Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
Download 1.43 Mb.
|
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org
Shleyermaxer germenevtikani umumiy tushunish nazariyasi sifatida talqin qildi. Uning nuqtai nazaricha, u yoki bu matnni tushunish uchun matn muallifi yashagan davrga xayolan o‘tish zarur (ushbu bajariladigan ish tartibi germenevtikada «joyini o‘zgartirish» nomini oldi). Bunda o‘z zamonining tushuncha va tasavvurlaridan qutulish zarur bo‘lib, matn muallifi davri tushunchalariga muvofiq keladigan tushunchalar bilan fikrlash uning dunyosi va g‘oyasiga kirish uning fikr tarzini gavdalantirmoq lozim. Shleyermaxer uchun asosiy narsa matn emas, balki unda yashirin ifodalangan muallifning ijodiy o‘ziga xosligi edi.
Diltey germenevtikada ijtimoiy fanlarning uslubiy asosini ko‘rdi. Hayot falsafasining vakili sifatida u tarixiy hodisalarni tabiiy jarayonlardan farqli o‘laroq, «tirik va jonli» gavdalantirish lozim deb hisobladi. Shunday qurol, ushbu voqyealarni «boshdan kechirish» ga asoslangan «izohlash» edi. Germenevtikaning markaziy tushunchalaridan biri germenevtik doira tushunchasi bo‘lib, uning mohiyati shunga olib keladi: qismni tushunish butunni tushunishsiz mumkin bo‘lmaydi va aksincha. Masalan, so‘zni tushunish ushbu so‘z tarkibiga kirgan gapni tushunishsiz mumkin bo‘lmaydi; o‘z navbatida gapni tushunish uning tarkibiga kiruvchi so‘zlarni tushunishni taqozo etadi. Shleyermaxer va Dilteyni an'anaviy germenevtika deb ataluvchi oqimning vakillariga mansub hisoblashadi. XX asrdagi falsafiy germenevtikaning eng yirik vakili va asoschisi Xans Georg Gadamerdir. M. Xaydergger izidan borib Gadamer tushunchani insonni bilish faoliyatining tomonlaridan biri deb emas, balki uning borlig‘ining vositasi deb biladiki, bu bilan germenevtika muammmosini uslubiy va bilish nazariyasi sohasidan borliq haqidagi masalaga o‘tkazadi. Asosiy germenevtik bajariladigan tartibini Gamer «joyini o‘zgartirish» emas, balki «tatbiq etish» hisobladi – matn muallifi tajribasini o‘zining vaziyatiga tatbiq etish, o‘tmish va hozirgi davr ufqlarini birlashtirish kabi. U to‘la joyini o‘zgartirish (gavdalantirish) imkoniyatiga ishonchsizlik bilan munosabatda bo‘ldi. O‘tgan davrlarni to‘la gavdalantirishni ta'minlash mumkin emas. Shuning uchun germenevtikaning bosh vazifasi Gadamer uchun «tiklash» emas, balki mazmunni «yaratish» dir. Shunday bo‘lganda har bir talqin qiluvchi avval boshdanoq bir xil ma'noga ega bo‘lmagan matn mazmunidan o‘zining ma'nosi mazmunini keltirib chiqaradi. Har bir voqyea talqini matnning «harakat tarixida», «hodisa»dir, «an'ana» bilan gaplashishdir va shu bilan birga an'anani o‘zini «amalga oshirish»dir. An'ana Gadamlar uchun oddiygina so‘zlab berish kerak bo‘lgan rivoyat yoki yodgorliklar va matnlar majmuasi emas. Biz an'analarni «amalga oshirish»ning ishtirokchilari hamdirmiz. Tushunish Gadamer uchun «tajriba», dunyoni o‘zlashtirishning umumiy vositasidir. Germenevtik tajriba asosida til yotadi. U bizga go‘yoki dunyoni beradi. Til «hamma nrsani qamrab oluvchi, dunyo talqinini oldindan payqab oluvchidir.. dunyo biz uchun hamisha ham tilda talqin qilingan dunyodir… bu esa, tabiiyki, shunday ma'noni bildiradiki, ushbu til talqinining ichida boshlanadigan tushunchalarni tashkil bo‘lish jarayoni hyech qachon eng boshidan boshlanmaydi»211. Shuning uchun o‘z tabiatiga ko‘ra tushunish – til hodisasidir. Bundan shunday xulosa qilinadi: «Tushunib olish mumkin bo‘lgan borliq, til demakdir»212. XX asrning 20-nchi yillaridan boshlab, ijtimoiy-gumanitar fanlarda strukturalizm (tuzilish) deb umumiy nom olgan harakat boshlanadi. Uning asosida yotgan strukturali uslub dastavval tilshunoslikda (lingvistikadagi Praga, Kopengagen va Yel strukturalistik maktablari) ishlab chiqilgan bo‘lib, keyinchalik ijtimoiy-gumanitar bilimlarning boshqa sohalarida (adabiyotshunoslik, madaniyatshunoslik, ruhshunoslik, jamityashunoslik, og‘zaki ijod (folkloristika), estetika, irqshunoslik (etnologiya) va boshqalarda) yoyildi. Strukturalizm Fransiyada eng ko‘p darajada yorqin namoyon bo‘ldi. Uning asosiy vakillari K.Levi-Stross, M.Fuko, J.Lakan, R. Bart va boshqalar edilar. «Strukturachilar» ning ilmiy bilishning turli sohalarida ishlashlariga qaramasdan (F. Sossyur lingvistikada, Levi-Stross etnologiyada, Bart adabiyotshunoslikda, Lakan ruhiy tahlilda va hokazo), ularni birlashtiruvchi qandaydir umumiylikni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularning umumiy maqsadi gumanitar bilimga jiddiy usullarni olib kirish, uni tabiiy ilmiy g‘oyaga yaqinlashtirish edi. Strukturalizmning asosiy tushunchasi struktur(tuzilish) bo‘lib, uning ma'nosi turli xil qaytadan tuzishlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tayanch munosabatlar majmuasini tushunish edi. Ana shu turdagi xilma-xil tayanch strukturalarni tilda, asabda, afsonalar, ijtimoiy institutlar va boshqa ijtimoiy - gumanitar bilimlarda qidirib topish strukturalizm uslubining asosida yotar edi. Strukturali usulning quyidagi asosiy bajariladigan ishlarini ko‘rsatish mumkin: 1) yagona strukturaga ega bo‘lish mumkin deb tahmin qilingan ob'ektlarni ajratish; 2) ushbu ob'ektlarni ularning tarkibiy qismlariga bo‘lish natijasida ulardagi o‘ziga xos munosabatlarni turli xildagi juft elementlar bilan bog‘lash; 3) tarkibiy qismlar o‘rtasidagi munosabatlarni tasvirlash va tizimga solish, hamda abstrakt strukturani barpo qilish; 4) strukturadan nazariy oqibatlarni chiqarish (muayyan variantlar) va ularni amaliyotda tekshirish213. Tekshirish ob'ektining strukturalarini topish va tasvirlash (til, adabiy matn va hokazo) uni tarixini o‘rganishdan ko‘ra muhimroq masala sifatida qaralar ediki, u o‘z ifodasini uslubiy strukturali qoidada: diaxroniyadan ko‘ra sinxroniya (ikki yoki bir necha hodisaning bir-biriga mos ravishda babbaravar bo‘lishi) muhimdir degan jumlada topadi. Lingvistikada strukturalizm asoschisi bo‘lgan F.Sossyur so‘zlarni ma'nosini ularning tarixini o‘rganish orqali aniqlab bo‘lmaydi, balki ularning munosabatlarini tizimning elementlari bo‘lgan boshqa so‘zlar tahlili vositasida aniqlash mumkin deb hisobladi. K. Levi-Stross ham jamiyat madaniyatini strukturali tahlilini uni tarixiy o‘rganishdan ko‘ra afzal deb bildi. Strukturalizm dasturining eng muhim nuqtasi tilni belgilar tizimi sifatida tushunish va uni nutqqa qarama-qarshi qo‘yishdir. Til tizim yoki invariantlar majmuasi sifatida nutqni shakllantiradi. Ushbu invariantlar obektiv bo‘lib, muayyan sub'ektdan mustaqildirlar. Shu munosabat bilan strukturali lingvistika (tilshunoslik) markazi muayyan nutqiy harakatning xususiy xosiyatini o‘rganishdan tizim tashkil qiluvchilik xususiyatiga va tayanch til strukturasiga bo‘lgan bilish jarayoniga ko‘chiriladi. Ibtidoiy jamoalarni o‘rganishga o‘zini bag‘ishlagan Levi-Strossning strukturali antropologiyasida afsonalar rasm-rusumlar, niqoblar va boshqa madaniy qoidalar va me'yorlar ham o‘ziga xos tillar, belgilar tizimidirlar. Shunday qilib R.Bart adabiy asarlarni belgilar tizimi sifatida qarab chiqadiki, ularda muayyan tabaqaning siyosiy intensiyasi to‘planib tartibga solinadi. J. Lakanning ishlarida til bilan ongsizlik holatining sohasi o‘rtasida taqqoslash o‘tkaziladi. Ongsizlik holati ham strukturalarni aniqlash ob'ekti sifatida strukturachilar ijodida ahamiyatli o‘rin tutadi. Levi-Stross asotir tafakkurni biz hayotda rioya etadigan ko‘plab qoida va me'yorlarni tushunish kalitini beradigan jamoaviy ongsiz holat sifatida qarab chiqadi. Uni ongsizlik holati tahlilini hisobga olmagan, faqat ong tahlili uslubigagina qurilgan etnologiya qoniqtirmaydi. Ongsizlik holati J.Lakaning «strukturali ruhiy tahlili» da ham tadqiqot mavzusi bo‘ldi. 60-nchi yillarning oxirlaridan strukturalizm o‘z joyini poststrukturalizmga bo‘shatib beradi.
Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling