Axloq falsafasi (etika)


XALQCHILLIK tamoyili ham san’atning mavjudlik shartlaridan biri


Download 448.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/40
Sana31.01.2024
Hajmi448.18 Kb.
#1828455
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Bog'liq
Falsafa 6 mavzu

XALQCHILLIK tamoyili ham san’atning mavjudlik shartlaridan biri. San’at asari xalq 
uchun yaratiladi. Lekin xalq degani, bu – aholi emas, aholining fikrlaydigan, milliy qadriyatlarga 
befarq qaramaydigan, tinglay olish, tomosha qila bilish va o’qish qobiliyatiga ega qismi. Asardagi 
xalqchillik ana shu ko’pchilikning shodligu qayg’usini, dardlarini, intilishlarini, muammolarini 
qay darajada tushunarli tarzda ifodalay olishi bilan belgilanadi. Xaqiqiy san’at asari «qoralar» 
(omma) uchun ham, «saralar» (elita) uchun ham yaratilmaydi, tabaqaviylik, mahalliychilik, 
millatchilik singari salbiy yo’nalmalardan yiroq bo’ladi, boshqacha qilib aytganda, podsholar 
haqidagi asarni – fuqarolar, fuqarolar haqidagi asarni - podsholar tushunganida, unday asarni 
xalqchil deyish mumkin. M., Navoiyning «Farhod va Shirin», «Sab’ai sayyor» dostonlari 
podsholaru malikalar haqida, lekin xalqqa tushunarli. Chunki ular xalqning vakillari sifatida badiiy 
qiyofaga ega qahramonlardir. Xalqchillikda muhimi – san’atkor tomonidan xalq ruhini anglay 
bilish va uni in’ikos ettira olish, millatni millat qilgan qadriyatlar mohiyatini badiiy qiyofalar 
orqali aks ettirish. Xalqchillik tamoyilining yana bir muhim jihati shuki, san’at asari u – tarixiymi, 
zamonaviymi, – xalqning orzu-ideallarini ifodalashi, ya’ni kechani yoki bugunni emas, ertani 
kuylashi lozim, xalqdan ortda qolmasligi, u bilan yonma-yon ham turmasligi, balki undan va 
zamondan bir qadam oldin yurishi kerak. 
SAN’AT XILLARI VA TURLARI 
San’at an’anaviy tarzda uch xilga bo’lib kelinadi: 1) epos; 2) lirika; 3) drama. 
«EPOS» atamasi qadimgi yunonchadan olingan bo’lib, so’z, hikoyaqissa ma’nolarini 
anglatadi. Unda muallifning o’zi aralashmagan holda voqeanavislik qilishi, ya’ni ijodkor-
sub’ektdan voqelik-ob’ekt alohidalik tabiatiga egaligi eng muhim belgi hisoblanadi. U dastlab 
badiiy adabiyot doirasida qo’llanilgani uchun hozir ham ba’zilar uni faqat og’zaki va yozma 
adabiyot namunalariga nisbatan tadbiq etishga urinadilar. Bunga qo’shilib bo’lmaydi. Chunki 


san’at turlari ravnaq topib borishi natijasida hozir eposni epiklik ma’nosida qo’llash, boshqa san’at 
turlariga ham nisbat berish mumkin. Endilikda faqat Homerning «Iliada»si, «Alpomish», 
«Kalevala» dostonlarigina, roman janrining vujudga kelishi bilan, L.Tolstoyning «Urush va 
tinchlik», Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» romanlari singari asarlar ham san’atning epos 
xiliga kiradi. Bugina emas, keyingi paytlarda rangtasvir, musiqa v.b. san’at turlariga ham eposni 
tadbiq etish mumkin bo’lib qoldi. M., Rixard Vagnerning «Nibelunglar uzugi» operasini, Bahodir 
Jalolovning panno-polotnolarini, xalq qahramonligiga bag’ishlagan haykaltaroshlik majmularini 
v.b. shu kabi miqyosli asarlarni misol qilib keltirish mumkin. 
LIRIKA eposdan ko’pincha qat’iy syujet chiziqlariga ega emasligi, voqelikni ob’ektda 
emas, sub’ektda berilishi, bevosita muallifning «aralashuvi» bilan shartlanganligi tufayli ajralib 
turadi. Ayni paytda ko’lam nuqtai nazaridan ham uni farqlash mumkin; lirikadagi voqelik 
muallifning hissiyotlari prizmasidan o’tib, idrok etuvchiga etib boradi; unda hajm eposdagidek 
katta ham bo’lishi mumkin, lekin miqyos, ko’lam sub’ektlashtirilgan ob’ekt tarzida, sub’ektning 
bir qismi sifatida nisbatan torayadi va kichrayadi. Lekin idrok etuvchi dunyosini eposdagidan kam 
boyitmaydi, voqeiylikning kambag’allashuvi hissiyotlarning mo’lligi orqali o’z rasamadini topadi. 
Xullas, eposda muallif idrok etuvchini olisdan kuzatib borsa, lirikada u bilan yonma-yon 
«suhbatlashib» boradi. Shuning uchun muallifni odatda «lirik qahramon» deb ataydilar. Lekin lirik 
qahramonni muallif «men»i bilan hamma vaqt ham aynanlashtirish maqsadga muvofiq emas. Bu 
«men» umuman inson, m., u yo kosib, yo qari, yoki yosh, yo o’tkinchi, yo bevafo sevgilisini 
o’ldirgan kishi v.h. Muallif esa, aslida ularning birortasi ham emas, butunlay boshqa odam bo’lishi 
mumkin. Bu erda «men»ning kimligi masalani hal qilmaydi, balki uning idrok etuvchiga beradiga 
lirik kayfiyati muhim. Zero lirikaning asosiy vazifasi aynan ana shu. Mohiyatan lirik kayfiyat 
bag’ishlashga qaratilgan asarlarni biz faqat she’riyatda, badiiy adabiyotda emas, san’atning 
rangtasvir, qo’shiqchilik, musiqa kabi turlarida ham uchratamiz. Ya’ni, lirikani yaratishda so’zdan 
tashqari rang, ohang, ovoz singari badiiy asar «tillari»ning ishtiroq etishini e’tirof qilmoq lozim. 

Download 448.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling