Axloq falsafasi (etika)


Download 448.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/40
Sana31.01.2024
Hajmi448.18 Kb.
#1828455
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Falsafa 6 mavzu

ESTRADA. Qadimda estrada bilan Sirk yaxlit bir san’at turi hisoblangan. XIX asrga kelib
estrada Sirkdan mustaqil tarzda faoliyat ko’rsata boshlagan. O’zbekistonda u Qo’qon xonligida 
XIX asr boshlarida tashkil etilgan keyinchalik «qiziqchilar» teatri deb atalgan.
15
Umuman 
olganda, u an’anaviy san’atlar ichida nisbatan yangisi va ba’zi jihatlari bilan zamonaviy – 
texnikaviy san’at turlariga ma’lum ma’noda yaqinligi bor (estrada musiqasining zamonaviyligi, 
elektron asboblar ijrosi v.h.). 
San’at turi sifatida estrada omuxtalik tabiatiga ega, unda teatr, musiqa, Sirk, askiya unsurlari 
yaqqol ko’zga tashlanadi. M., drama va komediyaning, kichik shakllari, intermediyalar, 
akrobotika, pontomima, janglyorlik, qo’shiq, badiiy o’qish v.b. janrlar muvafaqiyatli ijro etiladi. 
Unda zamonaviy muammolarning ko’ngil ochish usullari va kulgi vositasida ifodasini, xilma-xil 
tanqid yo’llarini ko’rish mumkin. Falsafiylik, ijtimoiy-siyosiy mavzular, estradada qisqa, lo’nda, 
qiziqarlili tarzda ochib beriladi. Estrada, sahnaviy san’at bo’lsa-da, teatrdan aynan ana shu 
«engilligi», «ko’ptomonlamaligi» bilan farq qiladi. Mashhur rus estrada aktyori E.Petrosyan shuni 
nazarda tutgan holda, bu san’at turini «san’atdagi jurnalistika» deb ataydi. 
ZAMONAVIY SAN’AT TURLARI 
Texnikaviy yutuqlar asosida vujudga kelgan zamonaviy san’at turlari insonning har qanday 
qulay sharoitdan yangi san’at turi yoki asarlarini yaratish uchun foydalanishini ko’rsatadi, 
insondagi san’atga bo’lgan azaliy va abadiy intilishidan dalolat beradi. Bir paytlar, o’ta rastional, 
san’at bilan sig’ishmaydigan, qo’pol deb hisoblangan texnikadan hozirgi paytda inson ildizi 
norastionallikka borib taqaladigan badiiy qiyofa yaratish uchun foydalanmoqda. SHuning natijasi 
o’laroq, keyingi bir yarim asr ichida bir necha zamonaviy (texnikaviy) san’at turlari paydo bo’ldi 
va rivojlandi. Endi shularni qisqacha ko’rib o’tamiz. 

Download 448.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling