Axborot xavfsizligini ta’minlashda media va axborot savodxonligining ahamiyati reja


Mualliflik huquqini himoyalashning texnik vositalari


Download 43.2 Kb.
bet4/9
Sana14.04.2023
Hajmi43.2 Kb.
#1357217
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu media

Mualliflik huquqini himoyalashning texnik vositalari. Mualliflik huquqini ta’minlashda turli himoya usullaridan foydalaniladi. Ular CD/DVD disklardagi ma’lumotlarni ruxsatsiz ko‘chirishdan himoyalashdan tortib oddiy PDF fayllarni tahrirlash imkoniyatini cheklash kabi jarayonlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shu bilan birga, ko‘plab insonlar litsenziyali CD diskni sotib olsam, undan ko‘chirish imkoniyatiga ham ega bo‘lishim kerak deb fikrlaydilar.
Xavfsizlik. Internet tarmog‘idagi axborotdan foydalanganda xavfsizlik anchadan beri axloqiy munozaralar mavzusi bo‘lib kelmoqda. Bu birinchi navbatda jamoat farovonligini himoya qilish yoki shaxs huquqini himoya qilish degan savolni o‘rtaga qo‘yadi. Internet tarmog‘ida foydalanuvchilar sonini ortishi, shaxsiy ma’lumotlarni ko‘payishi natijasida ularning o‘g‘irlanishi va kiberjinoyatlar soni ortmoqda.
Aniqlik. Internetning mavjudligi va ba’zi bir shaxs yoki jamoalar tabiati tufayli ma’lumotlarning aniqligi bilan shug‘ullanish muammoga aylanmoqda. Boshqacha aytganda, Internetdagi ma’lumotlarning aniqligiga kim javob beradi? Bundan tashqari, Internetdagi ma’lumotlarni kim to‘ldirib boradi, undagi xatolar va kamchiliklar uchun kim javobgar bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida ko‘plab tortishuvlar mavjud.
Foydalanuvchanlik, senzura va filterlash. Foydalanuvchanlik, senzura va axborotni filtrlash mavzulari kibernetika bilan bog‘liq ko‘plab axloqiy masalalarni qamrab oladi. Ushbu masalalarning mavjudligi bizning maxfiylik va shaxsiylikni tushunishimizga va jamiyatdagi ishtirokimizga shubha tug‘diradi. Biror qonun qoidaga ko‘ra ma’lumotlardan foydalanishni cheklash yoki filtrlash asosida ushbu ma’lumotni tarqalishini oldini olish, foydalanuvchanligiga ta’sir qilish mumkin. Senzura ham past darajada (masalan, kompaniya o‘z xodimlari uchun) yoki yuqori darajada (hukumat tomonidan xavfsizlikni ta’minlash uchun amalga oshirilgan) bo‘lishi mumkin.
Axborot erkinligi. Axborot erkinligi, ya’ni, so‘z erkinligi, shu bilan birga ma’lumotni qidirish, olish va uzatish erkinligi kiberhujumda kimga va nimaga yordam beradi degan savol tug‘iladi? Axborot erkinligi huquqi, odatda, ta’sirlangan mamlakat, jamiyat yoki madaniyatga ta’sir ko‘rsatadigan cheklovlarga bog‘liq. Cheklovlar turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Masalan, ayrim mamlakatlarda Internet ommaviy axborot vositalariga kirishning bir shakli hisoblanib, undan barcha davlat rezidentlari foydalanadi. Bundan tashqari, ayrim davlatlarda Internetdan foydalanish bo‘yicha cheklovlar bir davlatning turli shtatlarida farq qilishi mumkin.

Download 43.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling