Axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja: San`at, sport va ma`naviy hayot


Download 303.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana23.03.2023
Hajmi303.73 Kb.
#1288798
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu ma\'ruza Axborotni jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati



AXBOROTNI JAMIYATDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI. 
Reja:  
1. San`at, sport va ma`naviy hayot.  
2. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati.  
3. Axborotning ijtimoiy qatlamga ta`siri.  
  
Globallashuv jarayonlarida axborotga bo'lgan talablarning oshishi ko'plab mamlakatlarning,
insonlarning o'z manfaatlarini amalga oshirish yo'lida "axborot xuruji"ni qurol qilib olishga zamin
yaratdi. Bugungi kunda hayot sur'atlarining jadallik bilan rivojlanishi xalqaro maydonda
davlatlarga, xalqlarga, millatlarga hamda boshqa xalqaro huquq sub'yektlariga erkin hamkorlik
qilish imkonini bermoqda. Ammo, hayot sur'atlarining jadallik bilan rivojlanishining salbiy jihatlari
vaqt o'tgani sayin tobora ko'zga tashlanmoqda. Mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan e'tibor
kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ularning bekor qolishi natijasida, ongida bo'shliq hoisil
bo'lmasligi, dunyoda bo'layotgan o'zgarishlarni o'zining mustaqil fikri bilan tahlil eta olishi, zararli
illatlardan holi sog'lom turmush tarzini shakllantirish uchun Yurtboshimiz rahnomoligida
yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga doir chora tadbirlar, davlat dasturlari amalga
oshirilmoqda. Bu g'amxo'rliklarga javoban biz ham imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yurtimiz
kelajagi, xalqimizning ertangi faravonligi yo'lida o'z xissamizni qo'sha oladigan yetuk kadr
bo'ishimiz lozim.  Global miqyosdagi ijtimoiy va madaniy-ma’naviy maydon shakllanayotgani
madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo aloqalarning mustahkamlanishiga yo‘l ochmoqda.
Bu holatlarni oldini olishning eng asosiy vazifalaridan biri “...hurmatli domlalarimiz va professor 
o`qituvchilarning eng muhim vazifasi- yosh avlodga puxta ta`lim berish, ularni jismoniy va 
ma`naviy yetuk insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir”
1
Ular iloji boricha, yoshlar ongida asrlar 
davomida shakllanib kelgan milliy qadriyatlarga nisbatan bepisandlik, hurmatsizlik kayfiyatini 
uyg`otib, o`z mafkurasi va g`oyasini singdirishga intilmoqdalar. Mazkur globallashuv sharoitida 
yoshlar diniy ma’rifatini ijtimoiy-madaniy omillari va intellektual vositalari, O’zbekiston 
yoshlarining diniy ma’rifat tuyg’usi va uning ijtimoiy madaniy hayotni yuksaltirishdagi ahamiyati 
hamda yoshlar ongida diniy bag’rikenglik g’oyalarini rivojlantirishning samarali yo’llari va usullari 
o’rni ochib berildi. Hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlardagi siyosatshunos, huquqshunos, sotsiolog
faylasuf olimlarning diqqat markazida turgan fuqarolik jamiyati muammosi O’zbekiston uchun 
alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, erkin demokratik 
jamiyat qurish imkoniyatiga ega bo’ldi. Yangi jamiyatni xalqimizning mintalitetiga, milliy-ma’naviy 
xususiyatlariga mos, ming yillar davomida shakllantirilgan qadriyatlarimizga asoslanibgina 
qurishimiz mumkin edi. Demak, o’tmish merosni tiklash, milliy-ma’naviy boyliklarimizni o’rganish 
asosida xalqimiz ma’naviyatini yangilash zarur edi. Barchamizga ma’lumki, din va mafkura azal-
azaldan jamiyat hayotini, odamlarga munosabatlarni muayyan tartibga soluvchi omil vazifasini o’tab 
kelgan. Ma’naviy merosimiz sarchashmalaridan biri bo’lgan islom diniga hurmat tuyg’ulari qayta 
tiklandi, bu qadriyatni yoshlar ma’naviyati va tarbiyasi, axloqi va kishilarimizda yangi tafakkur 
tarzini shakllantirishdagi o’rni va ahamiyati alohida e’tirof etildi. OAV esa, kishilarga o‘zining 
individual tajribasi doirasidan chiqishga va keng qamrovli jarayonlar mohiyatini his qilishga yordam 
beradi.

Download 303.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling