Axborotlashtirish to'G'risidagi qonuni reja: Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosati


Davlat boshqaruv organlarining axborotlashtirish sohasidagi vakolatlari va mas’uliyati


Download 22.4 Kb.
bet3/7
Sana02.01.2022
Hajmi22.4 Kb.
#200224
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AXBOROTLASHTIRISH TO'G'RISIDAGI QONUNI

Davlat boshqaruv organlarining axborotlashtirish sohasidagi vakolatlari va mas’uliyati

Axborotlashtirish sohasidagi davlat boshqaruv organlarining vakolatlariga:

axborotlashtirish sohasida davlat siyosatining asoslarini ishlab chiqish, davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning axborotlashtirish zaxiralarini hosil etish hamda ulardan foydalanish ishlarini muvofiqlashtirib borish, subyektlarning axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarga taalluqli huquqlari va kafolatlarini himoya qilish;

axborotlashtirish sohasidagi umumdavlat dasturlarini ishlab chiqish hamda ro‘yobga chiqarishga rahbarlik qilish, ana shu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘larni taqsimlash, istiqbolga mo‘ljallangan axborot texnologiyalari sohasida ilmiy tadqiqotlarni, loyihalarni muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish;

davlat boshqaruv organlarini axborotlar bilan ta’minlash tartibi va shartlarini belgilash;

avtomatlashtirilgan axborot va axborot-hisoblash tizimlari hamda tarmoqlari yaratishni, shu jumladan ularni hisobga olish, sertifikatsiyalash hamda litsenziya berishni tartibga solish;

axborotlashtirish infrastrukturasining umumiy kommunikatsiya muhitini va boshqa tarkibiy qismlari yaratilishini ta’minlash, axborotlashtirish sohasidagi bozor omillarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;

axborotlashtirish sohasidagi loyihalar va takliflarni ekspertizadan o‘tkazish, bu sohada tarmoq hujjatlari va standartlarining yagona tizimini joriy etish hamda ularga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

axborotlashtirish sohasida xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish hamda ilmiy-texnikaviy aloqalarni uyg‘unlashtirish kiradi.

Davlat boshqaruv organlari tomonidan hujjatlarni birxillashtirish tizimining tarkibi, davlat va jamoat faoliyatining barcha sohalarida to‘planadigan hamda ishlov beriladigan axborotlarga, shuningdek odamlarning huquqlari va manfaatlari muhofaza hamda himoya etilishini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan xususiy shaxslar to‘g‘risidagi axborotlarga doir klassifikatorlar, standartlar belgilanadi.




Download 22.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling