ma’lumotlarga kirishni noqonuniy ravishda cheklash; · Ommaviy axborot vositalari sohasida fuqarolarning huquqlari buzilishi. · Inson ongiga ta’sir qiluvchi maxsus vositalardan noqonuniy foydalanish; · Axborotni manipulyatsiya qilish. Shaxsning axborot xavfsizligiga tahdid manbalari sifatida boshqa shaxs, dasturiy ta’minot va apparat vositalari, odamlar guruhi, jamoat guruhi yoki hatto davlat, Internet, ommaviy axborot vositalari bo‘lishi2 mumkin.Kiberxavfsizlik'> Kiberxavfsizlik hozirda yangi kirib kelgan tushunchalardan biri bo‘lib, unga berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force manbasida kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif berilgan [1]: Kiberxavfsizlik – hisoblashlarga asoslangan bilim sohasi bo‘lib, buzg‘unchilar mavjud bo‘lgan sharoitda amallarni to‘g‘ri bajarilishini kafolatlash uchun o‘zida texnologiya, inson, axborot va jarayonlarni mujassamlashtiradi. U xavfsiz kompyuter tizimlarini yaratish, amalga oshirish, tahlillash va testlashni o‘z ichiga oladi. Kiberxavfsizlik ta’limning mujassamlashgan bilim sohasi bo‘lib, qonuniy jihatlarni, siyosatni, inson omilini, etika va risklarni boshqarishni o‘z ichiga oladi. Tarmoqlar sohasida faoliyat yuritayotgan Cisco tashkiloti esa kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan: Kiberxavfsizlik – tizim, tarmoq va dasturlarni raqamli hujumlardan himoyalash amaliyoti. Ushbu kiberhujumlar odatda maxfiy axborotni boshqarish, almashtirish yoki yo‘q qilishni; foydalanuvchilardan pul undirishni; normal ish faoliyatini buzishni maqsad qiladi. Hozirgi kunda samarali kiberxavfsizlik choralarini amalga oshirish insonlarga qaraganda qurilmalar soni va turlarining kattaligi va buzg‘unchilar salohiyatini ortishi natijasida amaliy tomondan murakkablashib bormoqda. Axborot xavfsizligi - axborotning holati bo‘lib, unga binoan axborotga tasodifan yoki atayin ruxsatsiz ta’sir etishga yoki ruxsatsiz undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yoki, axborotni texnik vositalar yordamida ishlanishida uning maxfiylik (konfidensiallik), yaxlitlik va foydalanuvchanlik kabi xarakteristikalarini (xususiyatlarini) saqlanishini ta’minlovchi axborotning himoyalanish sathi holati. Axborot xavfsizligi bilan bog‘liq markaziy tushunchalar, muammolarni olimlar S.K.G‘aniyev, A.A. G‘aniyev, Z.T.Xudoyqulovlar quyidagicha ta’riflaydi: Axborotni himoyalash – axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan choralar kompleksi. Amalda axborotni himoyalash deganda ma’lumotlarni kiritish, saqlash, ishlash va uzatishda uning yaxlitligini, foydalanuvchanligini va agar, kerak bo‘lsa, axborot va resurslarning konfidensialligini madadlash tushuniladi. Axborot xavfsizligi sohasi axborotning ifodalanishidan qat’iy nazar – qog‘oz ko‘rinishdagi, elektron va insonlar fikrlashida, og‘zaki va vizual aloqada intelektual huquqlarini himoyalash bilan shug‘ullanadi. Kiberxavfsizlik esa elektron shakldagi axborotni (barcha holatlardagi, tarmoqdan to qurilmagacha bo‘lgan, o‘zaro birga ishlovchi tizimlarda saqlanayotgan, uzatilayotgan va ishlanayotgan axborotni) himoyalash bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, hukumatlar tomonidan moliyalashtirilgan hujumlar va rivojlangan doimiy tahdidlar (Advanced Persistent Threat, APT) ham aynan kiberxavfsizlikka tegishlidir. Qisqacha aytganda, kiberxavfsizlikni axborot xavfsizligining bir yo‘nalishi deb tushunish uni to‘g‘ri anglashga yordam beradi. Download 43.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling