Axborotlashtirish to'G'risidagi qonuni reja: Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosati


Axborotlarga nisbatan mulkchilik huquqi


Download 22.4 Kb.
bet6/7
Sana02.01.2022
Hajmi22.4 Kb.
#200224
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AXBOROTLASHTIRISH TO'G'RISIDAGI QONUNI

Axborotlarga nisbatan mulkchilik huquqi

Axborot davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyat mahsuli sifatida moddiy yoki intellektual mulk obyekti bo‘lishi mumkin. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar axborotlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan mulkiy huquqqa egadirlar.

Hujjatlashtirilgan axborot mulk obyekti sifatida alohida hujjat yoki hujjatlar to‘plami shaklida (kutubxona, arxiv, fond, bilimlar bazasi va boshqa shakllarda) namoyon bo‘ladi.

Axborot egasi o‘z mulkining obyektiga nisbatan har qanday qonuniy xatti-harakatlarni sodir etishi, shuningdek axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi yoki uni tasarruf etuvchi shaxsni tayinlashi mumkin.

Quyidagilar:

o‘z kuchi bilan va o‘z hisobidan axborot yaratish;

axborot yaratishga doir shartnoma;

axborotga nisbatan mulkdorlik huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish shartini o‘zida aks ettirgan oldi-sotdiga, yetkazib berishga doir shartnoma yoki boshqa kelishuv shartnomasi;

merosga olish va tortiq qilish axborotga nisbatan mulkdorlik huquqi paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi.

Axborotga nisbatan mulkdorlik huquqini ro‘yobga chiqarishning o‘ziga xos jihatlari amaldagi mualliflik huquqiga doir qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi.

Davlat mulki hisoblangan axborotga himoya sertifikatiga ega bo‘lgan tizimlardagina qayta ishlov berilishi lozim.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yordamida kiritiladigan va uzatiladigan hujjatlarning yuridik kuchi elektron imzo bilan tasdiqlanishi mumkin. Elektron imzoning yuridik kuchi avtomatlashtirilgan tizimda imzolarning bir xilligini ta’minlovchi sertifikatsiyalangan dasturiy-texnika vositalari mavjud bo‘lgan taqdirda e’tirof etiladi.




Download 22.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling