AXBOROTLAR VA AXBOROT TIZIMLARINING HUQUQIY REJIMI
Axborotdan foydalanishning huquqiy rejimi
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab berilgan huquqlari va majburiyatlariga muvofiq holda axborotlashtirish sohasida huquqiy munosabatlarning subyektlari sifatida ish ko‘radilar.
Axborotdan foydalanishning huquqiy rejimi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida chiqaradigan O‘zbekiston Respublikasining hujjatlarida va me’yoriy hujjatlarida, axborotlashtirish sohasidagi munosabatlar qatnashchilarining shartnoma va bitimlarida belgilab qo‘yiladi.
Axborotlardan foydalanuvchilar toifasi va axborotlarni qo‘riqlash tartibi mazkur Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlovchi boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |