Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o’tkazishda sinov laboratoriyalrning ro’li


Download 45.14 Kb.
bet1/4
Sana14.05.2023
Hajmi45.14 Kb.
#1458763
  1   2   3   4
Bog'liq
kibe mustaqil iwr


Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o’tkazishda sinov laboratoriyalrning ro’li

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 21-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2587]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-noyabrdagi 278-son “O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 12-may,
47-son
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining 2014-yil 12-maydagi 47-son buyrug‘iga
ILOVA
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar to‘g‘risidagi
NAMUNAVIY NIZOM
Ushbu Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qarori bilan tasdiqlangan Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlarga (bundan buyon matnda attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar deb yuritiladi) qo‘yiladigan umumiy talablarni, ularning namunaviy tuzilmasini, axborotlashtirish obyektlarining axborot xavfsizligi sohasidagi vazifalari va funksiyalarini, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Axborotlashtirish obyektini attestatsiyadan o‘tkazishda uning axborotdan ruxsatsiz erkin foydalana olishdan, shu jumladan kompyuter hujumlari ta’siridan va texnik kanallar orqali axborotning chiqib ketishidan muhofaza qilish bo‘yicha talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi.
2. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar axborot xavfsizligi talablariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish tizimi tashkiliy tuzilmasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot xavfsizligi talablariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga asosan Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qarori bilan tasdiqlangan Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida nizomda belgilangan tartibda beriladigan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining (bundan buyon matnda Vakolatli organ deb yuritiladi) axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir ishlarning muayyan turlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomasiga ega bo‘lgan turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlar attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar deb hisoblanadi. Ruxsatnoma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.
4. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar o‘z faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga, shuningdek ushbu Namunaviy nizomga amal qiladilar.
Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ ushbu Namunaviy nizom asosida axborot xavfsizligi talablariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish sohasida o‘zining faoliyati to‘g‘risidagi ichki nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar Vakolatli organ bilan o‘zaro hamkorlikda axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
.
5. Attestatsiyadan o‘tkazish ishlariga haq to‘lash qiymati va tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Attestatsiyadan o‘tkazishga haq to‘lash ariza beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

Download 45.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling