Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o’tkazishda sinov laboratoriyalrning ro’li


-bob. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organning namunaviy tuzilmasi


Download 45.14 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2023
Hajmi45.14 Kb.
#1458763
1   2   3   4
Bog'liq
kibe mustaqil iwr

2-bob. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organning namunaviy tuzilmasi
6. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi bo‘lishi, tayyorlangan mutaxassislar, butun ishlar kompleksini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sinov bazasi, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarga ega bo‘lishi kerak.
7. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ shtatida axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish sohasida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, ularning ayrim toifasi davlat sirlari bilan tanishish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ruxsatnomaga ega mutaxassislar bo‘lishi kerak.
Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ xodimlari o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari va lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3-bob. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organning asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlarning asosiy vazifalari axborotlashtirish obyektlarini axborot xavfsizligi talablariga muvofiq attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil qilish va amalga oshirish hisoblanadi.
9. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish talabnomalarini ko‘rib chiqadilar, axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni rejalashtiradilar, ariza beruvchilar e’tiboriga attestatsiyadan o‘tkazish muddatlarini yetkazadilar;
attestatsiya o‘tkaziladigan obyektlar bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar tahlilini o‘tkazadi, attestatsiya o‘tkazish sxemasi va metodikasini aniqlaydi, sinov laboratoriyalari (markazlari)da sertifikatlanmagan mahsulot (apparat, dasturiy va apparat-dasturiy) obyektida foydalaniladigan sinovlarni o‘tkazish zarurati to‘g‘risidagi masalalarni hal etadilar;
axborotlashtirish obyektlarining attestatsiya tekshiruvlarini o‘tkazish dasturlarini ishlab chiqadilar;
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkillashtiradilar;
uzoqdagi axborotlashtirish obyektlariga ekspert guruhlarini safarga jo‘natadilar;
zarur bo‘lganda, shartnoma asosida attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha boshqa organlarning mutaxassislari va uskunasini jalb qiladilar;
axborotlashtirish obyektini attestatsiya sinovlari natijalarini va sinov laboratoriyalarining bayonnomalarini ko‘rib chiqadilar, attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha xulosalarni tasdiqlaydilar va ariza beruvchiga Axborotlashtirish obyektini axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik attestati (bundan buyon matnda Muvofiqlik attestati deb yuritiladi)ni beradilar;
o‘zlari tomonidan berilgan Muvofiqlik attestatlari asosida attestatsiyadan o‘tkazilgan axborotlashtirish obyektlarining hisobini yuritadilar;
axborotlashtirish obyektlarining muayyan tiplarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar fondini shakllantiradilar va zarur hollarda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadilar;
Vakolatli organ bilan o‘zaro hamkorlik qiladi va belgilangan tartibda uni axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish sohasida o‘z faoliyatining borishi to‘g‘risida xabardor qiladilar.

Download 45.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling