Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o’tkazishda sinov laboratoriyalrning ro’li
-bob. Ekspert guruhlarining faoliyati
Download 45.14 Kb.
|
kibe mustaqil iwr
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
4-bob. Ekspert guruhlarining faoliyati
10. Axborotlashtirish obyektini axborot xavfsizligining talab etiladigan darajasiga muvofiq baholash maqsadida, uning sifatli attestatsiyadan o‘tkazilishi ta’minlanishini inobatga olgan holda, ekspert guruhlari attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ tomonidan shtatdagi xodimlar sonidan shakllantiriladi. 11. Zarur bo‘lganda, ekspert guruhi tarkibiga boshqa attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar mutaxassislari kiritilishi mumkin. 12. Ekspert guruhlari tarkibiga ilmiy-amaliy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan, bevosita ariza beruvchilar faoliyatida ishtirok etmaydigan, axborotni muhofaza qilishning tegishli yo‘nalishida vakolatli bo‘lgan mutaxassislar kiritiladi. 5-bob. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi 13. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ quyidagi huquqlarga ega: ishga eng ko‘p vakolatga ega mutaxassislarni jalb qilish; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilik hujjatlariga muvofiq attestatsiyani o‘tkazish muddatlari, kelishuv narxlari, o‘zaro hisob-kitob shartlari va o‘zaro ishlash tartibini belgilash; (13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) asoslangan sabablar mavjud bo‘lganda, ariza beruvchiga axborotlashtirish obyektini attestatsiyadan o‘tkazishda rad etish; Vakolatli organ tavsiyalariga muvofiq, attestatsiya ishlarini o‘tkazish uchun maxsus asbob-uskuna sotib olish; o‘z tuzilmasida sinov laboratoriyalari (markazlari)ga ega bo‘lish. 14. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ: axborot xavfsizligi talablariga muvofiq attestatsiyadan o‘tkazishning belgilangan qoidalari va tartibiga rioya qilishga; ariza beruvchi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatlarda axborotlashtirish obyektlarining attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil qilish va o‘tkazishga; axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazishning to‘liqligi va obyektivligini ta’minlashga; ariza beruvchining axborotlashtirish obyektini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan, foydalanilishi cheklangan axborotining konfidensialligini ta’minlashga; attestatsiyadan o‘tkazilgan axborotlashtirish obyektlarining hisobini olib borishga; attestatsiya ishlarining yakunlanishi bilan Vakolatli organni o‘n kun muddat ichida Muvofiqlik attestatini berish yoki uning berilishini rad etish to‘g‘risida xabardor qilishga; Vakolatli organga o‘zining faoliyati to‘g‘risida axborotni o‘z vaqtida taqdim etishga (hisobot muddatlari va shakllari Vakolatli organ tomonidan belgilanadi); Vakolatli organ vakillariga attestatsiyadan o‘tkazilgan axborotlashtirish obyektlarida ular tomonidan axborot xavfsizligi bo‘yicha talablarga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur axborotni taqdim etishga majbur. 15. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ quyidagilarga javobgar bo‘ladi: o‘zi tomonidan o‘tkazilgan axborotlashtirish obyektini attestatsiyadan o‘tkazish sinovlarining axborot xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq emasligi, shuningdek ular natijalarining ishonchliligi va obyektivligiga; unga yuklatilgan funksiya va majburiyatlarning to‘liq bajarilishi va sifatiga; attestatsiyadan o‘tkazishga jalb qilinadigan mutaxassislar malakasiga; attestatsiyadan o‘tkazish jarayonini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar talablariga rioya etmasligiga; ariza beruvchi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan attestatsiyadan o‘tkazish muddatlari va shartlariga rioya etmasligiga; attestatsiyadan o‘tkazish davrida, ariza beruvchiga tegishli bo‘lgan foydalanilishi cheklangan axborotni oshkor qilishiga; axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun sotib olingan maxsus uskunalardan maqsadsiz foydalanilishiga. 16. Vakolatli organ tomonidan axborot xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablarining, shuningdek takroriy attestatsiyadan o‘tkazish zaruriyatiga olib keladigan attestatsiyadan o‘tkazish metodikasining buzilganligi aniqlangan holda attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ takroran attestatsiyani o‘z hisobidan o‘tkazadi. Download 45.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling