Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
Download 1.55 Mb.
|
Falsafa (AXMЕDOVA M.A.). doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- ONGNING ShAKLLARI VA FUNKSIYaLARI 1-§. Ongning shakllari
- 2-§. Ongning funksiyalari
- . BILISh FALSAFASI (GNOSeOLOGIYa) 1-bob. BILISh IMKONIYaTLARI - GNOSeOLOGIYa MUAMMOSI SIFATIDA
- BILISh ShAKLLARI 1-§. Xissiy bilish
2-§. Ong va ongosti Ongdan tashqari, odamning xatti-harakatiga, uning butun ruhiy olamiga g‘ayrishuuriy jihatlar va ongosti katta ta'sir qiladi. Shu ikki komponent - ong va ongosti - bir-biriga kuchli ta'sir o‘tkazadi, ular ajralmasdir va, ifodali qilib aytganda, qattiq o‘zaro nazorat va ta'sir ostida bo‘ladi. Hozirgi ilmiy tasavvurlarga ko‘ra, odamning ongi borib yetmagan, anglab olinmagan psixik faoliyati shunday sezgilar, idroklar va tasavvurlarni o‘z ichiga oladiki, ba'zan ularga odamning aqli yetmaydi, odam ob'ektga qaraydi-yu, uni ko‘rmaydi, payqamaydi, eshitadi-yu, eshitganini idrok etmaydi. Ongosti sohasi ruhiy borliqning tush, gipnoz holati, anglab olinmagan istak, sub'ektning hayotidagi noxush voqyea arafasida oldindan his qilingan qo‘rquv kabi shakllarini qamrab oladi. Ongostida shaxsning hayotidagi juda ko‘p hajmdagi axborotlar, uning individual turmush tajribasi o‘rnashib, yig‘ilib qoladi. Inson tomonidan avtomatik, instinktiv tarzda sodir etiladigan, himoya mexanizmi rolini bajaradigan va miyani doimiy zo‘riqishdan himoya qiladigan ko‘pgina harakatlar ongosti tomonidan nazorat qilinadi va boshqariladi. G‘ayrishuuriylik, bu - ham hayotiy yo‘l-yo‘riq, ham odamning odatidir, nihoyat, bu intuitsiyadir – miyaning o‘rtada turgan vazifalarni ilgari olingan va xotirada saqlanayotgan ma'lumotlar asosida hal qilish bo‘yicha anglanmagan, g‘ayrimantiqiy ishining natijasidir. Ongostini falsafiy va psixik analiz qilishga Zigmund Freyd, Karl Yung, Erix Fromm katta e'tibor berdilar. Masalan, Freyd nazariyasi ongostini kishilar xatti-harakatining, ular axloqi, san'ati va butun ma'naviy madaniyatining asosi, bosh omili deb biladi. K.Yung «individual ongsizlik» tushunchasi bilan bir qatorda «kollektiv ongsizlik» tushunchasini ham ilmiy muomalaga kiritdi; uning nuqtai nazaricha, ongosti nafaqat ong doirasidan siqib chiqarilgan sub'ektivlik va individuallikni, balki, eng avvalo, ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladigan va Yung konsepsiyasida arxetiplar deb atalgan kollektiv va shaxssiz psixologik mazmunni ham o‘z ichiga oladi. Individual ongsizlik bilan kollektiv ongsizlikning o‘zaro aloqasidan foydalangan E.Fromm sub'ektning individual psixikasi bilan jamiyatning sotsial tuzilishi o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in, vosita sifatida «sotsial xarakter» tushunchasini kiritadi, ongostining hozirgi zamondagi iste'molchilar jamiyatining qiymatiy, aksiologik rejalariga ta'sirini o‘rganadi.
Kishining yoki kishilar guruhining fikri ularning u yoki bu masala bo‘yicha nuqtai nazarlarini bildiradi va sub'ektning hayot yo‘liga, dunyoni his qilishga, dunyoqarashiga asoslangan, u ayrim shaxslarning individual tajribasi va butun sotsiumning kollektiv tajribasi bilan, shuningdek insonning va insoniyatning xotirasi bilan uzviy bog‘liqdir. Kishilar katta guruhlarining, butun ijtimoiy qatlamlarning ommaviy ongida ijtimoiy fikr mavjud bo‘lib, u jamiyat ehtiyojlariga va manfaatlariga oid jamiyat hayotining faktlari, voqyealari va hodisalariga nisbatan ijtimoiy munosabatni bildiradi. Ongning boshqa bir epistemik shakli shubhadir. U shunday ma'lumotlarni, axborotlarni o‘z ichiga oladiki, ularning haqiqiyligi, ishonchliligi va foydaliligiga sub'ekt oxirigacha ishonmaydi, unda shu ma'lumotlar to‘g‘risida qat'iy fikr va bilim bo‘lmaydi. Shubha eski bilimdan yangisiga o‘tishda muhim ahamiyatga ega. Falsafiy fikr tarixida shubha bir necha bor ongli metodologik usul sifatida qurol qilib olingan (antik skeptitsizm, Dekartning universal shubha prinsipi, hozirgi zamon relyativizmi). Shubhaga qarama-qarshi o‘laroq, e'tiqod ongning shunday shakliki, uni sub'ekt to‘g‘ri, haqiqiy, ishonchli va mantiqan ziddiyatli emas deb biladi. Shaxsning sub'ektiv e'tiqodi negizida quyidagi sabablar yotadi: muayyan ma'lumotlar, axborotlar va faktlarni isbotsiz, aksiomatik tarzda ishonchli deb qabul qilish hamda hamma tomonidan e'tirof etilgan fikrlarni va obro‘li, hurmatli shaxslarning fikrlarini tanqid va tahlilsiz qabul qilish. Faktlar, kuzatuv va turmush tajribasining ma'lumotlari, ilmiy nazariyalar va qonunlar, mantiqiy dalillar, amalda va fanda sinab ko‘rilgan qoidalar ob'ektiv e'tiqodning asosi hisoblanadi. Faqat sub'ektning o‘zi tomonidan chuqur anglab olingan, botinan qayta ishlangan, o‘zlashtirib olingan bilimgina uning haqiqiy va mustahkam e'tiqodiga aylanadi. Ongning fikr, e'tiqod va shubhani o‘zida birlashtiruvchi, sintez qiluvchi shakli bilimdir. Bilim dunyoning sub'ektga ma'lum bo‘lgan, uning tomonidan o‘rganilgan va bilib olingan ob'ektiv xossalari va aloqalarining ideal ifodasidir. Yangi zamon fani va falsafasidan oldindan darak bergan o‘rta asr ingliz mutafakkiri Rodjer Bekon «Bilim - kuchdir» degan ajoyib hikmatni ta'riflab berdi. Darhaqiqat, haqiqiy, aniq bilim - bu inson amaliyotining kvintessensiyasi, mag‘izidir, insoniyatning ko‘p asrlik taraqqiyot tarixi davomida to‘plagan kollektiv tajribasidir. Bilimning absolyut va nisbiy tomonlari bo‘ladi. Bilimning nisbiy tomoni haqida Bertran Rassel bunday deb yozgan edi: «Har qanday bilim muayyan darajada shubhalidir va biz shubhalilikning qanday darajasida uning bilim bo‘lmay qolishini ayta olmaymiz»317. Ishonch ongning bilimga qarama-qarshi tomonidir. Bilim odamga ishonch bag‘ishlaydi, uni e'tiqodli qiladi, ishonch esa, garchi bilimning ko‘rinishi bo‘lmasa-da, e'tiqodning oliy darajasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ishonch inson uchun chuqur shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lib, uning aytilgan fikrlarning, shu jumladan ob'ektiv dalillarga asoslanmagan fikrlarning, to‘g‘riligiga ishonchi komilligini bildiradi. Ishonch bilan bilim o‘rtasida chuqur prinsipial farq bor. Agar ishonchda urg‘u odamning sub'ektiv ishonchiga berilsa, bilimda ob'ektivlik, haqiqiylik va ishonchlilik birinchi o‘ringa chiqadi. Shu bilan birga bilimda ham ishonch elementi bor: hozirgi zamondagi postindustrial jamiyatda ilmiy bilimlar obro‘si shu qadar kattaki, ularga amalda butun insoniyat shak-shubhasiz ishonadi. Fanning yuksak obro‘si, uning ko‘pdan-ko‘p natijalarining kundalik hayotga joriy etilishi ana shunday ishonch negizi bo‘lib xizmat qiladi. Ayni vaqtda ishonch darajasida bilimlar dogmalashtirilib, jonsizlantirib qo‘yiladi va shunda ishonchga tayanish konservativ asosga, shaxs ijodi va bilishining to‘sig‘iga aylanadi.
Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi quyidagi uch jihatning uzviy birligidir: odamning o‘zining boshqa odamlarga o‘xshashligi va ulardan farq qilishini anglashi; o‘zining boshqa moddiy tabiiy va ijtimoiy ob'ektlar bilan o‘xshashligi va ulardan farq qilishini anglashi va, nihoyat, shu anglash asosida hayotiy faoliyat sub'ekti sifatida o‘z bahosini anglashi. O‘z-o‘zini anglashning asosiy elementlari o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini kuzatish, o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini baholashdir. O‘z-o‘zini anglash yordamida odam o‘zini sub'ekt sifatida anglaydi va baholaydi, o‘zining boshqa kishilardan farqi va ularga o‘xshashligini anglaydi, o‘zining bir butun mikrokosm sifatidagi «men»ini uning unikal individualligi va betakrorligida, bu mikrokosmning tashqi dunyo bilan munosabatida anglab oladi. Insonning o‘z-o‘zini anglashi orqali ong odamning dunyoga, undagi anglangan borliqqa faol munosabat funksiyasini bajaradi, shuningdek odam faraz qilingan vaziyatda o‘zining kelgusi harakatlarining dastlabki rejasini tuzganida va kelgusida bu harakatlarning ehtimol tutilgan natijalari va oqibatlarini oldindan ko‘rganida ong maqsadni ko‘zlash funksiyasini amalga oshiradi. O‘z-o‘zini anglash yordamida, shuningdek, ongning boshqaruvchilik funksiyasi tartibga solib turiladi, zero odamning anglangan faoliyati shaxsning o‘z-o‘zini boshqarishi hamda o‘zining xatti-harakati, qurshab turgan dunyoga va boshqa kishilarga munosabati ustidan nazorati bilan uzviy bog‘liqdir. O‘z-o‘zini anglash, bu – o‘z mohiyatini, odam borlig‘ining maqsadi va ma'nosini tushunishga intilgan ongning faol ravishda, muayyan maqsadda o‘z-o‘ziga yo‘nalishidir, o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlarini amalga oshirish imkoniyatidir, boshqacha aytganda, shaxsning o‘z ko‘zi oldida va butun jamiyat ko‘zi oldida o‘z-o‘zini aktuallashtirish imkoniyatidir. Odam ongining boshqa bir muhim funksiyasi tushunish funksiyasidir. Asosiy tushunish funksiyasi individning tabiiy va ijtimoiy muhitda ongli ravishda harakat qilishi va yo‘l tutishini ta'minlash bilan bog‘liqdir. Har qanday tushunish - qandaydir tushunmovchilikni bartaraf etish jarayonidir, ya'ni tushunish voqyelikning biron-bir hodisasini anglab olish jarayonidir Shu anglab olish asosida mazkur hodisa ahamiyati fahmlab olinadi va u inson tomonidan o‘zlashtiriladi. Tushunish bu – sub'ektning o‘z dunyoqarashi, dunyoni his qilishi, o‘z hayot yo‘lini shaxsan bilishi asosida sub'ekt hayotiy tajribasining haqiqiy aktuallashuvidir. Tushunishni o‘rganish germenevtika predmetiga aylandi. Uning asoschisi XVIII asrning oxiri - XIX asrning boshida yashab o‘tgan teolog va filolog F.Shleyermaxerdir. Uning fikricha, germenevtikaning asosiy vazifasi klassik tarixiy matnlarni tushunish va ularni to‘g‘ri o‘qish asosida o‘tgan zamonlardagi odamlarning ma'naviy dunyosini bilib olishdir. Bunday bilib olish alohida sezgi - empatiya yordamida, ya'ni biluvchi sub'ektning qadimgi kishilar yashagan sharoitni chuqur o‘rganishi, his etishi va anglashi yordamida sodir bo‘ladi. Hozirgi vaqtda falsafiy germenevtika hal etayotgan vazifalar doirasi kengaydi; germenevtik yondashuv sub'ektning anglash va tushunish jarayonidagi faol rolini ta'kidlaydi. Nemis filosoflari V.Diltey, M.Xaydegger, X.G.Gadamer, fransuz filosofi P.Riker hozirgi zamon germenevtikasining rivojlanishiga o‘z xissalarini qo‘shdilar. Odamning odamni tushunish jarayoni o‘zaro munosabat bilan uzviy bog‘liqdir, tushunishning o‘zi hamisha shaxslar o‘rtasidagi dialog natijasidir, shu bilan birga shaxsning o‘z-o‘zi bilan ichki dialogi bunda tez-tez bo‘lib turadigan va amalda muhim hodisadir. Tushunish asosan jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida jamiyatda mavjud bilimlarning xarakteri bilan belgilanadi. Tushunish ilgarigi mavjud bilim, mantiqiy fikrlash madaniyati, avvalgi ijtimoiy tajriba mahsulidir. Mavjud axborotlar majmui doirasida yangi fakt, yangi axborot, yangi bilim izohlanadi, ya'ni muayyan tarzda tushunib olinadi. Bunda yangini tushunishga noma'lumni ma'lum orqali qisman izohlash yo‘li bilan erishiladi. Insonning tushunish layoqati uzoq taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tgan. Birinchi bosqich «amaliy tushunish» bosqichi bo‘lgan; ibtidoiy odam shu bosqichda yashagan, uning amaliy hayotiy faoliyati uning uchun tushunish manbai bo‘lgan. So‘ngra tushunishning sehrgarlik (magiya) kabi o‘ziga xos shakli - biluvchi tafakkurning o‘ziga xos refleksiyasi, «amaliy tushunishni» anglash, u haqda o‘ziga xos o‘ylash paydo bo‘lgan. Faqat antik davrdan e'tiboran yig‘ilgan bilimlar, mahoratlar, malaka va texnologiyalar majmui ustidan refleksiya sifatida «nazariy tushunish» shakllana boshlagan. Ongning yana bir funksiyasi ijodiy funksiya bo‘lib, u maqsad qo‘yishda, prognozlashda, kishi harakatlarining kutilayotgan natijalarini oldindan ko‘rishda ongning faolligini nazarda tutadi. Ongning ijodiy faolligi konstruktiv-o‘zgartiruvchi faoliyat bilan, yangini yaratish bilan uzviy bog‘liqdir. Ijodiyot - insoniyatning tabiiy resurslarni ongli ravishda o‘zlashtirishi, shuningdek inson qobiliyatining rivojlanishi natijasida yangi moddiy va ma'naviy qadriyatlar yaratish jarayonidir. Ijodiy o‘zlashtirishda sub'ekt ongining faolligi uzoq izlanishlarni, chekinishlarni, topilmalarni, ko‘pincha esa xato va yanglishuvlarni, sub'ekt ijodining natijasi bo‘lgan yangini kashf etishni nazarda tutadi. Ijod yordamida odam o‘z ongida saqlanayotgan rejalarni, niyatlarini, loyihalarini amalga oshiradi, ularni voqyelikning real predmetlari va hodisalarida moddiylashtiradi. O‘z oldida turgan vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashish - inson ruhining, intellektining oliy ko‘rinishidir. Ijodiy faollik elementlari oliy hayvonlar - maymunlar, delfinlar va itlarda ham mavjud, lekin faqat insongina o‘zining atrofdagi voqyelikni o‘zlashtirishi, o‘rganishi va o‘zgartirishida ongli ravishda ijodiyotga tayanadi. Prognozlash, faraz qilish, mavjud, ammo yetarli bo‘lmagan axborotni to‘laroq o‘ylab, fikrlab ko‘rish ham inson aqlining ijodiy faolligi namoyon bo‘lishidir. VI Bo‘lim. BILISh FALSAFASI (GNOSeOLOGIYa) 1-bob. BILISh IMKONIYaTLARI - GNOSeOLOGIYa MUAMMOSI SIFATIDA Inson o‘zining bevosita borligini, mavjudligini uni qurshab turgan dunyo bilan doimiy aloqada amalga oshiradi. Dunyoda yashash va optimal moslashish uchun inson, uning aql-idroki va hislari tashqariga, ya'ni dunyoni bilishga qaratilgan. M.Xaydeggerning so‘zlari bilan aytganda «bilish tadqiqot sifatida mavjud narsani hisobotga jalb etadi». Bilish faoliyatiga inson hayoti va faoliyatining zarur elementi deb qaramoq zarur. Bilishning maqsadi va vazifasi turli hodisalarni o‘rganish yo‘li bilan ularning chuqur, turg‘un, belgilovchi tomonlari va qirralarini, ularning mohiyatini ochib, xaqiqatni anglab olishdan iborat. Antik falsafadayoq sofistlar va Sokrat dunyoqarashining asosiy masalasini insonning tabiatga, sub'ektning ob'ektga, tafakkurning borliqqa munosabati masalasi sifatida ilk bor ta'riflab bergan edilar. Yangi zamonda F.Bekon va R.Dekart bilish to‘g‘risidagi ta'limotni boyitib, uni sub'ektning ob'ektga munosabati deb ta'rifladilar. Dekartning so‘zlariga ko‘ra, sub'ekt – bu bilish harakatining sohibi bo‘lgan shaxsdir, fikrlovchi «Men» dir. Ob'ekt – bu sub'ektning bilish faoliyati yo‘naltirilgan narsadir, ya'ni bizni qurshab turgan butun olamdir. Bilish ob'ekti bilish vaziyatida bevosita berilgan emas, u ijtimoiy amaliyotning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi, determinatsiyalanadi. Bilish sub'ekti ham o‘zining bilish faoliyati keng amalga oshiriladigan konkret ijtimoiy-tarixiy vaziyat orqali belgilanadi. Binobarin, bilishning o‘zi ham ijtimoiy tabiatga ega, uni ijtimoiy amaliyot belgilab beradi. Dunyoni bilib bo‘ladimi yoki yo‘qmi, agar bilib bo‘lsa bu bizning ongimizda qanday aks etadi, degan masala hamisha falsafiy fikrni qiziqtirib kelgan. Bilish nazariyasi, yoki gnoseologiya (yunoncha – bilish haqidagi ta'limot) – falsafiy ta'limotlarning ajralmas qismidir. Gnoseologiya sub'ektning bilish faoliyatining prinsiplari, qonuniyatlari, shakllari, bosqichlari va darajalarini, shuningdek, shu prinsip va qonunlardan kelib chiqadigan, haqiqiy bilimga erishilishini ta'minlaydigan talablar va mezonlarni o‘rganadi. Bilish nazariyasi bilish jarayonining oddiy, kundalik darajasini ham, bilishning umumiy ilmiy shakllari va metodlarini ham tadqiq qiladi. Bilish jarayoni, bu – to‘laligicha ratsional, faqat aqlga bo‘ysunuvchi, formal, quruq jarayon emas, chunki u tirik kishilar tomonidan amalga oshiriladi, shu sababli bilish emotsional elementlarni – iroda, niyat, istaklarni o‘z ichiga oladi. Shu munosabat bilan aytish joizki, narsalar, atrofdagi voqyelik hodisalari sub'ektning nazariga tushgan, nimasi bilandir uning diqqatini tortgan, u bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan, uning tomonidan jami boshqa predmetlar va jarayonlardan ajralib olingan taqdirdagina bilish ob'ektiga aylanadi. Shu ma'noda sub'ekt ob'ektni shakllantiradi, shuning uchun ham ob'ektsiz sub'ekt bo‘lmaganidek sub'ektsiz ob'ekt ham bo‘lmaydi, deydilar. Falsafa tarixida vaqti-vaqti bilan dunyo haqida ishonchli bilimlarga erishish mumkinligini shubha ostiga qo‘yuvchi ta'limotlar paydo bo‘lib turgan. Bunday ta'limotning birinchisi eramizdan avvalgi IV asrda paydo bo‘lgan antik skeptitsizmidir. Skeptiklar bilishning mumkinligiga e'tiroz bildirmaganlar, lekin bizning bilimlarimizning ishonchliligini, ularning tashqi dunyo hodisalariga muvofiqligini shubha ostiga qo‘yganlar. Skeptitsizm tarafdorlari ikki qoidadan kelib chiqqanlar. Birinchisi – falsafada tizimni tashkil etuvchi yagona asos yo‘q, ya'ni u o‘z ichida mantiqan ziddiyatlidir. Ikkinchisi – faylasuflar bir-biriga zid keladigan va bab-baravar rad etilishi mumkin bo‘lgan qoidalarni asoslashlari sababli falsafa haqiqatni topa olmaydi. Binobarin, dunyo haqida ishonchli bilimning bo‘lishi mumkin emas. Skeptitsizmning asoschilaridan biri Pirron (eramizdan oldingi taxminan 365-275 yillar) xissiy idrokni ishonchli deb hisoblagan (masalan, agar biron narsa sub'ektga achchiq yoki shirin tuyulsa, shu haqidagi fikr haqiqat bo‘ladi), yanglishuv esa, uningcha sub'ekt bevosita hodisadan mohiyatni, ob'ekt asosini bilishga o‘tmoqchi bo‘lganda paydo bo‘ladi. Uning fikricha, ob'ekt haqidagi har qanday da'voga uning mazmuniga zid bo‘lgan da'voni qarama-qarshi qo‘yish mumkin. Demak skeptik uzil-kesil hukmlardan tiyilib turmog‘i lozim. Sinopalik Diogen va Sekst Empirik shunga o‘xshash g‘oyalarni yoqlab chiqdilar. Ular bilish faoliyatida, shuningdek kundalik hayotda ham sub'ekt o‘z sog‘lom fikriga tayanmog‘i kerak deb hisoblaganlar. O‘rta asrlar davrida skeptitsizm g‘oyalari G‘arbda ham (Per Abelyar), Sharqda ham (al-G‘azzoliy) rivoj topdi. Masalan, Al-G‘azzoliy bunday degan: «Oxirigacha bilishga ojizlik ham bilishdir; kishilarga Uni bilish yo‘lini faqat Uni bilishga ojizlik orqali yaratib bergan Zotga sharaflar bo‘lsin»318. Yangi zamon falsafasida skeptitsizm pozitsiyasini Yum izchilik bilan himoya qilib chiqdi. Yum tashqi dunyoning realligini shubha ostiga oldi. Faqat o‘z sezgilarimizning realligiga shubhalanish mumkin emas, deydi shotlandiyalik bu mutafakkir. Sezgi organlarining bu taassurotlari yo ularga tashqi dunyo ta'siri tufaylik yoki inson aqlining alohida energiyasi tufayli kelib chiqishi mumkin. Bu yerda tajriba sezgilarimizning haqiqiy manbaini aniqlashga ojizdir. Yum dunyoni bilish mumkinligini inkor etibgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, sub'ektning xissiy taassurotlari doirasidan tashqarida biron-bir real narsaning mavjudligi to‘g‘risidagi masalani ochiq qoldirdi. Nemis klassik falsafasining asoschisi I.Kant D.Yum g‘oyalarini tanqidiy jihatdan qayta ishlab chiqdi. Kantning transsendental idealizmi shundan iboratki, u, bir tomondan, bizning ongimizdan mustaqil ravishda «o‘zida narsalar» («vesh v sebe») mavjudligiga shubhalanmagan, ikkinchi tomondan esa, u «o‘zida narsalarni» prinsip jihatidan bilib bo‘lmaydi, deb da'vo qilgan. Narsalarning mohiyatini hyech nima bilan payqab, ilg‘ab bo‘lmaydi. Bilish sub'ekti bo‘lgan odam faqat hodisalar va jarayonlar sirtida yotgan bilan kifoyalanadi, faqat hodisa, «biz uchun narsa» («vesh dlya nas»)bilan ish ko‘radi. «Biz uchun narsa» bizga «o‘zida narsalar» haqida hyech nima demaydi. Dunyo inson uchun «o‘zida narsalar»ning bilib bo‘lmas siri bo‘lib qoladi, shuning uchun bu falsafa agnostitsizm nomini oldi (yunoncha a – inkor, gnostos – bilib bo‘ladigan ) Agnostitsizm – bu shunday ta'limotki, unga ko‘ra dunyo haqida haqiqiy, ishonchli bilimlarga erishib bo‘lmaydi. Agnostitsizm bilishni faqat biluvchi aqlning faoliyati deb biladi. Materialistlar Kantni u «o‘zida narsalarni» e'tirof etgani holda ularni bilib bo‘lmaydi deb e'lon qiladi, deb tanqid qilsalar, idealistlar uni u sub'ektdan tashqarida va unga bog‘lik bo‘lmagan holda allaqanday sirli «o‘zida narsalarni» e'tirof etadi, deb tanqid qiladilar. Agar Kant nazdida «o‘zida narsa»ni mutlaqo bilib bo‘lmasa, hozirgi zamon materialistlari uni hali bilib olinmagan narsadir, lekin bu uni mutlaqo bilib bo‘lmaydi, degan ma'noni bildirmaydi, deb biladilar. Agnostitsizm g‘oyasi XIX-XX asr falsafasida ham rivojlandi. Masalan, nemis fizigi va fiziologi G.Gelmgolsning (1821-1894) «simvollar nazariyasi» yoki «ierogliflar nazariyasi» o‘z mohiyatiga ko‘ra agnostik xarakterda edi. Gelmgols qarashlarining mazmuniga ko‘ra, sub'ektning sezgilari real predmetning obrazi emas, balki simvollar, shartli belgilar, ierogliflardir. U xissiy obrazning uni keltirib chiqargan timsol, «original», real narsa bilan aloqasini, o‘xshashligini inkor etgan. XIX-XX asrlar chegarasida agnostitsizmning yana bir turi – konvensionalizm shakllandi. Konvensionalizm (lotincha konvensio – shartnoma, kelishuv, bitim) – bu falsafiy ta'limot bo‘lib, unga ko‘ra ilmiy nazariyalar va tushunchalar tashqi dunyoning, uning tomonlari va xossalarining real tafsifi emas, balki olimlar o‘rtasidagi kelishuv mahsulidir. Konvensionalizmning eng yirik vakili fransuz matematigi va filosofi Anri Puankaredir (1854-1912). Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va informatsion sivilizatsiya davrida hozirgi zamon gnoseologiyasida shuni hisobga olmoq muhimki, bilish sub'ekti bilan ob'ekt orasida ko‘pincha vositachi pribor, tadqiqot qurilmasi turadi. Bu o‘ziga xos gnoseologik vaziyatni vujudga keltiradi. Pribor ob'ektni adekvat, aynan aks ettirish jarayoniga muayyan uzluksiz va tasodifiy xatolar kiritishi sababli, tadqiqotchi ularga zarur korrelyasiya qilmog‘i lozim. Biroq bu agnostitsizmning tantanasini bildirmaydi, balki bizning bilish usullarimiz, metodlarimiz, vosita va shakllarimiz doimiy takomillashtirilib turishga muhtoj ekanligini ko‘rsatadi. Bizni qurshab turgan dunyoni bilish mumkin, bilish esa – sub'ektning haqiqatni anglash va uni o‘z amaliy, yaratuvchilik, o‘zgartiruvchilik faoliyatida qo‘llash maqsadida tashqi dunyoni ongli ravishda aks ettirishidir. 2-bob. BILISh ShAKLLARI 1-§. Xissiy bilish Har qanday narsani, har qanday predmet yoki hodisani bilish fikr xissiy idrokdan predmetning mohiyati tomon boradigan jarayondir. Xissiy bilim, jonli mushohada insonning qurshab turgan dunyo bilan bevosita aloqasi shaklidir. Xissiy anglash tashqi ta'sir energiyasining ong faktiga aylanishidan boshqa narsa emas. Usiz biz borliqning hyech qanday shakllari haqida hyech nima bila olmaymiz. Biz jonli mushohada yordamida atrofdagi vokelikning turli xossalari va tomonlarini bilib olamiz, lekin birgina xissiy obrazlar bilan ularning mohiyatini anglab ololmaymiz. Bunga sabab, eng avvalo, inson sezgi a'zolarining tabiiy cheklanganligidir. Masalan, odamning ko‘zi elektromagnit to‘lqinlarning butun spektrini to‘lik idrok eta olmaydi, u elektromagnit to‘lqinlar spektrining infraqizil, ultrabinafsha va rentgen qismlarini sezmaydi. Bunday tabiiy cheklanganlik boshqa sezgi a'zolariga ham xosdir. Masalan, odamning qulog‘i tebranish chastotasi 16 dan 20 ming Gs gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlarini qabul qila oladi, yuqori chastotali yoki past chastotali tovush to‘lqinlarini eshitmaydi. Tabiiy sezgi a'zolari bilan idrok etib bo‘lmaydigan hodisalarni maxsus yaratilgan sun'iy organlar orqali, ya'ni mikroskop, radioteleskop, lokator, barometr, Geyger hisoblagichi va boshqa xil priborlar vositasida idrok etish mumkin. Bu priborlar xissiy bilish quvvatini ancha kengaytiradi va kuchaytiradi. Shu bilan birga xissiy bilish bizni yanglishtirib qo‘yishi mumkin – ko‘z chalg‘ishi, sarob, xomxayol, ko‘z gallyusinatsiyasi, tovush effekti va hakozolar. Falsafa tarixida yangi zamon mutafakkirlari barcha bilimlarning xissiy kelib chiqishi muammosiga yuqori darajada ahamiyat berganlar. Masalan, Jon Lokk materialistik sensualizm (lotincha sensus - sezgi, sezish) prinsiplarini asoslab berar ekan, avval sezgida bo‘lmagan narsa intellektda bo‘lmaydi, shuning uchun kimki hyech nimani sezmasa u hyech nimani bilmaydi, deb yozgan edi.
Xissiy bilishning idrokdan keyingi bosqichi tasavvurdir. U sezishdan ham, idrok qilishdan ham sifat jihatdan farq qiladi. Tasavvur – bu xissiy idrok bilan tushuncha o‘rtasidagi oraliq bosqichdir. Sezish va idrok qilishdan farqli o‘laroq, tasavvur endi sub'ekt bilan ob'ektning bevosita o‘zaro ta'siri bo‘lib chiqmaydi. Ilgari biron-bir hodisa yoki predmetni idrok etgan, ko‘rgan odam ularning obrazlarini hatto ular bizning sezgilarimizga ta'sir etmagan taqdirda ham xotirlab, ko‘z oldiga keltirishi mumkin. Bundan tashqari, biz tasvirlashlariga asoslanib, masalan, ilgari o‘zimiz hyech qachon ko‘rmagan tropik changalzorlarni tasavvur qila olamiz. Birok sezgi va idrokdan farqli o‘laroq, tasavvur ilgari idrok etilgan predmetni gavdalantirar ekan, uning konkret-xissiy detallarining hammasini emas, balki faqat eng muhim, harakterli qismlari, tomonlari va belgilarini ifodalaydi. Tasavvurlar sezgi va idroklar kabi yorqin va aniq emas, ammo ular ancha uzoq vaqt davom etadi va barqarordir. Tasavvurlar yordamida biz allaqachon bo‘lib o‘tgan voqyealar manzarasini ongimizda tiklay olamiz. Bundan tashqari, tasavvur bizga ilgari idrok etilganlar asosida kelajak manzarasini ifodalab berishga imkon beradi. Insonning kelajak obrazini tasvirlab va tuzib berish layoqati farazdan boshqa narsa emas. Xissiy bilish qanchalik muhim bo‘lmasin shuni aytish kerakki, u cheklangan va tashqi dunyoning faqat tashqi, bevosita, xissiy idrok etiladigan tomonini aks ettiradi. Buning ustiga sezgi bizni yanglish yo‘lga boshlashi mumkin. Xissiy bilishdan keyingi bosqich ratsional bilishdir, abstrakt-mantiqiy tafakkurdir. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling