Axborotlashtirish to'G'risidagi qonuni reja: Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosati


Download 22.4 Kb.
bet1/7
Sana02.01.2022
Hajmi22.4 Kb.
#200224
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AXBOROTLASHTIRISH TO'G'RISIDAGI QONUNI


AXBOROTLASHTIRISH TO'G'RISIDAGI QONUNI

REJA:

  1. Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosati

  2. Axborotlashtirish sohasidagi davlat boshqaruv organlari

  3. Dasturiy mahsullarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatsiyalash

Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosati

Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosatining asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublikani rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan hamda real ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda tasdiqlaydigan O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasida belgilanib:

davlat va jamoat organlarining, fuqarolarning, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (matnda bundan keyin “tashkilotlar” deb yuritiladi) axborotga bo‘lgan ehtiyojini har tomonlama qondirishni;

axborotni bir tartibga solishni, standartlashtirishni, yagona axborot maydoni yaratishni hamda respublika jahon axborot hamjamiyatiga kirishi uchun sharoit yaratishni;

respublikada yaratilayotgan va chetdan keltirilayotgan texnik, dasturiy va texnologik axborot vositalari hamda resurslarini sertifikatsiya qilishni;

rivojlangan, ishlash bobida mukammal va ishonchli axborot infrastrukturasini shakllantirishni;

axborotlashtirishning texnik asoslarini tarkib toptirishda respublikaning suveren huquqlari va mintaqaviy tuzilmalarning manfaatlariga rioya etishni, axborot tizimlarini tashkil etish va amal qilish jarayonida ularning o‘zaro hamjihat harakat qilishlarini yo‘lga qo‘yishni;

respublikadagi ishlab chiqarish, boshqaruv, ilmiy va ijtimoiy sohalarda elektronika, hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining yangi namunalarini yaratish hamda joriy etishni;

axborotlashtirishning bir yerda haddan ziyod quyuqlashuvi va axborot sohasida yakkahokimlik qilinishining oldini olish asosida axborotlashtirishni jadal rivojlantirish, axborot jarayonlarini davlat tomonidan markazlashtirilgan tartibda pul bilan ta’minlash va idora etish usullaridan tashkilotlarning mustaqilligiga va tadbirkorlikka o‘tish uchun

axborotlashtirish dasturi uchun davlat tasarrufida bo‘lmagan mablag‘larni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratishni;

ommaviy foydalanuvchining qurbi yetadigan istiqbolli axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan ilmiy-texnik hamda ishlab chiqarish faoliyatini rag‘batlantirishni;

ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan axborot tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy rag‘batlantirish va imtiyozlar tizimini, shuningdek boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda joriy etishni;

axborot resurslarini yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlariga rioya etish maqsadida axborotlarni hamda ularni qayta ishlash vositalarini himoya qilish yo‘llarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishni;

davlat axborot resurslarining asralishi, jamg‘arilishi va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlashni;

axborotlashtirishning jamiyat rivojiga ta’sirini o‘rganishni va baholashni nazarda tutadi.


Download 22.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling