Axborot xavfsizligini ta’minlashda media va axborot savodxonligining ahamiyati reja


Download 43.2 Kb.
bet3/9
Sana14.04.2023
Hajmi43.2 Kb.
#1357217
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu media

Kiberetika – kompyuterlar bilan bog‘liq falsafiy soha bo‘lib, foydalanuvchilarning xatti-harakatlari, kompyuterlar nimaga dasturlashtirilganligi, umuman insonlarga va jamiyatga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi. Kiberetika masalalariga quyidagi misollarni keltirish mumkin:
- Internetda boshqa odamlar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni (masalan, onlayn holatlar yoki GPS orqali joriy joylashuvni) uzatish joizmi?
- foydalanuvchilarni soxta ma’lumotlardan himoya qilish kerakmi?
- raqamli ma’lumotlarga kim egalik qiladi (musiqa, filmlar, kitoblar, veb-sahifalar va boshqalar) va ularga nisbatan foydalanuvchilar qanday huquqlarga ega;
- onlayn qimor va pornografiya tarmoqda qanday darajada bo‘lishi kerak?
- Internetdan foydalanish har bir kishi uchun mumkin bo‘lishi kerakmi? Axborotdan foydalanishdagi etikaga oid munozaralar uzoq vaqtdan beri mulkchilik tushunchasini tashvishga solmoqda va kibernetika sohasidagi ko‘plab to‘qnashuvlarga sabab bo‘lmoqda. Egalikka oid nizolar egalik huquqi buzilgan yoki noaniq bo‘lgan hollarda yuzaga keladi.
Intellektual mulk huquqlari. Internet tarmog‘ining doimiy ravishda o‘sib borishi va turli ma’lumotlarni siqish texnologiyalarining (masalan, mp3 fayl formati) paydo bo‘lishi “peer-ro-peer” fayl almashinuviga katta yo‘l ochdi. Bu imkoniyat dastlab Napster kabi dasturlar yordamida amalga oshirilgan bo‘lsa, endilikda BitTorrent kabi ma’lumotlarni uzatish protokollarida foydalanilmoqda. Uzatilgan musiqalarning aksariyati mualliflik huquqi bilan himoyalangan bo‘lsada, mazkur fayl almashinuvi noqonuniy hisoblanadi. Hozirgi kunda aksariyat elektron ko‘rinishdagi media fayllar (musiqa, audio va kinolar) intellektual mulk huquqlariga rioya qilinmasdan ommaga tarqalmoqda. Masalan, aksariyat katta mablag‘ sarflangan kinolarning “peratiskiy” versiyasi chiqishi natijasida, o‘z sarf xarajatini qoplay olmaslik holatlari kuzatilmoqda. Bu holatni dasturiy ta’minotlar uchun ham ko‘rish mumkin. Masalan, aksariyat dasturlar litsenziyaga ega hisoblansada, turli usullar yordamida ularning “krek” qilingan versiyalari amalda keng qo‘llaniladi. Masalan, litsenziyaga ega bo‘lmagan Windows 10 OT, antivirus dasturiy vositalari, ofis dasturiy vositalari va h.

Download 43.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling