Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Download 1.43 Mb.
bet83/205
Sana09.11.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1759310
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   205
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org (1)

Javohirlal Neruning falsafiy qarashlari. Hind falsafasining rivoji faqat faylasuflar tomonidan emas, balki siyosiy arboblar tomonidan ham amalga oshirildiki, ular orasida Javoharlal Neru (1889-1964) alohida o‘rin tutar edi. Neru dunyoqarashining shakllanishiga milliy falsafiy-ma'naviy meros, G‘arbning ijtimoiy tafakkuri, Gandi va Marks ta'limotlari jiddiy ta'sir ko‘rsatdi.
Neru ikki xil falsafani: odatdagi va nazariyni bir - biridan farq qiladi. Uning fikricha, har qanday falsafa tarixiy jihatdan shartlidir. Neru hind falsafasining milliy-tarixiy jihatdan shartliligini, eng avvalo, kasta tizimi bilan belgilanishini qayd etib o‘tgan. «Mumtoz doira bilan chegarlanganlik» hind falsafasini hayotdan ajrab qolishga olib keldi.
Neru siyosatni din bilan qo‘shishga qarshi edi. Aniq aqliy tamoyilga va aqlning qadriyatlariga g‘animlik munosabatida bo‘lganligi uchun dinni tanqid ostiga olgan mutafakkir, unda kishini voqyeylikdagi muammolardan tarki dunyochilik va o‘zgarmas aqidalar sohasiga olib boruvchi kuchni ko‘rdi. U aytgan edi: «Biz voqyeylik bilan, bu hayot, bu dunyo, bu tabiat bilan yaqinroq va mufassalroq shug‘ullanishimiz lozim… Shuning uchun Hindiston o‘zining diniyligini jilovlab, fanga murojaat qilishi zarur»232. Qotib qolgan diniy aqidalarni rad etgan Neru, ayni vaqtda «qandaydir e'tiqod» zarurligini tan oladi. «tabiat ustidan shunchalik qudratli hukmronlikka ega bo‘lgan insonda ham, o‘zi ustidan hukmronlik qilishga kuchi yo‘q edi…» - deb yozgan edi u233. Neru shunday fikrga kelgan ediki, ushbu «o‘zi ustidan bo‘lgan hokimiyat»ni inson muayyan darajada diniy ong doirasida qo‘lga kiritadi.
Bilish nazariyasida Neru skeptitsizm va agnostitsizmga jiddiy qarshi edi. Atrofini o‘rab turgan dunyoni bilishga insonning intilishi tabiiydir. Ammo bu ehtiyojni qondirishga faqat bilimga ilmiy yondoshish tufayligina erishib bo‘ladi. Neru ko‘pincha abadiy haqiqat haqida gapiradiki, ma'no jihatdan dialektik tushuncha bo‘lgan «mutlaq haqiqat»ga yaqindir. Uning fikricha, abadiy haqiqat ayrim olingan beintiho nisbiy haqiqatlar majmuasidan tashkil topgan. Mutafakkir qayd etgan ediki, «bu beintiho, abadiy va o‘zgarmas haqiqat to‘laligicha insonning nomukammal aqli tomonidan tushunib olinishi mumkin emas. U faqat juda ko‘pi bilan, shuningdek, davrning hukmron mafkurasi uning zamon va makonda chegaralangan, unchalik katta bo‘lmagan tomoninigina qamrab olishi mumkin…»234.
Neruning fikricha, dunyoqarashning markaziy nuqtasi va har qanday amaliy faoliyatning maqsadi inson bo‘lmog‘i lozim. Inson mohiyatini Neru ikki jihatdan qarab chiqadi: tashqi dunyo bilan bog‘liq bo‘lgan moddiylik va ichki dunyo bilan bog‘liq bo‘lgan ma'naviylik nuqtai nazaridan. Shaxsiy garmoniyaga faqat ijtimoiy uyg‘unlik asosidagina erishish mumkin. Shaxsning va hatto umuman millatning ichki taraqqiyotini Neru ijtimoiy va siyosiy ozodlikka bog‘liq ekanligini qayd etdi. Neru ma'naviy-axloqiy taraqqiyotga ko‘p e'tibor qaratdi. U ilmiy-texnika taraqqiyoti va tabiatni bo‘ysundirish borasidagi muvaffaqiyatlar bilan ma'naviy axloqiy saviya o‘rtasidagi uzilishni bizning asrimizning fojiaviy paradoksi deb atadi. Agar moddiy taraqqiyot bilan bir qatorda ma'naviy yetuklikka erishilmagan bo‘lsa, unda hyech bir sivilizatsiyani to‘la qonli hisoblab bo‘lmaydi.
Hayotdagi eng umumiy qarama-qarshilikni Neru yangilik bilan eskilik o‘rtasida deb bildi. Har qanday taraqqiyot jarayonida hamma vaqt nimadir eskiradi va o‘z umrini o‘tab bo‘ladi va qandaydir narsalar tuziladi. Shunga ko‘ra, taraffkurda ham o‘zgarmaydigan qonunlarning bo‘lishi mumkin emas. Eskilik va yangilik – bu Neru tomonidan ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishda qo‘llaniladigan qarama-qarshiliklar ta'limotining bir ko‘rinishidir. Shunday qilib, u mamlakatda ikki qarama-qarshi kuchlar borligini qayd etadi: mamlakat birligini ta'minlashga qaratilgan kuchlar va uning ajralishiga yo‘naltirilgan kuchlar. Hayotdagi qarama-qarshiliklarning rivojlanish jarayoni, oxir oqibatda, ularni sintezi va murosa qilishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib, Neru yangi dunyoqarashni vujudga keltirish zarurligi haqida gapiradiki, uni u sintez falsafasi yoki uchinchi mafkura deb nomlaydi. U «siyosiy falsafaning turli sistemalarini amaliy sintezini vujudga keltirish» niyati borligini aytadi. Sintez falsafasi moddiyunchilik va idealizmning eng yaxshi xususiyatlarini birlashtirib va gavdalantirib, ularga xos bo‘lgan «bir tomonlamalik»ni bartaraf qilmog‘i lozim edi. Ushbu «yangi sintez»ning gavdalanishi sifatida Neru «hind sotsializmi» ta'limotini tushundiki, uning o‘zining hatti-harakatlari tufayli Hindiston milliy kongressi partiyasining rasmiy mafkurasining bir qismiga aylandi.



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling