O‘rta asr falsafasida inson
O‘rta asr falsafasi asosan diniy falsafa o‘laroq, insonni unda ikki negiz: oliy (ruh) va past (tan) bir-biri bilan uzluksiz kurash olib boruvchi mavjudot sifatida qaradi. O‘rta asr yevropa diniy falsafasining «otasi» Avreliy Avgustin Avliyo insonning mohiyatini aynan ruh va faqat u tashkil etadi, deb hisoblandi. Tana esa vaqtinchalik qobiqdan, ruh qamalgan joydan, ruh «zindoni»dan boshqa narsa emas. Foma Akvinskiyning fikriga ko‘ra odam ruh bilan tanning uyg‘un birligidan iborat va bu hol uni quyi, hayvoniy dunyo bilan oliy, ilohiy, farishtalar olami o‘rtasida arosatda qolgan mavjudot qilib qo‘yadi. Unda jismoniylik qancha ko‘p bo‘lsa, u hayvonga shunchalik yaqinlashadi, ruhiyat qancha ko‘p bo‘lsa u shuncha farishtalarga yaqinlashadi.
O‘rta asr sxolastikasi vakillari (Buyuk Albert, Anselm Kenterberiyskiy) nuqtai nazariga ko‘ra insonning asosiy vazifasi o‘z mohiyatini anglash emas, balki yanada yuqori – ilohiy mohiyatga qo‘shilishga intilishdir. O‘z-o‘zidan ayonki, inson ruhi boqiydir va inson yerdagi butun hayoti davomida faqat uni qutqarish to‘g‘risida o‘ylashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |