Axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja: San`at, sport va ma`naviy hayot
Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 minutdan keyin axborotning 60 foizi, kun oxiriga kelib 40 foizi
Download 303.73 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu ma\'ruza Axborotni jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuter virusi
Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 minutdan keyin axborotning 60 foizi, kun oxiriga kelib 40 foizi,
hafta oxiriga kelib bor yo‘g‘i 10 foizi esda qoladi. SHundan kelib chiqib, ijtimoiy fikrga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan, turli g‘oyaviy mazmun bilan sug‘orilgan axborotlarni vaqtivaqti bilan takrorlab turishga ham alohida e’tibor berilayotganini ta’kidlash zarur. 1 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T. O`zbekiston n. 2016 yil 16 bet OAV odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. OAVning bugungi kundagi rivoji g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi. Shuningdek, mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o‘yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o‘yinlarda esa o‘yin qahramoni o‘z maqsadiga yetishish uchun shunday zo‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‘yinlarda ana shu zo‘ravonlik va yovuzlikning o‘zi bosh maqsad hisoblanadi. Diniy ekstremistlar va terrorchilarning internetdagi saytlarida tashkilotning maqsadi, tarixi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy mazmundagi ma’lumotlarga keng o‘rin beriladi. Jumladan, terrorchilar kuch ishlatish yo‘liga o‘tishga go‘yoki majbur bo‘lganlarini asoslashga, terror va qo‘poruvchilik harakatlarini ma’naviy va axloqiy jihatdan oqlashga intilishadi, Bunda o‘zlarini “ozodlik kurashchilari”, “partizanlar”, “qarshilik ko‘rsatuvchilar” deb atagan holda tinchlik tarafdori qilib ko‘rsatishga va ular bilan kurashda hukumat tinch yo‘l bilan harakat qilish lozimligini asoslashga intilish keng tarqalgan. Ular o‘z saytlarida hukumat tarafidan qo‘llanilayotgan usullarning “vahshiyligini” yoritishga ham alohida e’tibor beradilar. Tezkor axborotlar, yangiliklarning bir vaqtning o‘zida bir necha tilda va terrorchilar uchun foydali bo‘lgan yo‘nalishda berib borilishi, ularning faoliyatni oqlovchi, “qahramonligini” kuylovchi qo‘shiqlar, kliplar berilishi bunday saytlarning mafkuraviy hamda emotsional ta’sir quvvatini oshirishga xizmat qiladi. Ko‘pgina mamlakatlar axborot sohasida ustuvorlikni ta’minlashni strategik maqsadlarga erishish, milliy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashning asosiy yo‘llaridan biri sifatida e’tirof etmoqdalar. 1991 yilda respublikamizda bor-yo‘g‘i 1 ta teleradiokompaniya mavjud edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakatimizda 70 dan ziyod teleradio studiya, 29 ta kabel televideniesi faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston matbuotining 40 foizdan ortig‘i nodavlat nashrlaridir. Jami 612 ta gazetadan 11 tasi, 165 jurnaldan 2 tasi xususiy sektorga tegishlidir. Yoshlarmizni AKT va internet tarmog‘idagi salbiy mazmunga ega axborotlardan himoya qilish, ularda Internet taqdim etadigan axborotdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ko‘zlovchi, xalqimiz tarixi, urf-odatlarini qadrlovchi, milliy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy yetuk inson bo‘lib, kamol topishi, barkamol shaxs sifatida tarbiyalanishida axborot muhitidagi salbiy ta’sirlar hamda tahdidlardan asrash, shuningdek, tarmoqdan ayrim xorijiy axborot oqimi orqali kirib kelayotgan yovuz niyatli g‘oyalarning oldini olish va ta’sir kuchini kamaytirish, axborotdan xavfsiz foydalanishlarini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylangan. O‘zbek va rus tillarida taqdim etilgan «Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma» voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallab, tayyorlangan bo‘lib, bolalarni Internet tarmog‘idagi xavf-xatarlardan asrash va ularning axborot xavfsizligi me’yorlariga rioya qilishlari bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan. Jumladan, qo‘llanmada voyaga yetmaganlar 3 toifaga (7 yoshdan 10 yoshgacha, 10 yoshdan 13 yoshgacha, 13 yoshdan 16 yoshgacha) bo‘linib, ularga va ularning ota- onalariga bir-biridan alohida tarzda takliflar va tavsiyalar berilgan. Internet bolalar tarbiyasida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Chunki, bola tarbiyaga oid xulq-atvor ko‘nikmasi, hayot tamoyillari, fikrlash va olam manzarasini ko‘proq aynan Internet yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega. Ayrim ota-onalar farzandining kompyuter qarshisida bo‘lgan vaqtida hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, deb o‘ylaydi. Biroq virtual olamda ham ularni muayyan xavf-xatarlar va tahdidlar kutib turgan bo‘lishi mumkin. Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tahlikali sharoitlarda qay tarzda o‘zini muhofaza qilish, xavf-xatarlar va tahdidlardan himoyalanish mumkinligini anglash uchun murakkab bo‘lmagan qoida va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, Internetda ishlash paytida ularni esda tutish va e’tibor qaratish so‘raladi. XAVF-XATARLAR — ularning tarmoqda uchta asosiy turi mavjud: Kontent xavfi — yosh avlodning axloqiy va ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi (matnlar, tasvirlar, audio, videofayllar, havolalar) noqonuniy, axloqsiz va zararli bo‘lgan turli axborotlarning (zo‘ravonlik, yovuzlik, hayosizlik, odob-axloq me’yorlariga zid so‘zlashuv, irqiy, diniy va millatlararo nizolarni keltirib chiqaruvchi, terrorizm va diniy ekstremizm, narkotik va psixotrop moddalar targ‘iboti, joniga qasb qilish, taqiqlangan o‘yinlar) Internet tarmog‘ida doim mavjud. Kommunikatsion xavf — Internet tarmog‘ida noma’lum (yaxshi tanish bo‘lmagan) shaxslar bilan muloqot jarayonida paydo bo‘ladi. Tarmoqdagi anonimlik va javobgarlikka tortilmaslikni anglash hissi ko‘p foydalanuvchilar tomonidan xaqorat, qo‘rqitish, kiberbulling, xiralik hamda shantaj qilish kabi holatlarga yo‘l ochadi. Texnik xavf — zararli dasturlardan foydalanib (virus, bot, ayg‘oqchi dasturlar), dasturiy mahsulotlarga zarar yetkazish, maxfiy va shaxsiy axborotlar yoki shaxsga oid ma’lumotlarni o‘g‘irlash, kiberfiribgarlik. TAHDIDLAR — mutaxassislar tomonidan umumjahon «o‘rgimchak to‘ri»da bolalar duch keladigan va ularning ruhiyatiga so‘zsiz salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan tahdidlarning asosiy turlari tasniflanib berildi. 1. Mazmunan zo‘ravonlik, yovuzlik, hayosizlik, axloqsizlik, Internetdagi qimor o‘yinlar, narkotik moddalar to‘g‘risida axborot, huquqbuzarlik, irqiy nafratlanishga oid sayt va materiallarga (foto, video, audio va bosma materiallar) oson kira olish imkoniyati. 2. Notanish kishilar bilan elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar va turli shubhali forumlar vositasida muloqotlar qilish, turli yozishmalarni amalga oshirish. 3. Bolalar Internetdan foydalanganda duch kelishi mumkin bo‘lgan holatlar, ya’ni nazorat qilinmaydigan jarayon Internet orqali xarid qilish va onlayn o‘yinlarda nazoratsiz vaqt o‘tkazish. TAHLIKALAR — axborot xavfsizligi ekspertlari tomonidan 5 ta asosiy tahlika tasnifi belgilab berildi. Agarda ularga befarqlik bilan qaralsa, bolalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kompyuter virusi — zararli dastur turi bo‘lib, o‘zining nusxalarini yarata oladi va boshqa dasturlar kodiga kirib, turli aloqa kanallari orqali o‘zining nusxalarini tarqata oladi. Virusning maqsadi — kompyuterni ishdan chiqarish, fayllarni o‘chirish, foydalanuvchi ishini to‘sish va h.k. Download 303.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling